Diskret ma’lumotlarni uzatish tizimi. Raqamli kanallarda uzatgich chiqishida va qabul qilgich kirishida struktura parametriga ko‘ra diskret signallar ishlatiladi. Ularda ma’lumot uzatish uchun sinxronizatsiyalovchi kodlar, analog signallarni uzatish uchun esa impuls kodli modulyatsiya qo‘llaniladi.
Diskret kanal deganda - diskret signalni uzatishni ta’minlovchi texnik qurilmalar majmuasi tushiniladi. Ko‘p ma’lumot uzatish tizimlarida diskret kanal o‘z ichiga uzluksiz aloqa kanalni qabul qiladi.
Uzluksiz aloqa kanali asosiy tavsiflari quyidagilardir:
- amplituda-chastota tavsifi;
- o‘tkazish polosasi;
- so‘nish;
- xalaqitbardoshlik;
- shovqinlar;
- o‘tkazish qobiliyati;
- ma’lumotlar uzatish ishonchliligi;
- narxi.
Do'stlaringiz bilan baham: |