CDMA tizimlarida ishlatiladigan kodlar. CDMA (Code Division Multiple Access - Kodli ajratishli ko‘plab ruxsat etish (KAKRE) texnologiyasi) tizimlarida quyidagi kodlar ishlatiladi:
- o‘rama kod;
- kaskadli kodlash;
- Rid – Solomon kodi → ketma-ketlik → o‘rama kod;
- Turbo-kodlash;
- maxsus kodlash.
O‘rama kodlar nutqni kodlashda ishlatiladi. Ikkinchi va uchinchi kodlar ma’lumotlarni kodlashda, to‘rtinchi va beshinchi kodlar ma’lumotlarni uzatishda qo‘llaniladi.
Nutqni kodlash bir nechta o‘ziga xos hususiyatlarga ega: aniq vaqt rejimida interaktiv aloqani ta’minlash zarur, bunda axborotni qayta ishlash bilan bog‘liq bo‘lgan kechikish me’yordan oshmasligi lozim.
Buning uchun birinchi bosqichda xatolar paketini qayta tahrirlash amalga oshiriladi, natijada, ular yakka xatolarga aylanadi.
Ikkinchi bosqichda signal xatolar bilan kurashishning odatiy uslublari yordamida qayta ishlanadi, bu esa ularnining to‘liq o‘chirilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |