Xabar manbaining axborot tavsiflari. Xabarning asosiy axborot tavsiflariga aloxida xabar tarkibidagi axborot miqdori, entropiya hamda xabar manbasi unumdorligi kiradi.
Entropiya - bu diskret xabarlar manbaining xolatini noaniqlik o‘lchovidir. Xabar tarkibidagi axborot miqdori o‘lchash birligi – bitda aniqlanadi. U yoki bu xabar paydo bo‘lish extimolligi qanchalik kam bo‘lsa, uning qabulidagi olinadigan axborot shunchalik ko‘p bo‘ladi.
Manba tomondan kelib tushuvchi xabar telekommunikatsiya tizimida tashuvchi bo‘lgan signalga o‘zgartiriladi. Telekommunikatsiya tizimi signalni belgilangan sifat ko‘rsatgichda muxitning bir nuqtasidan boshqasiga yetkazishni ta’minlaydi. Tarkibida xabar-signal-xabar o‘zgartirgichi bo‘lgan xabar uzatish sxemasi 1.5-rasmda ko‘rsatilgan.
1.5-rasm. Xabarni uzatish prinsipi.
Do'stlaringiz bilan baham: |