O‘rama kodning kamchiligi shundaki, ular xatolarni aniqlay olmaydi. Shu sababli GSM standartida xatolarni tashqi aniqlash uchun (2, 1, 5) o‘rama kod asosidagi blokli kod qo‘llaniladi. Faqatgina kanalda yakka (tasodifiy) xatolar mavjud bo‘lgan xolatda o‘rama kod yaxshiroq natijani ta’minlaydi. GSMda uchraydigan qotib qoluvchi kanallarda o‘rama kodni ketma-ketlik bilan birgalikda qo‘llash lozim.
GSM standartli harakatlanuvchi aloqada quyidagi halaqitga qarshi kodlar ishlatiladi:
1. Davriy kod (53, 50), d0 = 3 kodli masofa bilan;
2. O‘rama kod (2, 1);
3. Ketma-ketlik (nutqli rejimda).
4. Fayra kodi (x23 + 1)(x17 + x9 + 1), k = 184; r = 40;
5. O‘rama kod (2, 1).
Birinchi uchta kod 10-3 ketma-ketlikdagi xatolarni topolmasligi mumkin.
To‘rtinchi va beshinchi kodlar ma’lumotlarni uzatishda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |