Sensor paneli va maxsus qalam ham sichqonchaga muqobil qurilma hisoblanadi. Bu vosita yordamida qog‘ozga qalam yordamida chizish va nuqta qo‘yish kabi ma’lumotlar kompyuter ekraniga kiritiladi. Faqat qog‘oz o‘rnida sensor paneli- touchpad va qalam o‘rnida stylus, ya’ni kompyuter maxsus qalamidan foydalaniladi. Sinsorli ekran.
Grafik planshet yoki digitayzer
Skaner - matn, grafika, tasvirlarni kompyuterda
kiritishni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi vositadir. Skaner tayyor, qog‘oz ko‘rinishidagi xo‘jjatlarni elektron ko‘rnishga o‘tkazib klmpyuter xotirasiga saqlash va e – mail orqali jo‘natishga imkon yaratadi. Bundan tashqari qog‘ozdagi va fotorasmdagi suratlarni elektron ko‘rinishga o‘tkazish mumkin. Skaner - matn, grafika, tasvirlarni kompyuterda kiritishni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi vositadir.
U hozir davrda, asosan, rangli ko‘rinishda chiqarilyapti. Uning andozasi sifatida (Hewlett Packard) firmasi ishlab chiqaradigan HP Scanjet rusumli skanerlar qabul qilingan.
Uning asosiy tasnifi ma’lumotlarni aniq, tiniq, lozim bo‘lgan ravishda (xususan oq-qora rangli) ko‘rinishda tasvirlash qobiliyatidir. Ushbu tasvirlash imkoniyati gorizontal va vertikal chiziqlardagi nuqta (piksekal) lar soni orqali belgilanadi.
Odatda, bu tasnifda 300x600, 600x1200 ko‘rinishda bo‘ladi. Bu degani gorizontal chiziqlar bo‘yicha nuqtalar (piksellar) soni 300 (600), virtekal bo‘yicha piksellar soni 600 (1200) ta ekanligini bildiradi.
Nuqtalar soni qancha ko‘p bo‘lsa, ma’lumotlar aniqroq tasvirga ega bo‘ladi. Tabiiyki, skanerni NR dan boshqa fermalar ham ko‘plab ishlab chiqaradi. Lekin ular NR Jcanjet andoziga mos kelishi kerak. Hozirda bunday skanerlar Janubiy - SHarqiy Osiyo mamlakatlarida ko‘plab chiqarilmoqda. SHuni aytish lozimki, dastur vositalari yordamida skanerning tasivirlash qobiliyati ancha kuchaytirilishi mumkin.
Skanerlarni ishlatish darayonida, ayniqsa, matnlar bilan ishlanganda u yoki bu milliy til drayverlarni aniq aks ettiruvchi dasturlardan, masalan, Fine Reader dan foydalanish zarur. Skanerni kompyuterga ulash uchun turli usullardan foydalaniladi. Ba’zi skanerlar maxsus kontrollerga turli usullardan foydalanib ulanadi. Masalan, plata kompyuterning tizim platasidagimaxsus joyga o‘rnatiladi va shu vosita orqali ulanladi.
Ba’zi skanerlar parallel portga to‘g‘ridan - to‘g‘ri ulanadi. Hozirda, asosan, SCSI - 3 interfeysi orqali ulanadi. Bu andozada kompyuterga ko‘plab tashqi qurilmalarini, shu jumladan, skanerni ulash imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |