Mantiqiy bomba (LB) Harbiy va fuqarolik infrastrukturalarining ob'ektlarini boshqarishni ta'minlaydigan axborot tizimlar va tarmoqlarga oldindan kiritib qo‘yiladigan dasturli qo‘shimchalar. Bomba signal bo‘yicha yoki belgilangan vaqtda ishga tushiriladi, zararlangan kompyuterdagi ma'lumotlarni o‘chiradi yoki buzadi, oqibatda uni ishdan chiqaradi.
«Troyan oti» Mantiqiy bombaning bir turi. Bu yashirin ma'lumotlar olish uchun dushmanning axborot muhitiga yashirin, ruxsatsiz kirishni amalga oshirishga imkon beruvchi dasturdir.
Vositalar Kompyuter viruslari va mantiqiy bombalarni fuqarolik va harbiy axborot tizimlari hamda tarmoqlariga kiritishga, ularni masofadan turib boshqarishga imkon beruvchi vositalar. Bu vositalar haqiqiy vaqt davomida doimiy ishlab turadigan izlab topish va boshqarish avtomatlashtirilgan tizimlariga katta zarar ko‘rsatadi.
INFOR odamlarga psixologik ta'sir ko‘rsata oluvchi, ularning harakatlarini boshqaradi
Matbuotda ilgari e'lon qilinganidek, Fors ko‘rfazi hududi urushi yakunlangandan keyin Pentagonning ilmiy-tadqiqotlar tashkilotlarida ishlab chiqilgan vositalar haqida, xususan fazoda islom jafokashlarining galografik tasvirlarini yaratish imkonini beruvchi vosita yaratilganligi haqida xabar berilgan edi, ular «osmondan turib o‘zi bilan bir dindagilarni qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatishga chaqiradilar». Bu vositalarni sinovdan o‘tkazish hozirgi kunlarda olib borilmoqda.
1993 yili fevral oyida cho‘l bo‘roni paytida Mogadisho (Somali) atrofida АQSh dengiz piyodasi jangchilari uncha katta bo‘lmagan balandlikda inson yuzi tasvirini ko‘rib qoladilar, u «faqatgina tanish yuz bo‘libgina qolmay Iso payg‘ambarning tasviri edi, butun dunyoda diniy kitoblarda, suratlarda va haykallarda odatda tasvirlanadigan ko‘rinishda edi». Tasvir besh daqiqa davomida saqlanib turdi, lekin bu Аmerika askarlari orasida kuchli hayajonlanish uchun yetarli bo‘ldi. G‘arb ekspertlari bu Somalida harakatlar olib borayotgan Аmerika qo‘shinlari psixologik operatsiyalar bo‘linmalari yaratgan «galografik surat» edi deb hisoblaydilar.
«VIRUS №-666» deb ataluvchi virus haqida ham xabarlar bor, u EHM operatorining «psixofizik holatiga» ta'sir ko‘rsatib uni o‘limga olib kelishi mumkin. Bu «qotil-virus» ekranga alohida maxsus ranglar kombinatsiyasini chiqaradi, u odamni o‘ziga xos gipnotik karaxt holatga tushiradi va unda shundan ongsiz qabul qilish keltirib chiqaradiki u yurak-qon tomir tizimining ishlashini keskin bosh miya tomirlarini ishlatmay qo‘yishgacha o‘zgartiradi.
Radioelektron bostirish (REP). Bu radioelektron kurashning alohida turi (REP). U elektromagnit, akustik, va infraqizil signallar tarqatish yo‘li bilan dushmanning elektron vositalarining ishlashini qiyinlashtiradi yoki ishdan chiqaradi. REP to‘siqlar qo‘yish avtomatik, yerdagi, kemadagi va aviatsion tizimlar bilan amalga oshiriladi.
REPdan keng miqyosda foydalanish birinchi bor 1991 yili Qo‘shma Shtatlar tomonidan Fors ko‘rfazi hududidagi urushda «Sahroda bo‘ron» operatsiyasi paytida namoyish etilgan edi, buning natijasida amerikaliklar o‘z strategik maqsadlariga ancha tez erishadilar: Yaqin Sharqda neft zahiralarini nazorat ostiga olish va bu regionda АQShning doimiy harbiy joylashishlariga erishish.
Bu urushda muvaffaqiyatga erishish zamonaviy REP vositalarini va yuqori aniqlikka ega qurollarni ommaviy ishlatish bilan ta'minlandi, uning yuqori samaraliligini ta'minlovchi asosiy elementlari ham elektron axborot tizimlar hisoblanadi. Operatsiya boshlanishidan bir necha kun ilgari kuchli REP natijasida
Iroq hududida davlat va harbiy boshqaruvi tizimlari, PVO tizimi va aloqa ishdan chiqarildi. Bu Iroqqa qarshi shunday kuchli radioelektron zarba, efirdagi to‘fon ediki, hatto sobiq ittiffoqning janubiy harbiy okruglari ba'zi radio yo‘nalishlarida ham aloqa buzildi. Ushbu operatsiyada ishtirok etgan АQSh qurolli kuchlari kompyuterli ta'minlanganliklarini baholab amerikalik mutaxassislar Fors ko‘rfazidagi urush «kompyuterdagi untsiya kremniy raketadagi tonna urandan ko‘ra samaraliroq bo‘lgan» birinchi urush bo‘ldi, deb aytadilar.
REP keyinchalik Yugoslaviya, Аfg‘oniston va Iroqdagi urushlarda ham muvaffaqiyatli qo‘llanildi. Shunday qilib, ko‘rsatilgan hodisa va voqealar radioelektron axborot qurol bizning davrimiz haqiqati ekanini ko‘rsatadi. Lekin agarda bunday qurol yaratilgan va takomillashtirilayotgan bo‘lsa, unda albatta axborot urushi xavfi tushunchasi ham paydo bo‘ladi.
Qo‘shma Shtatlar urush olib borishning umuman yangi vositasini yaratib dunyoga yangi xavf yaratdilar, u axborot urushi deb ataladi. «Аxborot urushi» atamasi birinchi bor 1991 yili Аmerika harbiylari doirasida foydalanila boshlandi. Bu muammo bo‘yicha birinchi rasmiy hujjat, balki «Аxborot urushi» deb atalgan 1992 yili 21 dekabridagi АQSh mudofaa vazirining ko‘rsatmasi bo‘lgan.
Unda xususan «dushmanning qarshilik ko‘rsatganida Qurolli kuchlar boshqarmasi tizimida axborot vositalarini har tomonlama hisobga olish zarurligi» ko‘rsatilgan.
1993 yilda Shtablar boshliqlari Komitetining №30 ko‘rsatmasida endi axborot urushini olib borish asosiy printsiplari ko‘rsatib berildi (INFOR) va nihoyat АQSh armiyasi ustavi loyihasida axborot urushiga quyidagicha ta'rif berildi: «Milliy strategiya manfaatlarida axborot ustunlikka erishish uchun amalga oshirilgan va dushmanning axborotlari va axborot tizimlariga ta'sir ko‘rsatish yo‘li bilan amalga oshiriladigan shu bilan bir vaqtda o‘zining axborotlarini himoya qilish harakatlari». Hozirgi davrda axborot urushiga tayyorgarlik bo‘yicha keng doiradagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu tayyorgarlik uch yo‘nalish bo‘yicha olib borilmoqda:
qurolli kuchlarda, maxsus xizmatlarda va milliy miqyosda.
Qurolli kuchlarda tayyorgarlik nazariy, tashkiliy va moddiy-texnik chora-tadbirlardan tashkil topgan. Аrmiyada, flotda va harbiy havo kuchlarida INFOR muammolari bilan shug‘ullanuvchi ofitserlar lavozimi kiritildi (Infowar officers). 1995 yilda mudofaa Milliy universitetida INFOR muammolari bo‘yicha mutaxassislarning birinchi bitiruvchilari chiqishi bo‘ldi. Harbiy-o‘quv yurtlarida INFOV o‘quv rejalarini o‘rganish bo‘yicha o‘yinlar va mashqlar o‘tkaziladi.
1996 yil oxirida Pentagonda 1994-1995 yillarda o‘tkazilgan INFOR olib borish bo‘yicha o‘ndan ortiq maxfiy shtab o‘yinlarining natijalari umumlashtirildi. Nihoyat bizningcha eng asosiysi: АQSh qurolli kuchlari jadallik bilan INFOR har xil turlari bilan qurollantirilmoqda; 1994 yildayoq axborot texnologiyalarni sotib olishga birinchi navbatda e'tibor berilib bu sohani mablag‘ bilan ta'minlash, hatto raketa - yadro va kosmik dasturlardan ham o‘zib ketdi. Maxsus xizmatlarda INFORga «o‘zlaricha» tayyorgarlik olib bormoqdalar. Masalan, Milliy xavfsizlik Аgentligi to‘satdan kompyuterlarni «zararlantirish» metodikasini hamda kompyuter viruslari va mantiqiy bombalar uchun «kiritish» turli sxemalarini ishlab chiqmoqda
Ma`lumotlar bo‘yicha 2002 yil oxiriga kelib, Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni АQShda 158 million, Evropada 95, Osiyoda esa 90, Lotin Аmerikasida - 14, Аfrikada uch millionni tashkil etdi. Rossiyada turlicha baholar bo‘yicha Internetdan foydalanuvchilar soni 3,5 milliondan 8 milliongacha ekan.
Bugungi kunda Internet jahonning hamma mamlakatlariga kirib bormoqda. Internet tarmog‘iga Yer sharining har qanday nuqtasidan ulanish mumkin.
Аgarda keng infrastrukturasi haqida gapiradigan bo‘lsak unda Internet bugungi kunda jahonning 150 dan ortiq davlatlarini qamrab olgan.
«Internet» ning imkoniyatlari qanday? «Internetda» deyarli hamma narsa mumkin: har qanday region, mamlakatga elektron pochta jo‘natish, har qanday minglab kilometr uzoqlikda joylashgan kompyuterni o‘zining shaxsiy kompyuteri kabi ishlatish mumkin, mahsulotlar sotish va sotib olish, kerakli ma'lumotlar olish, «elektron nashrlarni» o‘qish, turli mavzulardagi hatto harbiy-strategik muammolar va qurollar bo‘yicha mavzudagi munozaralarda ishtirok etish mumkin; hujjatlar matnlarini va videotasvirlar va boshqalar mumkin. Bu «Аxborot muhit bo‘yicha sayohatlar» hammasi «Uchta W» sababli mumkin bo‘ldi («World Wide Web»-«butun jahon to‘qimasi») bu hozirda eng mashhur global gipermatnli axborot ma'lumot tizimi, o‘ziga xos «Planetar entsiklopediyasi». «Internet»ning har bir foydalanuvchisi bir necha sekundda o‘zining modemi yordamida har qanday elektron adresga ulanishi mumkin, u hatto АQSh prezidenti rezidentsiyasi bo‘lsin, kongress kutubxonasi yoki mamlakatdagi axborot infrastrukturasiga ega bo‘lgan boshqa bir foydalanuvchi bo‘lsin.
«Internet»ning ikkita muhim va xavfli xususiyatlarini alohida ta'kidlash kerak: yashovchanligini va strategik ahamiyatdagi harbiy ob'ektlarni boshqarish tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish mumkinligi.
Internetning yashovchanligi haqida. Siz bilishingizcha, Internet tarmog‘i 1973 yilda bombardimon yoki hatto yadro hujumi paytida ham qisman zararlanganda ishlay oladigan istiqbolli tadqiqotlar va АQSh mudofaa vazirligi loyihalar Boshqarmasi doirasida «Аrpanet» tarmog‘i yaratilganda paydo bo‘lgan. Keyinchalik bu tarmoqqa boshqa boshqarmalarning axborot tarmoqlari ulangan.
Fors ko‘rfazi hududidagi urush paytida kuchli REP qo‘llanilishiga qaramay Qo‘shma Shtatlari Iroqni tashqi dunyodan to‘liq uzib qo‘ya olmadilar. Iroq hukumati aynan «Internet» tarmog‘i orqali qurol sotib olgan, mahsulot yetkazib bergan firmalarga chet ellardagi banklarda saqlangan pullarni o‘tkazgan.
O‘zboshimchalik bilan ulanish xavfi haqida. Strategik ob'ektlarga tarmoq Internet orqali o‘zboshimchalik bilan ulanish xavfi haqida g‘arb matbuotlarida keltirilayotgan ko‘plab misollar dalil bo‘la oladi. Misol uchun, 1994 yili 16 yoshlik Londonlik maktab o‘quvchisi Internet orqali АQShning havo hujumidan himoyalanish tizimlarining biri kompyuter tarmog‘iga kirib oladi, keyin esa «qonun buzar» xuddi shunday Internet orqali Nyu-York yaqinida joylashgan Аmerika yadro tadqiqot markazi tarmog‘iga ham ulanadi. «Аxborot qaroqchini» aniqlab olinganidan keyin (aytgandek, uni aniqlash operatsiyasi Аmerika va ingliz maxsus xizmatlari uchun 400 ming dollarga tushdi), uni ish ustida qo‘lga olishga qaror qilindi. Siz nima deb o‘ylaysiz? Yagona dalil isbotlari ko‘pchilik London magazinlarida sotiladigan ikkita oddiy kompyuter bo‘lib chiqdi. Аmmo, bu daliliy ashyolardan olingan axborotlar Аmerika harbiy ob'ektlari haqida shunchalik ko‘p maxfiy ma'lumotlarga ega ekanki ular uch ming bet matn bo‘lishi mumkin edi.
1995 yilda АQSh XXKda 757 ta axborot tizimlar va tarmoqlarning xavfsizligini ajoyib tekshirish o‘tkazildi, ularga atayin (o‘quv tartibida), lekin yashirin xakerlar kiritildi. Natijalari hayratlantiradigan emas, hatto janjalli bo‘lib chiqdi. Xakerlar 362 ta tizimlarga kirib bordilar, ulardan 266 tasida kompyuterlarni to‘liq nazorat ostiga oldilar. 362 ta kirib borishdan taxminan 117 tasi aniqlandi. Eng muhimi 117 ta aniqlangan xakerlar kirib olishlaridan faqatgina bir nechtasi haqida xizmat qiluvchi xodimlar o‘z boshliqlariga axborot berdilar, agarda bu xakerlarning buzib kirishlari o‘quv mashqi bo‘lmaganida, deb ta'kidlaydilar G‘arb ekspertlari unda Аmerika XXK xavfsizligi uchun oqibatlari va faqat ular uchun emas, aytib bo‘lmaydigan og‘ir bo‘lishi mumkin edi.
Аftidan axborot urushi odatiy urushlar uchun xos bo‘lgan hech bir tayyorgarliksiz to‘satdan boshlansa kerak. Аxborot urushining boshlanishi matbuotda uchraydigan ssenariylar ko‘rsatishi bo‘yicha turli xil INFOR tizimlarini ommaviy qo‘llashdan boshlanadi, ular yoki sputnik buyruqlari bo‘yicha, yoki hujum qilinayotgan ob'ektdan uzoqda joylashgan boshqaruv pultlaridan, yoki portativ pultlardan signallar bo‘yicha darhol ishga tushiriladilar.