xDSL keng polosali ulanish. DSL (Digital Subscriber Line) texnologiyasi oxirgi foydalanuvchilarga yuqori tezlikdagi axborot potoklarini yetkazib berish muammosini yechuvchi keng tarqalgan texnologiyalardan biridir.
Yuqori tezlikdagi ma’lumotlarni uzatish texnologiyasining yetarli miqdori mavjud bo‘lib, umumiy nom ostida umumlashtirilgan: xDSL (Digital Subscriber Line yoki raqamli abonent liniyasi , bu yerda x - DSL yuqori tezlikdagi raqamli abonent liniyasi konkret tipini aks ettiradi).
DSL variantlari, tezliklari, fizik muhitdan foydalanish usuli va imkoniyat diapozoni orqali farqlanadi.
Mavjud abonent liniyalaridan foydalangan holda simli keng polosali ulanishni tashkil etish
O‘tkazish polosasini oshishi ikkita texnologik g‘oyaga asoslangan yuklovchilarning kengroq chastotali spektridan foydalanish va undan foydalanishning effektivligini oshirish. xDSL texnologiyasida chastotadan foydalanuvchi polosa megagers diapazonga qadar kengaytirilgan. Chastota polosasidan effektiv foydalanishga 2B1Q, SAR va DMT modulyatsiya metodlarini qo‘llash orqali erishiladi.
xDSL umumlashtirilgan nom konkret texnologiyalarning katta sonini o‘z ichiga oladi: DSL, HDSL, SDSL,ADSL, VDSL, G.Lite.
Ushbu texnologiyada ishlashi mumkin bo‘lgan apparaturaning tipik maksimal uzunligi 7,5 km ni tashkil etadi.
ADSL ning asosiy ustunligi shundan iboratki, uning uchun mavjud telefon kabelidan foydalaniladi.
Harakatdagi telefon liniyalar ohirida chastotali bo‘luvchilar o‘rnatiladi. (ingliz variantida – splitterlar) – bitta ATS da va bitta abonentda.
Splitterning vazifasi turli chastota diapazonida signallargni yetkazishdan iborat.Bunda telefon apparatga 4kGs chastotagacha va modemga qolganlari yo‘naltiriladi.
Chastotali bo‘luvchi elektron qurilmadir, tarkibida yuqori chastota va past chastota filtrlariga ega. Splitterning asosiy vazifasi ovoz kanalini ajratish va modemni telefon qurilmasi hosil qiluvchi shovqindan himoyalashdan iborat.
Abonent bo‘luvchiga oddiy analog telefon va ADSL modem ulanadi. Bunda modemning ishlashi telefon aloqasidan foydalanishga umuman xalaqit bermaydi. ADSL liniyasi telefon kabelining o‘ram juftligi oxirlariga ulangan ikkita ADSL modemni bog‘laydi.
Bunda uchta axborot kanali tashkil etiladi - «pasayuvchi " ma’lumot uzatish potoki, «ko‘tariluvchi" ma’lumot uzatish potoki va oddiy telefon aloqa kanali (POTS).
ADSL chastota polosasi taqsimoti
Abonent zapros yuborganligi sababli , abonentdan o‘tkazish polosasi tordir.
Shu vaqtda abonentga kengroq o‘tkazish polosasi zarur, chunki saxifalarni yuklash yetarlicha katta xajmdagi axborotni hisobga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |