AXBOROT TEXNOLOGIYASI SOHASINING XUSUSIY ASPEKTLARI, AXBOORT TIZIMLARI VA DASTURIY TA’MINOT
Reja
1.Axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy huquqiy hujjatlar. 2.Kompyuterning asosiy va qo’shimcha qurilmalari.
3. Dasturiy ta’minot. Axborot xavfsizligining umumiy tushunchalari.
AKTni rivojlantirishdan maqsad nima? Nima uchun davlat boshqaruvida AKTni rivoji muhim omil hisoblanadi? AKTni joriy qilish va rivojlantirish uchun quyidagi omillarga e’tibor qaratish lozim bo’ladi.
Davlat xokimiyati va tashkilotlarda axborot texnologiyalaridan foydalanishdan maqsad tashkilotlarni birgalikda ishlash tezligi va samarasini oshirish, hamda barcha fuqarolarga xizmat ko’rsatishni taqdim etishdan iborat. AKTdan foydalanish boshqaruv samaradorligini va milliy raqobatdoshlikni oshirishga olib keladi.
AKTni rivojlantirishning turli omillari mavjud, ulardan biri bu siyosiy-huquqiy faktor hisoblanadi. Bu siyosiy-huquqiy faktor rastional natijalarga erishish va xulosalar qilish faoliyatini puxta rejalashtirish siyosatidir. Siyosiy faktor xukumatning rivojlanishi xamda siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni, byudjetlashtirish faoliyati millatlararo kelishuvlar, deklarastiyalar, shartnomalar yoki operastiyalar bilan ishlashga mo’ljallangan. Bu siyosiy-huquqiy omil bozordagi alternativ xarakatlar va tovarlar narxi mahalliy AKT sanoatini himoyalaydi.
Ba’zi mamlakatlarda AKT strategiyalari aholining axborotdagi ishtirokini yanada rivojlantirish orqali shakllangan. Masalan, Singapurning 2007-2010 yillarga mo’ljallangan AKT strategiyasiga quyidagi 5 ta tamoyilni islox etish orqali mamlakatning AKT sohasi yuqori darajada rivojlandi:
Davlatning telekommunikastiya ta’minoti pochta infratuzilmasi (telefon va telegrafik aloqalar);
AKT ning barcha uchun ochiqligi;
Bilim olish davomiyligi va ta’lim uchun AKT;
Sog’liqni saqlash uchun AKT;
Sanoat va innovastiya uchun AKT.
O’zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish sohasidagi bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar quyidagilardan iborat:
Me’yoriy-me’yoriy xujjatlar va qonunchilikni mukammalashtirish;
Telekommunikastiya infrastrukturasini rivojlantirish;
AKT va internet tarmog’ida milliy segmentini rivojlantirish;
AKTni rivojlantirishga qaratilgan investistiyalarni ko’paytirish;
AKT sohasida kadrlarni tayyorlash va malakasinin oshirish;
Qishloq va chekka xududlarda AKTni rivojlantirish istiqbollari.
Ko’rishimiz mumkinki, birinchi navbatda AKT sohasida me’yoriy-me’yoriy xujjatlar va qonunchilikni mukammalashtirish lozim. O’zbekiston Respublikasi Konstitutstiyasida ham har bir fuqarolarning axborotni izlash, olish va uni tarqatish bo’yicha konstitustiyaviy huquqlari ta’minlab berilgan. Ularni quyidagi moddalarda ko’rishimiz mumkin:
O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi, 29-modda:
Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.
Har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega…
O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi, 30-modda:
O’zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo’lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi, 35-modda:
Har bir shaxs bevosita o’zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega.
Hozirgi kunga qadar axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasini tartibga soluvchi quyidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar mavjud:
O’zbekiston Respublikasining 13 ta Qonuni;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta Farmoni;
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 40 dan ortiq qarorlari hamda 1000 ga yaqin sohaga oid me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.
1-jadvalda ko’rishimiz mumkin, axborotlashtirish sohasidagi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar berilgan.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |