Axborot kutubxona katalogi va fondi


Matbuot  asarlarini  klassifikatsiyalash  tarixidan



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/194
Sana15.01.2022
Hajmi5,22 Mb.
#367171
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   194
Bog'liq
fayl 1380 20210624 (1)

Matbuot  asarlarini  klassifikatsiyalash  tarixidan.
Qadimgi  dunyo  va  ilk  o‘rta  asrlar
K utubxonachilik  ishi  va  bibliografiya  taraqqiyoti  tarixida 
kutubxona-bibliografiya  klassifikatsiyasi  sxem alarini  ishlab  chi- 
qish  katta  o‘rin   tutadi.  Juda  qadim   zam onlardayoq  o ‘sha  vaqt- 
dagi  mavjud kutubxonalarda qo‘lyozm alarni ularning m azm uniga 
ko‘ra  bir  qadar  sistemalashtirilgan,  qo‘lyozmalar  ro‘yxatlari  tu- 
zilgan,  bu  ro‘yxatlar katalog vazifasini  o'tagan  edi.  Afsuski,  kata- 
loglarning  asl  nusxalari  saqlanib  qolm agan  va  ularning  tuzilishi 
haqida  o‘sha  davr  adabiy  m anbalarida  mavjud  bo‘lgan  fikrlarga 
qarabgina  m uhokam a  yuritish  m um kin.  Bu  m anbalardan,  m asa­
lan,  ilgari eslatib  o‘tilgan  m ashhur Aleksandriya  kutubxonasining 
katalogi  haqida  m a’lum otlar  borligi  m a’lum   bo‘ldi.  Bu  katalogni 
yunon  olim i  K allim ax  (eram izdan  avvalgi  III  asr)  tuzgan.
K utubxonada  saqlangan  qo‘lyozm alarning  ancha  qismi  (90 
000  ga  yaqin)  batafsil  ro‘yxatga  olingan  ham da  epos,  lirika,  ta- 
rix,  falsafa  va  boshqa  bo‘lim lar  bo‘yicha  sistemaga  solingan  edi. 
H ar  bir  bo‘lim  qolyozm aning  m azm uniga  muvofiq,  tuzilgan 
bo‘linm alarga  ham   ega  bo'lgan.  Q adim gi  R im   kutubxonalari- 
da  eram izning  dastlabki  asrlarida  qo‘lyozm alarning  tasvirlari 
m azm uniga  muvofiq  ravishda  guruhlarga  ajratilgan  kataloglar 
bo‘lganligi  ham  m a’lum.
Q adim gi  dunyo  kutubxonalarida  foydalanilgan  kutubxona 
klassifikatsiya sxemalari to ‘g‘risida aniq m a’lum otlarning yo‘qligi 
m azkur  sxem alarning  ilm iy  darajasi  haqida  fik r  yuritishga  im -
37


kon  bermaydi.  Biroq,  an tik   davrda  ilm iy  bilim larning  shun- 
dan  keyingi  taraqqiyotiga  k atta  ta ’sir  ko‘rsatgan  fanlarni  klas­
sifikatsiyalash  tizim ining  ishlab  chiqilishi  (qadimgi  zam onda 
Platon,  A ristotel  va  boshqa  faylasuflar  tuzgan  sistem alar)  o‘sha 
vaqtlardagi  kutubxona  klassifikatsiyalari  ham   antik  davrdagi 
fanning  yuqori  darajasini  aks  ettirgan,  deb  tax m in   qilishga  im ­
kon  beradi.  Bu  taxm in  haqiqatga  ancha  yaqin,  chunki  G retsiya 
va  R im   kutubxonalari  ilm iy  tafakkur  m arkazlaridan  b o ‘lgan  bu 
kutubxonalarda  yirik  olim lar,  faylasuflar,  shoirlar  faoliyat  yurit- 
ganlar.
Ilk o ‘rta asrlar davrida  cherkov hukm ronligi  fan va m adaniyat- 
ni  inqirozga  olib  borgan bir vaqtda  m onastirlar va  soborlar huzu- 
rida  ishlab  turgan  kutubxonalardan  kishilarning juda  cheklangan 
doirasigina  bahram and  bo‘lish  imkoniga  ega  edi,  xolos.  Bu  k u ­
tubxonalar  fondlarining  asosini  ilohiyotga  oid  kitoblar,  «cherkov 
otaxonlari»ning  ijodlari  tashkil  etar  edi.  Bu  kutubxonalarda  qa­
dimgi  dunyo  m utafakkirlarining  saqlanib  qolgan  asarlari va o ‘sha 
vaqtlardagi  m aktablarda  o ‘qitiladigan  fanlarga  doir  dunyoviy 
xarakterdagi  kitoblar  nihoyatda  oz  edi.  K itoblar javonlarda  yirik 
bo‘lim lar bo‘yicha uncha  detallashtirm asdan guruhlarga  ajratilar, 
kataloglar esa,  kitoblarning  tokchalardagi  o‘rn i  ko‘rsatilgan javon 
ro‘yxatlaridangina  iborat  bo‘lar  edi.
0 ‘sha  davrdagi  kutubxona  klassifikatsiyasi  sxemalariga  o 'rta 
asrlarda  rasm   bo‘lib,  m aktab  ta ’lim iga  asos  qilib  olingan  «yetti 
erkin  san’at»  sistemasi  bir  qadar  ta ’sir  ko‘rsatgan  edi.  Bu  sistema 
fanlarning  ikki  kompleksini:  «trivium»  (uch  fandan  iborat  kom- 
pleks)  va  «kvadrivium»  (to‘rt fandan  iborat kompleks)ni o ‘z  ichiga 
oladi.  B irinchi  kompleksga  —  gram m atika,  dialektika  va  rito- 
rika,  ikkinchi  kompleksga  —  arifm etika,  geometriya,  musiqa  va 
astronom iya  kirar  edi.  Bu  fanlarning  m azm unini  o ‘sha  davrdagi 
o‘qim ishli  kishi  uchun  zaru r  deb  hisoblanadigan  oddiy  amaliy 
bilim lar  tashkil  qilardi.  M asalan,  gram m atika,  asosan  katoliklar 
cherkovining  rasmiy  tili  bo‘lgan  lotin  tilini  o ‘rgatish  bilan  tugar, 
dialektika  deganda  ilohiyot  mavzularida  uzoq  sxolastik  bahs  olib 
borish  m ahorati  tushunilar  edi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish