Axborot kutubxona katalogi va fondi


  Mazmuniga  qarab  (sistemali,  mavzuviy,  predmet.)



Download 5,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/194
Sana15.01.2022
Hajmi5,22 Mb.
#367171
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   194
Bog'liq
fayl 1380 20210624 (1)

1.  Mazmuniga  qarab  (sistemali,  mavzuviy,  predmet.)
2.  Format belgilariga  qarab  (alifbo,  sanasi, geografiyasi, formati,
 
tili va  hokazo.)
Alifbosi  va  raqamiga  qarab  joylashtirishdan  boshqalari  o‘z 
holicha  fondlarni  oqilona  joylashtirish  uchun  yetarli  boimaydi. 
Shuning  uchun  ham   fond  uchun  ko‘proq  to‘g‘ri  keladigan  ikki 
yoki  undan  ortiq  belgilar  birligi  qo£llanadi.  Masalan,  sistemali 
joylashtirish,  odatda  alifboga  binoan  joylashtirish  bilan  birla- 
shadi,  natijada  sistemali-alifboli joylashtirish  tizimi  vujudga  ke- 
ladi.  Jurnallar  va  gazetalarni  joylashtirish  uchun  esa  ko'pincha 
sanasi  bilan  uyg‘unlikda  alifboga  binoan  joylashtirish  usulidan 
foydalaniladi,  natijada  alifbo-sanasiga  ko‘ra tartibga ^olinadi.
Yirik  fondli  respublika,  viloyat  yoki  yirik  tarmoq  kutub- 
xonalarida  faqatgina  ikkita  belgi  bilan  chegaralanib  bo‘lmaydi  va 
ko'proq  belgilardan  foydalaniladi.  Masalan,  juda  xilma-xil  til- 
larga  oid  kitoblarni  oladigan  kutubxonalarda  kitoblarning  tiliga 
katta  e’tibor  berib,  sistemali-alifboli  joylashtiriladi.  M ana  shu 
joylashtirishda  sistemali-alifbo  belgisi  til  belgisi  bo‘lib  hisobla­
nadi.  Bundan  tashqari  ochiq  fond  sharoitida  uning  faol  qismini, 
ya’ni ko‘p o'qiladigan yoki kitobxonlar ko‘p talab qiladigan kitob­
lar  yaxshiroq,  yoki  yaqqol  ko‘rinadigan  joylarga  joylashtiriladi. 
Bundan  maqsad,  kitobxonlar  talabini  tez  bajarish  va  ularning 
vaqtini  tejashdir.  Bunga  asosan  kitoblarni  sistemali-alifboli, 
sanaviy belgilarni birlashtirish orqali,  bolalar kutubxonalarida  esa
155


kichik yoshdagilar uchun tematik-rasmli kitoblarni yoyma usulda 
joylashtirish orqali erishiladi.  Kamroq so'raladigan  kitoblarni esa 
kitob  fondining  ichkarirog‘iga joylashtirish  maqsadga muvofiq.
Kitoblarning  mazmunidan  kelib  chiqish  sistemali  va  pred- 
metiga  ko‘ra  joylashtirishning  xarakterli  belgisi  bo‘lib,  kutub­
xona  kitoblarini joylashtirishning  boshqa  usullaridan  farq  qiladi 
va  o‘zining  ancha  ustunliklariga  ega.  Bu  usullarni  qo‘llaganda 
kutubxonachi  kitoblarning  qayerda  joylashganini  yaxshi  biladi, 
chunki  u  kitobni  mazmuni bo'yicha izlaydi.
Bolalar  kutubxonalarida  kichik  yoshdagilar  uchun  kitoblar 
asosan  mavzularga  ajratib  joylashtiriladi:  «Vatanimiz  tarixidan», 
«Hayvonot dunyosi»,  «Mashinalar haqida»,  «Ertaklar» va hokazo. 
Tematik  joylashtirishning  o ‘ziga  xosligi  shundaki,  u  turli  soha 
adabiyotlarini  u  yoki  bu  mavzu  doirasida  to‘plash  imkoniyatini 
beradi.  Bu  xilda joylashtirish  sistemali joylashtirishdan  farqlana- 
di  va  aniqlangan  mavzu  doirasida  fondning  bolim chalari,  hatto 
bo‘limlariga  tegishli kitoblarni  alohida  mavzuga birlashtirish  im ­
koniyatini  vujudga  keltiradi.  Tematik  usul  sistemali joylashtirish 
bilan to‘ldirilgan holda bir-biri bilan birlashadi va kitobxonga kitob 
tanlashda  ancha qulayliklar yaratadi.  Masalan,  « 0 ‘zbekistonning 
mashhur  san’atkorlari»  mavzusi  alohida  ajratilma,  unda  mam- 
lakatimizning taniqli va mashhur aktyorlari,  musiqachilari,  hofiz 
va  ashulachilari,  kino  ustalari,  sirk  artistlari,  raqqosalari  haqida 
kitoblar o‘z  aksini  topadi.  Natijada  san’atni  sevuvchi,  u  haqidagi 
kitoblarni  o‘quvchi  kitobxonlar o‘z  talablarini  toliqroq  qondirish 
imkoniyatiga  ega  bo‘ladi.  Bundan tashqari  kutubxonachi  shu  so- 
hadagi kitoblarni to‘liqroq targ£ibot qilish maqsadida javon ichida 
kichik  ko‘rgazma  tashkil  qiladi  va  kitoblarni  kitobxon  ko‘ziga 
yaqqolroq ko‘rsatish vositasidan foydalanadi. Tematik joylashtirish 
abonement  kutubxonachi  uchun juda  qulay  va  kitob  targ‘ibotida 
katta  ahamiyatga ega.
Sistemali  usulda  kitoblar  sohasi  bo‘yicha  joylashtiriladi,  har 
bir  bo‘lim  va  bo‘limcha  ichida  kitoblar  ko‘pincha  mualliflari 
yoki  sarlavhalar  alifbosi  bo‘yicha,  ya’ni  sistemali-alifboli  usulda 
guruhlanadi.  Kitoblarni  sistemali joylashtirishga  mazkur  kutub- 
xonada qo‘llanadigan  klassifikatsiya jadvali yordam beradi.
156


Kitoblar  sistemalashtirilganda,  uning  katalog  indeksi,  kata- 
Iog  kartochkasining  pastki  chap  burchagida,  javon  indeksi  esa 
yuqori  chap  burchagida  ko'rsatiladi  va  katalog  indeksidan  yirik- 
roq  bo‘ladi.  Kitoblar  asosan  mana  shu  javon  indeksiga  qarab 
joylashtiriladi.  Masalan,  tibbiyot  kutubxonasida  kardiologlarning 
simpoziumi  oldidan  shu  sohaga  oid  kitoblardan  tashkil  topgan 
ko‘rgazma tashkil  qilinib,  axborot byulleteni  nashr etilishi mum- 
kin.  Bunday  joylashtirishning  o‘ziga  xos  yutuqlari  mavjud  (uni 
nemis kutubxonachisi  I.M .Farank  1969-yilda taklif etgan),  chun- 
ki  alohida  soha  yoki  predmetga  qiziquvchi  kishilar  bir  vaqtda 
o'zlariga kerakli  ma’lumotlarni  tezda  olishlari  mumkin bo‘ladi.
Adabiyotlarni  mazmuniga  qarab  joylashtirish  juda  ko‘p  ku- 
tubxonalarda qo‘llanadi, lekin u barcha kutubxonalar uchun qulay 
usul  boiib  hisoblanmaydi va  uning o‘ziga  xos  kamchiliklari ham  
mavjud.  Ulardan  biri:
1.  Mazmuniy joylashtirish  kitoblarni  har  tomonlama  ko‘rsata 
olmaydi,  chunki  ba’zi  kitoblar  mazmuniga  ko‘ra  bir  necha  so- 
halarga  tegishli  bo‘ladi,  lekin  javonda  faqat  bitta  bo‘Iimda 
joylashtiriladi.
Boshqa  bosma  asarlar,  audiovizual  materiallar  ham   mavjud 
gazeta  va  jurnallarga  o‘xshab  alohida  mustaqil  fondga  ajra- 
tiladi  va  ular  boshqa  tizimda,  ya’ni  sohalariga  qarab  ajratilib 
joylashtiriladi.
2.  Bunday joylashtirishda fondxonaning foydali joyidan tejam- 
siz  foydalanish  ro‘y  beradi.  Javonda  har  xil  shakldagi  kitoblar 
yonma-yon  turadi  va  tokchalar  orasini  eng  baland  kitob  bo‘yi 
baravar  qilib  qoldirishga  to‘g‘ri  keladi,  har bir javonda  yangi  oli- 
nadigan  kitoblar  uchun  qo'shimcha  joy  qoldirishga  to‘g‘ri  ke­
ladi.  Shunga  qaramasdan  keyin  olinadigan  kitoblar  uchun  joy 
bo‘shatish  maqsadida  fondning  ma’lum  qismini  vaqti-vaqti  bilan 
siljitib turish lozim bo‘ladi.  Bu ish g‘oyat unumsiz va ko‘p mehnat 
talab  qilishdan tashqari  fondni yangidan joylashtirish kutubxona­
chi va kitobxonlarni  unga  qoniqishiga  majbur qiladi.
3. Yirik kutubxonalarda sistemali joylashtirishni,  kitoblar miq- 
dori g‘oyat  katta bo‘lganligi  tufayli,  barcha  fond uchun joriy etish 
maqsadga  muvofiq  emas.  Bu  tizim  asosan  ochiq  fondli  kutub-
157


xonalarda  qo‘llanadi.  Kitoblarni  formal  jihatiga  ko‘ra  joylashti­
rishning  xarakterli  xususiyati  shundan  iboratki,  bunda  mazmun 
uncha e’tiborga olinmaydi.  Bu esa turli mazmundagi kitoblarning 
butun fond bo‘yicha sochilib ketishiga olib keladi. Oqibatda kitob- 
xonlar  talablarini  qondirish  uchun  katalogdan  ma’lumot  olish 
lozim  bo‘ladi.  Formal jihatdan joylashtirish  usuli  uchun  asosan 
yirik ilmiy kutubxonalar qulaydir.  Axborot resurs markazi kutub­
xonalarida esa  bu  usul  ko‘pincha oynoma,  ro'znoma,  audiovizual 
materiallarini  joylashtirishda  ishlatiladi,  shuningdek,  sistemali 
joylashtirishda  yordamchi  usul  sifatida  foydalaniladi.  Bu  turdagi 
joylashtirishlar orasida mustaqil hamda yordamchi tarzda qo‘l!ash 
mumkin  bo‘lgan  alifboga  ko‘ra  joylashtirish  katta  ahamiyatga 
ega.  Kitoblarni alifbo bo‘yicha joylashtirishda mazmuniga e’tibor 
berilmay,  aksincha,  muallifning  familiyasi  yoki  kitob  sarlavha- 
sining  birinchi  harfi  e’tiborga  olinib,  shu  asosda  joylashtiriladi. 
Bu  usulda  har bir  muallifning  asari  bir joyga  to'planadi.  Odatda 
alifbo  formasi boshqa usullar bilan  birgalikda ishlatiladi  va u an ­
cha  yaxshi  samara  beradi,  lekin  bu  usul  orqali  kutubxonaning 
butun  fondini joylashtirib  bo‘lmaydi.  Chunki  bu  usul  ancha  mu- 
rakkab  va  kutubxonadagi joyni tejashga xalaqit  beradi,  natijada u 
ko‘proq  sistemali-nomerli joylashtirishda  yordamchi  usul  sifatida 
ishlatiladi.
Respublikadagi barcha universal kutubxonalarda badiiy adabi- 
yotni  joylashtirishda 

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish