O‘zbekiston – Janubiy Koreya: strategik hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lida


PREZIDENTLAR SAMARQANDGA TASHRIF BUYURDI



Download 355,5 Kb.
bet2/4
Sana12.01.2017
Hajmi355,5 Kb.
#294
1   2   3   4
PREZIDENTLAR SAMARQANDGA TASHRIF BUYURDI

O‘zA, Iroda Umarova, G‘olib Hasanov, A'lo Abdullaev (surat), 18.06.2014 18:52



O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xe 18-iyun kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdilar.

Oliy martabali mehmon qadim shaharning muazzam tarixiy obidalari bilan tanishuvni Mirzo Ulug‘bek rasadxonasidan boshladi. Jahon sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma Mirzo Ulug‘bek bunyod etgan mazkur inshoot ajdodlarimiz zakosi, yurtimiz ilm-fanining chuqur ildizlaridan dalolat beradi. Pak Kin Xega mashhur olim va davlat arbobi hayoti va ilmiy faoliyati haqida so‘zlab berildi.

– Rasadxonaga kirishim bilan Mirzo Ulug‘bekning qanchalar buyuk daho va ulkan iqtidor egasi bo‘lganini his etdim, – dedi Koreya Respublikasi Prezidenti.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya rahbarlari “Afrosiyob” muzeyida bo‘ldilar. Undagi eksponatlar xalqimiz davlatchilik tarixidan, mamlakatimizda qadimdan hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlangani, xalqaro aloqalar keng yo‘lga qo‘yilganidan hikoya qiladi. Devoriy suratlardan birida Afrosiyob (qadimgi Samarqand) hukmdorining turli mamlakatlar elchilarini qabul qilish marosimi aks etgan. Ular orasida Choson (Koreya) elchisining ham borligi xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar ildizi bir necha asrlarga borib taqalishidan dalolat beradi.

“Afrosiyob” muzeyi hududida tashkil etilgan “Buyuk ipak yo‘lidan” deb nomlangan bog‘ mamlakatlarimiz o‘rtasidagi yaqin do‘stlikning yana bir namunasidir. Bu yerda jadal rivojlanayotgan O‘zbekiston va Janubiy Koreya do‘stligi va hamkorligi ramzi sifatida yodgorlik o‘rnatilgan.

Koreya Respublikasi Prezidenti Registon majmuini diqqat va hayajon bilan tomosha qildi. Prezident Islom Karimov rahnamoligida buyuk ajdodlarimiz boy merosini chuqur o‘rganish, tarixiy obidalarni asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan betimsol ishlarga yuksak baho berdi.

Pak Kin Xe Registon majmuida milliy hunarmandlik buyumlari ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi, Samarqand gilamlarining to‘qilish jarayoni bilan qiziqdi.

Janubiy Koreya rahbari Amir Temur maqbarasini ziyorat qilib, Sohibqironning so‘nmas xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Oliy martabali mehmon qadim madaniyatimiz va milliy davlatchiligimiz tarixining timsoli, me’morlik san’atimizning yuksak namunasi bo‘lgan Samarqand shahridagi betakror obidalar o‘zida unutilmas taassurot qoldirganini alohida ta’kidladi.

Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi samarali bo‘ldi. Tashrif asnosida davlatlararo, vazirlik va idoralar darajasida qator manfaatli kelishuvlarga erishildi. Imzolangan hujjatlar O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi qayd etildi.

Shu bilan Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening O‘zbekiston Respublikasiga ilk davlat tashrifi yakuniga yetdi. Janubiy Koreya rahbari O‘zbekistonga tashrifi juda samarali va foydali bo‘lganini ta’kidlab, samimiy qabul uchun Prezident Islom Karimovga chuqur minnatdorlik bildirdi.


Download 355,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish