MUNDARIJA
|
KIRISH......................................................................................
|
6
|
1-ma’ruza
|
Zamonaviy jaxon infrastrukturasida axborot kommunikatsiya texnologiyasining axamiyati. Xabar uzatish tizimi: axborot, xabar, signal..................................................................................
|
8
|
2-ma’ruza
|
Diskret xabar manbalarini axborot tavsiflari. Diskret manbalarini tasniflari. Axborot hajmi. Entropiya.........................
|
12
|
3-ma’ruza
|
Shartli va o‘zaro bog‘liq axborotlar, ularning xususiyatlari.........
|
24
|
4-ma’ruza
|
Axborotni kodlash usullari. Shennon – Fano, Xaffman teoremalari. Samarali kodlash usullaridan foydalanish................
|
29
|
5-ma’ruza
|
Matnli, audio, tasvirli va video axborotlarni kodlash...................
|
39
|
6-ma’ruza
|
Telekommunikatsiya tizimlarida ishonchlilikni oshirish choralari va usullari. Shovqinli diskret kanallarda kodlash. Shennon teoremasi........................................................................
|
64
|
7-ma’ruza
|
Shovqinbardosh kodlash. Chiziqli va blokli kodlar.....................
|
73
|
8-ma’ruza
|
Siklik kodlar. Goley va Xemming kodlari....................................
|
81
|
9-ma’ruza
|
O‘ralgan kodlar.............................................................................
|
85
|
10-ma’ruza
|
Ikkilik Bouza-Choudxuri-Xekvingem kodlari.............................
|
93
|
11-ma’ruza
|
Rid – Solomon kodlari..................................................................
|
97
|
12-ma’ruza
|
Fayra kodlari................................................................................
|
123
|
13-ma’ruza
|
Kaskadli kodlar.............................................................................
|
145
|
14-ma’ruza
|
Turbo kodlar. Kod spektrining og‘irligi.......................................
|
153
|
15-ma’ruza
|
Yengil yechimli dekodlash............................................................
|
170
|
16-ma’ruza
|
Shovqinbardosh kodlarni telekommunikatsiyada qo‘llanishi.......
|
174
|
17-ma’ruza
|
Zamonaviy modemlarda modulyatsiya va demodulyatsiya usullari............................................................................................
|
177
|
18-ma’ruza
|
Panjarali kodli modulyatsiya. Ko‘p darajali kodli modulyatsiya...
|
200
|
|
адабиётлар рўйхати.....................................................
|
207
|
KIRISH
So‘nggi yillarga kelib telekommunikatsiya tarmog‘i jadal sur’atlarda rivojlandi. Bunga misol sifatida TSR/IP, Frame Ralay, ATM kabi yuqori tezlikli texnologiyalarni tarmoqqa kiritilganligini keltirish mumkin. Bu texnologiyalar (xususan ATM texnologiyasi) turli xildagi axborotlarni (ovoz, matn, ma’lumotlar, qo‘zg‘almas va video tasvirlarni) uzatish imkonini beradi. Frame Ralay texnologiyasi yuzlab kbit/s dan bir necha o‘n Mbit/s gacha bo‘lgan uzatish tezligida ishlasa, ATM texnologiyasi esa, bir necha Gbit/s gacha bo‘lgan uzatish tezligida ishlay oladi. Bunday ulkan tezliklarda har qanday axborotlarni aloqa kanali bo‘yicha uzatganda yuqori ishonchlilik talab etiladi. Sababi arzimagan ta’sir ham katta miqdordagi xatolarga olib keladi. Yuqori ishonchlilikni ta’minlashning asosiy usullaridan biri – xatolarni aniqlovchi va to‘g‘irlovchi shovqinbardosh kodlarni qo‘llashdir.
Ba’zi xollarda nazariy jixatdan kuchli bo‘lgan kodlarni qo‘llash ham effektiv natijani bermasligi mumkin. Bunga sabab aloqa kanallarida xosil bo‘ladigan xatolarning xarakteridir. Aloqa kanallaridagi xatolarning modelini yaxshi o‘rganib chiqqandan so‘ng, o‘rganilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib kerakli kodlar tanlanadi.
Bir karralik xatolar paketini to‘g‘irlashda Fayra kodi ishlatiladi. Fayra kodi ma’lum uzunlikdagi xatolar paketini aniqlaydi va zarur xollarda to‘g‘irlaydi. Xatolar paketi impulsli shovqinlar ta’sirida yuz beradi. Impulsli shovqinlar ta’sirida ko‘p karralik xatolar (bir karralik, ikki karralik, uch karralik va xokazo) xam sodir bo‘lishi mumkin. Bunday xollarda Fayra kodini ishlatish – xatolar paketi aniqlanmay o‘tkazilib yuborilishga olib kelishi mumkin.
Ko‘p karralik xatolar paketini aniqlash va to‘g‘irlashda ikkilik bo‘lmagan kod Rid – Solomon kodi qo‘llaniladi. Rid– Solomon kodi Galua maydonining elementlari asosida ko‘riladi. Aniqlanadigan va to‘g‘irlanadigan xatolar paketining uzunligi Galua maydonining kengligiga bog‘liq.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada xozirgi kunda ishlatilayotgan kodlar, shovqinbardosh kodlarning klassifikatsiyasi va parametrlari xakida so‘z boradi. Shuningdek, kodlarning bir nechta turlari, siklik kodlar turkumiga kiruvchi Fayra va Rid – Solomon kodlarini qurish asoslari hamda ularni kodlashtirish va dekoderlash usullari keltirilgan. Algebrik kodlashtirish va dekoderlashlarning algoritmlari berilgan bo‘lib, u orqali jarayon moxiyatini osongina tushuntirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |