ko‘rinishga ega bo‘lib, ular optik tolalarning joylanishiga bog‘liq bo‘lganligi hisobiga
ikki guruxga bo‘linadi: zich joylashgan va bo‘sh joylashgan. Optik tolalarni kabel
ikkilamchi qoplam orasida; 2-kuchlantiruvchi element; 3-optik tola birlamchi qatlam
tuzilishga (6.1,a – rasm) ega. Agar juda ham ko‘plab optik tolalarga ega bo‘lgan kabel
o‘rniga modullarni qo‘llash mumkin. Bunday modullar birlamchi qoplamga ega bo‘lgan
bir nechta optik tolalar ikkilamchi qoplamga ega bo‘lgan naycha ichida joylashadi.
Qatlamli tuzilish esa keng ravishda qo‘llanuvchi eski tuzilishdagi optik kabel tuzilishida
qo‘llanilgan.
Tasmasimon tuzilishda (6.1,b – rasm) birlamchi muhofazalovchi qoplamga ega
bo‘lgan optik tolalar bir qatorda joylanishi mumkin yoki umumiy ikkilamchi tasmali
qoplam orasida joylanishi mumkin. Bundan tashqari chetlari bir-biri bilan yopishtirib
mahkamlangan va ichi to‘ldirgich bilan to‘ldirilgan ikkita plastmassa tasma orasida
joylashtirilishi ham mumkin. Bunday tasmali modul ichi 2….24 tagacha optik tolalar
bilan to‘ldiriladi. Ba’zi bir hollarda birlamchi va ikkilamchi qoplamga ega bo‘lgan optik
tola yon tomon yuzasi butun uzunlik bo‘yicha yelimlab ulash hisobiga hosil bo‘luvchi
tasma ko‘rinishda bo‘lishi ham mumkin. Optik kabelning o‘zagi tasmali modullar
qatoridan (tasmali matrisa) ham tashkil qilingan bo‘lishi mumkin.
O‘zagi bo‘shliq tuzilishdagi (6.2 – rasm) optik kabellar naychasimon (modulli) va
profillangan (oraliqlarga joylashtirilgan) konstruktiv tuzilishga ega. Modulli tuzilishda
(6.2,a – rasm) bitta yoki bir nechta birlamchi muhofazalovchi qoplamga ega bo‘lgan
optik tolalar ikkilamchi muxofazalovchi qoplam vazifasini bajaruvchi polimer naycha
ichiga bemalol ravishda joylashtiriladi. Naychaning diametri 2….3mm, shunday usul
yordamida tashkil qilingan modullar markaziy kuchlantiruvchi element atrofida spiral
ko‘rinishda o‘ralib chiqiladi. Ba’zi bir optik kabellarning o‘zagi bitta diametri 6…10
mm bo‘lgan markaziy naychali moduldan tashkil etilib unda birlamchi qoplamga ega
bo‘lgan 50 tagacha optik tolalarni joylashtirish mumkin. Optik tolalarning montajini
osonlashtirish maqsadida ular bog‘lam ko‘rinishida guruhlashtiriladi. Optik kabelning
lozim bo‘lgan mustahkamlik chegarasiga erishish uchun kabel o‘zagi va
muhofazalovchi qobiq orasiga yoki qobiq ichi metal simlar yoki sintetik mustahkam
iplar yordamida mustaxkamlanadi.
a)
b)
6.2 – rasm. O‘zagi bo‘shliq tuzilish ko‘rinishlari: 1- optik tola; 2- polimer naycha
(modul); 3- kuchlantiruvchi element; 4- plastmassali tayanch o‘zak.
1
2
3
3
1
4
Profillangan (o‘zak oraliqlarida joylashgan tolalar) o‘zak (6.2,b- rasm) to‘g‘ri
burchakli plastmassali yoki V – ko‘rinishdagi oraliqlardan iborat bo‘lgan plastmassa
o‘zak spiral shaklda joylashtirilgan o‘zakdagi kesilgan oraliqlarga birlamchi
muhofazalovchi qoplamga ega bo‘lgan bitta yoki bir nechta optik tolalar bemalol
joylashtiriladi. Kabelning kuchlantiruvchi elementi kabelning o‘zak o‘qi bo‘yicha
joylashgan.
To‘liq tuzilishga ega bo‘lgan kabel o‘zagi bir muncha oson tayyorlanish
texnologiyasi bilan farqlanib unchalik katta bo‘lmagan gabarit o‘lchamlariga ega
bo‘lgan ko‘ndalang yuzasini to‘ldirgich bilan to‘ldirishi hisobiga erishiladi. Ammo
to‘liq tuzilishdagi o‘zakda optik kabelning o‘lchamlaridagi mexanik va harorat
o‘zgarishi o‘z navbatida optik tolalarda mexanik kuchlanganlik holatini hosil qiladi va u
o‘z navbatida mikro yorilishlarni hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida
qo‘shimcha (kabel) yo‘qotuvchanligini birmuncha oshishiga va vaqt o‘tishi bilan optik
parametrlarni o‘zgarishga hamda optik tolani uzilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: