Axborot va kodlash nazariyasi asoslari


-ma’ruza. Zamonaviy modemlarda modulyatsiya va demodulyatsiya usullari



Download 9,46 Mb.
bet91/105
Sana25.01.2022
Hajmi9,46 Mb.
#410288
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   105
Bog'liq
axborot kodlash oquv qol 2016

17-ma’ruza. Zamonaviy modemlarda modulyatsiya va demodulyatsiya usullari.

Reja:

  1. Modulyatsiya tushunchasi.

  2. Demodulyatsiya tushunchasi.

  3. xDSL keng polosali ulanish

  4. Splitterning ishlash prinsipi

  5. Optik tolali tarmoqlar uchun modemlar

Yangi ilovalarning paydo bo‘lishi, trafik hajmining va foydalanuvchilar sonining oshishi ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifat kafolatiga ega yuqori tezlikdagi texnologiyalardan foydalanishga bo‘lgan ehtiyojga olib kelyapti.

XTI-T tavsiyanomalarida multimedia kabi belgilangan, ta’minoti uchun foydalanish tarmog‘i o‘tkazish xususiyatining o‘sishi talab etilgan, axborot kompleks taqdim qiluvchi xizmatlar eng talabgor xizmatlar hisoblanadi.

Foydalanish tarmog‘i rivojlanish tendensiyasi va zamonaviy holatining taxlili shuni ko‘rsatadiki, multiservis foydalanish tarmoqlarini qurish an’anaviy yondashishning real alternativasi bo‘lib boradi.

Kerakli o‘tkazish polosasi kengligi masalasida turli hil ilovalar talablari

Ilova

Uzatish turi

Uzatish formati

Siqishsiz uzatish tezligi

Siqish bilan uzatish tezligi

Ovoz

Telefoniya

G.711- G.723.1

64 kbit/s

8-32 kbit/s

Tasvir

Oddiy kengaytmadagi tasvir

SVGA

2,458 Mbit/s

24-245 kbit/s

JPEG

6,636 Mbit/s

104-830 kbit/s

Yuqori sifatdagi tasvir

 

31,46 Mbit/s

0,3-3Mbit/s

Video

Videokonferensiyalar

MPEG-1 (PAL)

30.4 Mbit/s

1,15 - 3 Mbit/s

MPEG-1 (NTSC)

30.4 Mbit/s

1,15 - 3 Mbit/s

Ommaviy TV

MPEG-2 (PAL)

124.4 Mbit/s

15 Mbit/s

MPEG-2 (NTSC)

124.4 Mbit/s

15 Mbit/s

Yuqori kengaytmadagi TV

HDTV

994.3 Mbit/s

135 Mbit/s

MPEG-3

745.8 Mbit/s

20 - 40 Mbit/s

Modemlar istalgan ma’lumot uzatish tizimida eng muxim joylardan birini egallaydi. Aloqa kanallaridan foydalanish effektivligi, ma’lumot uzatish tezligi va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish sifati sezilarli darajada aynan modemlar va ularda realizatsiya qilingan asosiy prinsiplarga bog‘liq.

So‘nggi yillarda zamonaviy modemlar qurilishi va ishlash soxasida ma’lumot uzatishni qo‘llashda jiddiy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Internetdan foydalanish yuqori effektiv modulyatsiya/demodulyatsiya va turli aloqa kanallarida xatodan himoyaga qaratilgan texnologiyalarning muximligi va zaruriyatini ta’kidlaydigan yorqin misollardan biri hisoblanadi.

Asosiy muammo turli ko‘rinishdagi axborotni effektiv uzatuvchi metodlar izlanishi va texnologiya tanlovidan iborat.

Keng polosali aloqa texnologiyasi o‘zaro quyidagicha farqlanadi:

– uzatish muhiti bilan;

– o‘tkazish polosasi kengligi bilan;

– harakatning maksimal uzoqligi bilan (qoplash maydoni bilan),

– signalning modulyatsiya turi bo‘yicha;

– foydalanishning baza sohasi bo‘yicha va boshqalar.

1948 yilda K. Shennon kanallarning o‘tkazish polosasi kengligi orasidagi munosabatni gerslarda va uzatish tezligini Bit/s kabi nisbatda o‘rnatgan.

Maksimal ruxsat etilgan qaysidir muhitdagi ma’lumot uzatish tezligini aniqlaydigin asosiy faktorlardan biri uning o‘tkazish polosasi hisoblanadi.

Signal/shovqin munosabati ikkinchi faktor hisoblanadi (Naykvist – Shennona qonuniyatiga asosan)



Bu yerda ΔF –o‘tkazish polosasi kengligi (Gs),

Rs –signalning quvvati (VT),

Rsh – shovqinning quvvati(VT).

Signallarning tarqalish muhiti xususiyati maksimal ruxsat etilgan ma’lumot uzatish tezligini aniqlaydi. Misol uchun, ovoz chastotasi kanali uchun o‘tkazish polosasi 4 kGs ni tashkil etadi, shunda signal/shovqin 48 dB nisbatida 64 Kbit/s da ma’lumotni uzatish nazariy imkoniyatini beradi.

2 MGs o‘tkazish polosali vitali mis juftlik uchun, 48 dB nisbatidagi signal/shovqin da maksimal tezlik 32 Mbit/s ni tashkil etadi.



Xalqaro Elektraloqa soyuzi ma’lumot uzatish protokollari


Standart

Tasdiqlangan yili

Maksimal
tezligi, bit/s

Dupleks/ yarimdupleks

Kommutatsiyalangan/
ajratilgan

Modulyatsiya turi

V.21

1964/1984

200/300

FDX(FDM)

PSTN

FSK

V.22

1980/1988

1200

FDX(FDM)

PSTN

DPSK

V.22 bis

1984/1988

2400

FDX(FDM)

PSTN

QAM

V.23

1964/1988

1200

HDX

PSTN

FSK

V.26

1968/1984

2400

HDX

Private

DPSK

V.26 bis

1972/1984

2400

HDX

PSTN

DPSK

V.26 ter

1984/1988

2400

FDX(EC)

PSTN

DPSK

V.27

1972/1984

4800

HDX

Private

DPSK

V.27 bis

1976/1984

4800

HDX

Private

DPSK

V.27 ter

1976/1984

4800

HDX

PSTN

DPSK

V.29

1976/1988

9600

HDX

Private

QAM

V.32

1984/1988

9600

FDX(EC)

PSTN

QAM/TCM

V.33

1985/1988

14400

FDX

Private

TCM

V.17

1991

14400

FDX(EC)

PSTN

TCM

V.32 bis

1991

14400

FDX(EC)

PSTN

TCM

V.34

1996

33600

FDX

PSTN

QAM

V.90

1998

56700/33600

FDX

PSTN

PCM/QAM

V.92

2000

56700/48000

FDX

PSTN

PCM

MODEM INTERFEYSI

Standartlash bo‘yicha organizatsiya umum qabul qilingan modemlar abbreviaturalaridan foydalanadi:


DTE(Data Terminal Equipment)- Okonechnoe ma’lumotlar qurilmasi .
-DCE(Data Communication Equipment)- modemni bildirishga xizmat qiluvchi ma’lumotlar kanali qurilmasi

Telefon kanallari uchun modemlarda uchta turdagi modulyatsiyadan foydalaniladi: chastotali, nisbiy fazali (fazoraznostnaya) va ko‘pincha ko‘p pozitsiyali amplituda-fazali deb nomlanuvchi kvadratura-amplitudali modulyatsiya.

Chastotali modulyatsiyada "0" i "1" axborot ketma-ketligi qiymati uchun o‘zgarmagan amplitudalarda belgilangan signal chastotalari mos keladi. Chastotali modulyatsiya nihoyatda shovqinbardosh. Biroq chastotali modulyatsiyada telefon kanali chastotali polosasi resursi tejab sarf etilmaydi. Shuning uchun bu modulyatsiya ko‘rinishi kichik nisbatdagi signal/shovqin munosabatga ega kanaldagi aloqani amalga oshirishga yo‘l qo‘yuvchi past tezlikdagi protokollarda foydalaniladi.

Nisbiy fazali modulyatsiyada (NFM, DPSK – Differential Phase Shift Keying) axborot elementi qiymatiga qarab o‘zgarmagan amplituda va chastotada faqat signalning fazasi o‘zgaradi. Va xar bir axborot biti uchun mos ravishda absolyut faza qiymati emas, balki oldingi qiymatga nisbatan uning o‘zgarishi qo‘yiladi. Odatda xar biri ikki bit chiquvchi ikkilik ketma-ketlik axborotiga ega bo‘lgan to‘rtta signalni uzatishga asoslangan to‘rt fazali NFM (NFM-4) yoki ikki karrali NFM (INFM) qo‘llaniladi. Yuqori tezlikdagi ma’lumotni uzatish uchun NFM qo‘llanilmaydi.

Kvadratura-amplituda modulyatsiyada (KAM, QAM – Quadrature Amplitude Modulation) kodlangan bitlar sonini oshirishga yo‘l qo‘yuvchi signalning fazasi, hamda amplitudasi o‘zgaradi, bunda shovqinbardoshligi xam sezilarli darajada oshiradi. Xozirgi vaqtda 8...9 ni tashkil etishi mumkin bo‘lgan axborot bitlari soni bitta bodli intervalda ko‘llanuvchi, lekin signal fazosida signal pozitsiyalari soni 256...512 ni tashkil etuvchi modulyatsiya usullari qo‘llaniladi.


Download 9,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish