International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30
441
1-rasm
Ta’lim tizimining umumiy boshqaruvini Vazirlar Mahkamasi amalga
oshiradi[4].
O‘zbekistonda ta’lim tizimlari faoliyati bevosita boshqaruvini ikki vazirlik -
Xalq Ta’limi Vazirligi (XTV) [5] va Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim
Vazirligi (OO‘MTV)[6] - amalga oshiradi.
XTV
maktabgacha, maktabdan tashqari muassasalar va umumiy ta’lim
maktablari faoliyati uchun mas’uldir. XTV boshqaruvida o‘qituvchilar malakasini
oshirish 5 OTM va 16 instituti mavjud. Vazirlik joylardagi tegishli ta’lim
muassasalari faoliyatini metodologik boshqaruvchi viloyat, tuman va shahar xalq
ta’limi bo‘limlariga ega.
OO‘MTV Respublikada oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga rahbarlik
qiluvchi
davlat
boshqaruv
organi
hisoblanadi.
Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot
beradi. Vazirlik tizimiga O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi,
idoraviy mansub oliy
o‘quv yurtlari kiradi. [3]
“Oliy ta’lim” atamasi zaminida iqtisod, fan, texnika va madaniyat sohasida
faoliyat olib boruvchi, ish mobaynida ilm-fan, madaniyat, texnika yangiliklarini
qo‘llagan va o‘z ustida ishlagan holda nazariy va
amaliy muammolarni bartaraf
etuvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tushuniladi.
Oliy ta’limning asosiy maqsadi zamon talablariga javob bera oladigan
malakali, raqobatbardosh, yuksak bilimli, oliy ta’lim mutaxassisi talablariga o‘zi
tanlagan yo‘nalishi yuzasidan talabga javob bera oladigan respublikaning ilm-fan,
madaniyat, iqtisod, ijtimoiy sohalarini rivojlantirishda o‘z hissasini qo‘shadigan,
mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviyatga bo‘lgan
yuqori salohiyatli
mutaxassislarni tayyorlashdir. Oliy ta’lim odatda 18-19 yoshdan boshlanadi va
kamida 4 yil davom etadi. Ikki bosqichga bo‘linadi.Ular oliy ta’lim muassasalari
mustaqilligini kuchaytirish, jamoat boshqaruvini joriy etish. O‘qishda mustaqil
bilim olishni individuallashtirish hamda masofadan ta’lim tizimi texnologiyasi va
vositalarini ishlab chiqarish hamda o‘zlashtirish, ta’limning insonparvarlik
yo‘nalishini ta’minlashni nazarda tutadi.
Oliy ta’lim olish uchun nodavlat muassasalarini tuzishga qonunchilik ruxsat
beradi. Ushbu muassasaga davlat akkretaditatsiyani
attestatsiya dan tegishli
tartibda o‘tgandan so‘ng bersa u o‘qitish huquqiga ega bo‘ladi.
International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30
442
Oliy ta’lim muassasalarining attestatsiya u davlatga tegishli yoki
xususiyligidan qat’iy nazar, kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish boshqarmasi
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi tasdiqlagan. Davlat test
markazi tomonidan qabul qilingan pedagogik kadrlar va ta’lim muassasalarining
attestatsiyadan o‘tkazish Nizomi asosida oliy ta’lim muassasalarining professor-
o‘qituvchilar jamoasi attestatsiyasidan o‘tkaziladi. Attestatsiya natijalariga ko‘ra
istalgan oliy o‘quv muassasasi davlat akkreditasisidan mahrum etilishi mumkin.
Eksternat — oliy ta’lim dasturiga muvofiq oliy ta’lim muassasasining
o‘qitiluvchi tartibini keyingi(joriy va kuniy) attestatsiyagacha tanlangan yo‘nalish
(mutaxassislik) bo‘yicha mustaqil o‘rganish. [7]
Masofaviy ta’lim — asosiy faoliyatdan uzilmagan holda ta’lim
muassasasidan uzoqda o‘quv dasturidagi mavjud bilimlarni o‘zlashtirish.
U zamonaviy axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyaning
texnik
vositalaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Masofaviy o‘qitish — sirtqi ta’limning o‘z rivojlanish yo‘lidagi yangi
kommunikatsion va informatsion texnologiyalarga tayangan, hamma formalari
qonunlashtirilgan o‘qitishni amalga oshirishdir. Shuning uchun Masofaviy o‘qitish
formasi XXI asr ta’limi deb xisoblanmoqda.[8]
Kunduzgi
o‘qitish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashning yo‘nalishlari
ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oliy ta’lim muassasasi faoliyatining asosiy masalalarini ko‘rib chiqish
uchun ilmiy kegash tashkil qilinadi.
Oliy ta’lim muassasasida ijtimoiy boshqaruv organi bo‘lgan vasiylar
kengashi tashkil qilinadi. Uning tarkibiga ta’sischilar, mahalliy hokimiyat
organlari, vazirlik va idora sohalari,
muassasa va tashkilotlar, boshqa ta’lim
muassasalari, ijtimoiy tashklotlar, fondlar va homiylarning vakillari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: