Mikrofon- ovozni elektron kodlar ko‘rinishiga o‘tkazib yozib olish o‘chun mo‘ljallangan qurilmadir.Veb-kamera. Internet orqali bir kompyuterda harakatlarni suratga olib, boshqa kaompyuterlarga uzativchi qurilma.
Axborotlarni chiqarish qurilmalari va ularning tasnifi
Monitor-kompyuterdagi matn va grafik ma’lumotlarni tasvirlash qurilmasi. Monitorlarning ko‘p tarqalgan ikkita turi mavjud. Bular trubkali (CRT) va (LCD) suyuqlik to‘ldirmali monitorlardir. Keyingi paytlarda suyuqlik to‘ldirmali monitor keng tarqalmoqda. CHunki u foydalanuvchini ko‘ziga kam ziyon etkazadi va hajmi kichik bo‘lganligi uchun foydalanuvchi stolida kam joy egallaydi.
Monitorlarning vazifasi - kompyuterdagi matn va grafik ma’lumotlarni tasvirlashdan iborat.
Garchand tashqi ko‘rinishidan u televizorga o‘xshab ketsa-da, ulardek bajaradigan ishlari bilan keskin farq qiladi.
Monitorlar rangli va rangsiz bo‘ladi. Kompyuter tarqatadigan nur umuman aytganda zararli, shuning uchun ham ba’zi kompyuterlarda past radiatsiyali (Lower radiation)so‘zlarini uchratish mumkin. Lekin ularning inson organizmiga ta’siri tobora kamayib boradigan rusumlari yaratilmoqda. Misol tariqasida keyingi yillarda siqarilgan 17-21 dyuymli SVGA (SUPER Video Grafic Adapter - katta video grafikli adapter) monitorlarda nurlarning ta’sirini ancha kamaytirilishiga erishilganligini aytib o‘tish mumkin.Monitorning asosiy tasniflaridan biri uning tasvirlash qobiliyatidir. Tasvirlash qobiliyati ekranning gorizontali va vertikalidagi nuqtalar soni bilan beriladi. Masalan, 14 dyuymli monitorda tasvirlash imkoniyati 800 x 600, 15dyuymli monitorda 1024 x 768, 17 dyuymli monitorda 1280 x 1024 va 21 dyuymli monitorda esa 1600 x 1200.
Bundan tashqari, monitorning yana bir tasnifi tasvirlarini hosil qiluvchi piksellar (nuqtalar) o‘lchovining katta - kichikligidir. Tasvirlash imkoniyati800x600 ga teng bo‘lgan monitorlarda yaxshi tasvir piksel 0,31 mm ga, 1024 x 768 ga teng bo‘lgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25 ga teng bo‘lishi kerak. Monitorning tez ishlashi uning adapteriga bog‘liq bo‘ladi.
Matn rejimida monitorlarga nisbatan tez ishlasa-da, grafik rejimda u sekinroq ishlaydi. Uning tezligini oshirish yo‘llari ham mavjud.
Zamonaviy SHKlarda VGA rusumli monitorlar ishlatiladi.
Bu monitorlar 640*480 ta nuqtali bo‘lib, har bir nuqta 16 xil rangni namoyish qila olish imkoniyatiga ega. VGA ning 256 xil rang bera oladigan 320*200 nuqtali turi ham mavjud. SVGA rusumli monitorlari 16.8 mln. xil rang bera oladigan (uzatadigan) 800x600, 1024x768, 1280x1024, 1600x1200nuqtalidir. Monitor o‘lchamlari 9 dan 21 dyuymgacha (23-54 sm), ko‘proq 14 dyuymli (35,5 sm) yoki 15 dyuymli (37,8 sm) bo‘lishi mumkin Nuqta o‘lchami 0,32 mm dan 0,21 mm gacha bo‘lishi mumkin. Nuqta qancha kichik bo‘lsa, tasvir shuncha sifatli bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |