Muxofazalovchi qatlam.
Kvars shishaning teoretik mustaxkamlik chegarasi
6000 N/mm2 qiymatidan ham juda yuqori, ingichka tolalarning mustaxkamlik chegarasi
esa undan xam yuqori, ammo amaliyotda optik tolaning mustaxkamligi turli darajalarga
va ichki kuchlanganlikga bog‘liq, shuning uchun optik tola ishlab chiqarish jarayonida
chidamlik bo‘yicha nazoratdan o‘tadi, ammo chidamlilik bo‘yicha nazorat tekshiruvidan
o‘tgan standart optik tolani uzilish bo‘yicha mustaxkamligi 10N qiymatidan oshmaydi.
Optik tolalarni tashqi ta’sirlardan muxofazalash uchun qobiq ustiga birlamchi va
ikkilamchi muxofazalovchi qatlam bilan qoplanadi.
Birlamchi qatlam tola ichida mikroyorilishlar paydo bo‘lishidan va
mikroyorilishlarni rivojlanib ketishidan muxofazalaydi. Odatda tolaning birlamchi
qoplami akrilat bilan qoplanadi va tolalarni bir-biridan ajratish uchun uning usti
bo‘yaladi. Optik tolaning birlamchi muxofazalovchi qatlam diametri 245±10 mkm. Tola
qobig‘ini namlikdan va vodoroddan muxofazalash uchun yupqa metallashtirilgan yoki
uglerod qatlamini qo‘llash hisobiga maxsus muxofazalovchi qatlam hosil qilinadi.
Bunday germetik va mustaxkamlovchi qatlam optik tolalarni tezda eskirish xolatini
oldini oladi va ular ancha chuqur bo‘lgan suv osti optik kabellari uchun qo‘llanadi.
Optik tolaning birlamchi qoplami ustiga juda xam mustaxkamligi yuqori bo‘lgan
polietilen,neylon kabi elastik polimer bilan qoplanadi, chunki elastik polimer optik
tolalarni turli xil egilishlardan, siqilishlardan va cho‘zilib uzilish kuchlanganliklardan
muxofazalaydi. Ikkilamchi muxofazalovchi qatlamning tashqi diametri 0,8…1,0 mm .
Optik tolalar va optik kabellar ustida olib borilayotgan tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, tola o‘zagi ko‘ndalang kesim yuzasining deformasiyasi optik tolaning
so‘nish koeffisiyentini bitta yoki undan ortiq tartibda oshishga olib keladi, shuning
uchun optik tolalarni radial ravishda siqilishi hisobiga so‘nish koeffisiyentini oshish
extimolligi juda xam yuqori bo‘lmasligi uchun tolaning birlamchi va ikkilamchi
qatlamlari orasiga diametri 0,4 mm atrofida bo‘lgan bufer qatlami joylashtiriladi va bu
bilan tolaning optik so‘nish stabilligi oshiriladi.
Yuqorida qayd etib o‘tilganidek birlamchi muxofazalovchi qatlam optik kabel
ichida zich ravishda joylashtirilgan optik tolalar orasida nurlanish modalari hisobiga
hosil bo‘luvchi o‘zaro halaqitlardan saqlaydi. Buning uchun ishchi to‘lqin uzunligida
taxminan 1dB/km miqdorda katta yutilish xususiyatiga ega bo‘lgan akrilat yoki silikon
mumi yaxshi xususiyatga ega, chunki u optik tola o‘zagidan oqib chiqib tarqalib
ketuvchi modalarni oldini olish maqsadida akrilat yoki silikon mum materialining sinish
ko‘rsatgich qiymati optik tola qobiq sinish ko‘rsatgich qiymatidan katta bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |