[1]Компьютер қурилмаларининг ўзбек, рус ва инглиз тилидаги атамалари келтирилади.
Registr - axborot birligining saqlash joyi. Bir ishchi taktda kompyuter registrlarda joy bo‘la oladigan axborotlar sonini qayta ishlash mumkin. Agar registrlar o‘ziga 8 birlik axborotni sig‘dira olsa, ular 8-razryadli, va mos ravishda protsessorlar ham 8 razryadli deyiladi. Agar protsessorning razryadi shunchalik yuqori bo‘lsa, kompyuter shunchalik tez ishlaydi. PentiumIV protsessori 32 razryadli hisoblanadi.
Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bo‘lib, protsessor undan amallarni bajarish uchun dastur berilganlarini oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Axborot sig‘imi 4 gigabaytgacha
Tezkor xotira qurilmasi (RAM – Random Access Memory) bevosita kirish ta’minlanadigan xotira. Joriy
vaqtda bajariladigan masalani o‘zida saqlaydi. Bu xotirada berilganlaro‘zgaradi
Tezkor xotira. Bu qurilma kompyuter ishlayotgan vaqtida barcha axborotlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Kompyutrda ishga tushiriladigan istalgan dastur yoki ilova, uning tezkor xotirasiga yuklanadi va bu xotirada dasturda bajariladigan barcha ma’lumotlar va hisoblash natijalari saqlanadi. Dastur bo‘yicha hisoblash ishlari protsessorda amalga oshiriladi. SHu boisdan kompyuterning normal holatda ishlashiga operativ xotiraning sig‘imi bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Agar tezkor xotiraning sig‘imi kichikroq bo‘lsa kompyuterning ishlash tezligi sekinlashadi. Sababi dasturlar bilan ishlashda protsessor oraliq ma’lumotlarni saqlash uchun, joriy operatsiyaga kerak bo‘lmagan tezkor xotiradagi dasturlar modulini yo‘qotishi va kerak bo‘lgan hollarda ularni xotiraga qayta tiklashi kerak bo‘ladi. Agar kompyuterning tezkor xotirasi etarli darajada bo‘lsa u ortiqcha amallarni bajarmaydi va ishlash tezligi oshadi.
Zamonaviy dasturiy ta’minot bilan ta’minlangan kompyuterlarda operativ xotiraning minimal sig‘imi hajmi 512 Mbayt bo‘lishi lozim. Tezkor xotiradagi axborotlar kompyuter ishlayotgan vaqtda saqlanadi. Agar kompyuter qayta yuklansa yoki o‘chirilib yoqilsa operativ xotiradagi barcha axborotlar yo‘qotiladi. Hozirgi tezkor xotiralarning sig‘imi 1024 Mbaytdan iborat.
Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo‘lib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi.
1-darajali kesh xotira (Kesh pamyat 1-go urovnya) – o‘zida ko‘p qo‘llaniladigan instruksiya va ma’lumotlarni saqlaydi.
2-darajali kesh xotira (Kesh pamyat 2-go urovnya) – ko‘p qo‘llaniladigan ma’lumotlarni o‘zida saqlaydi. Protsessor bilan axborot almashuvining tezligi va kompyuterning mahsuldorligi 1 va 2 – darajali kesh xotiralarning hajmiga bog‘liq bo‘ladi.
Videoadapter – protsessor va monitor aloqasini ta’minlovchi qurilma va axborot stig‘imi 1 gigabayt va undan yuqori.
Videoxotira monitor ekranida video ma’lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Videoxotira bu grafik tasvirlar shakllanadigan maxsus operativ xotiradir. Uning kattaligi 512 Kbdan tortib 2 Gbgacha bo‘lishi mumkin va ular 16,7 mln. rangni uzata olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Videoxotra ekrandagi har bir piksel haqidagi axborotni saqlovchi, energiyaga bog‘liq bo‘lgan elektron qurilma.
SHina.Kompyuterlarda har bir qurilmalarning ishini boshqaruvchi elektron sxemalar mavjud bo‘lib, ular adapterlar (moslovchilar) deb ataladi. Barcha adapterlar mikroprotsessor va xotira orqali berilganlarni ayrboshlovchi shina (sim)lar orqali bog‘langan bo‘ladi.
Sistema platasiga BIOS, mikroprotsessor, tezkor xotira, kesh xotira, shinalar joylashtirilgan bo‘ladi.
Taktli chastota (Taktovaya chastota) - bu bir vaqt birligida protsessor bajara oladigan opsiya (takt)lar soni. "Ha" (1) holatida – elektronlarning harakati mavjud, va "Yo‘q" (0) holatida - elektronlarning harakati yo‘q. Bu holat takt yoki operatsiya deb ataladi. Agar protsessor sekundda shuncha ko‘p operatsiyalarni bajarayotgan bo‘lsa, kompyuter katta axborotlarni qayta ishlayotgan hisoblanadi.
Taktli chastotalar ikki tipga ajratiladi, ya’ni ular ichki va tashqi chastotalarga bo‘linadi.
Ichki chastota – bu protsessor ishlayotgan taktli chastotadir.
Tashqi chastota – bu protsessor bilan kompyuterning operativ xotirasi o‘rtasida amalga oshiriladigan axborot almashinuvidir.
Tovush kartasi (Zvukovaya karta) – protsessordan chiqadigan signalni elektr signaliga aylantirib kompyuterning tovush chiqaruvchi qismiga yuboradigan va keyin tovush kuchaytirgich yoki kalonkalarga etkazib beruvchi vosita.
Portlar. Portlar kompyuter sistema blokining orqa tomonida joylashtirilgan bo‘ladi. Ular kompyuterga monitor, klaviatura, "cichqoncha", printer, skanerlarni ulash moslamalaridir. Portlar maxsus o‘lchamdagi "tuynuk"chalar ko‘rinishida bo‘ladi.
Parallel portlar (PS/2). Bu portlarga sichqoncha va klaviatura ulanadi."Cichqoncha" ulanadigan PS/2 porti yashil, klaviaturaniki esa siyoh rangida bo‘ladi. Bu tezkor portlarda signallar ikki yo‘nalishda 8 ta parallel yo‘llar orqali uzatiladi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi 800 Kbit/sek dan 16 Mbit/sek gacha boradi. Parallel portlar sxemalarda LP1, LP2 v.h. nomlar bilan belgilanadi.
Ketma-ket portlar. Bu portlarda ma’lumotlar vaqtning har bir momentida faqat bir yo‘nalishga qarab uzatiladi. Bu vaqtda ma’lumotlar ketma-ket tartibda dastavval bir tomonga, so‘ngra ikkinchi tomonga uzatiladi. Bu portlarga ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatishni talab qilmaydigan - klaviatura, "cichqoncha" va modem kabi qurilmalar ulanadi. Ma’lumotlarni uzatish tezligi 115 Kbit/sek. Bu portlar sxemalarda COMk1, COMk1 v.h. nomlar bilan belgilanadi.
USB porti. Bu universal ketma-ket keluvchi port bo‘lib, u foydalanuvchilarga kompyuterning istalgan qurilmalarini ulash imkoniyatini beradi. USB portining ma’lumotlarni uzatish tezligi 1,1-12 Mbit/sek. ni tashkil qiladi.
AT/MIDI porti. Buportga raqamli musiqa asboblari (musiqa klaviaturasi va sintezator) ulanadi.
Fire Wire porti. Bu portning ma’lumotlarni uzatish tezligi 400 Mbit/sek. ni tashkil qiladi. Bu port kompyuterga video qurilmalarni ulash uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari katta hajmdagi axborotlarni tez uzatish talab qiladigan qurilmalarni masalan, tashqi qattiq disklardan foydalanishda yuqori samara beradi.
Bu portlarning stol kompyuterlari uchun 6 kontaktli, noutbuk kompyuterlarda o‘rnatiladigan 4 kontaktli tiplari mavjud.