14
ega bo‘lsa, matbuot texnologiyaning o‘zi bilan sonlar va kitoblar chop
etilishining disketligiga mahkum.
Hozirgi kunda bosma ommaviy
axborot vositalarining chop etilish davriyligi kundalikdan (gazetalar)
yillikkacha (almanaxlar) tebranib turadi. To‘g‘ri, gazetalarni, ayniqsa
tezkor axborotlar bilan, sutkasiga bir necha bor chop etish mumkin
(boshqa kommunikatsiya vositalari rivojlanmagan holatlarda
ko‘pincha shunday qilishga to‘g‘ri kelardi), ammo bu bosish, etkazib
berish muammolari bilan bog‘liq va shuning uchun radio va
televidenie ommalashuvi bilan bunday amaliyot deyarli to‘xtatilgan.
SHunday qilib, bosma matbuot axborot tezkorligi jihatidan
yutqazadi. Axir bosma matbuot sonini tayyorlash, chop etish, etkazib
berish va uni «iste’molchi» qabul qilishi
orasidagi vaqt uzilishidan
qochib bo‘lmaydi. Bu ayniqsa, butun mamlakat bo‘ylab tarqaladigan
bosma matbuotga taalluqli.
Televizion ixtisoslik radio va kino imkoniyatlari kesishuvida
dunyoga kelgan. Radiodan televidenie radioto‘lqinlar yordamida
signallarni uzoq masofalarga uzatish imkoniyatini olgan – bu signal bir
vaqtning o‘zida telvizor ekranida dasturning xususiyatidan kelib
chiqib kinematograqik yoki fotokadr, sxema, grafik va boshqa
xususiyatga ega ovozli va videoaxborotni mujassamlashtiradi.
Televizor ekrani orqali bosma matn namoyish etilishi ham mumkin.
Bosma matbuot, radio va televidenie har biri auditoriga axborotni
etkazish uslublarida namoyon bo‘ladigan bir qator xususiyatlarga ega
ommaviy axborot vositalari «uchligi»gi tashkil etadi. Biroq, bosma
matbuot, radio va televidenie xususiyatlariga ko‘ra umumiylik kasb
etadi – bu ommaviy auditoriyaga so‘z-mantiqiy
va hissiy-tasviriy
axborotni ma’lum tezlikda etkazish imkoniyati. SHu bilan birga
qaysidir bir vositaga tegishli o‘ziga xos xususiyatlar ham mavjud
(televidenieda kinematografik tasvir, bosma matbuotda so‘z-harfli
axborot, radioda novizual ovozli ma’lumot).
Insonning fan va texnikada erishgan yutuqlari internet va reklama
singari OAVlar paydo bo‘lishiga imkon yaratdi.
So‘nggi yillarda jamiyat hayotining barcha sohalarida tezkor
kompyuterlashtirish jarayoni kuzatilyapti va axborot texnologiyalari
rivoji yo‘lida umuman to‘siq yo‘q. Mazkur texnologiyalar tufayli
bunyoga kelgan axborotni izlash va etkazishning global tizimi –
internet OAVda etakchi o‘ringa ega.
Reklama – hayotimizning bir bo‘lagi. U tadqiqotchilarning ko‘plab
yo‘nalishlardagi izlanish predmeti hisoblanadi. Hamma reklamaning
iste’molchi ishonchiga kirish, begona axborotni fikrlash uchun qabul
15
qilishiga qanaqa ta’sir o‘tkazishi va buning
natijasi qanday ekanini
tahlil qilishga intilmoqda. Reklamaning ta’sirchanligi birinchi navbatda
uning OAV bilan simbiozi (birgalikda hayot kechirish, yonma-yon
hamkorlikdagi mavjudlik) orqali ta’minlanadigan auditoriyani qamrab
olish darajasiga bog‘liq. Zamonaviy OAVlar uchun reklama – asosiy
daromad manbalaridan biri. Biroq, bu holat bitta sezilarli salbiy
xususiyatga ega – reklamadan ortiqcha foydalanish, biror mahsulotni
xarid qilish kishini baxtliroq qilishi yoki jamiyatda yuqoriroq darajaga
erishishda asos bo‘lishi haqidagi fikrni singdirish, ichki, ruhiy
rivojlanish manbalarini iste’mol manbalari bilan almashtirib, inson
qadriyatlar tizimi deformatsiyasiga olib keladi.
«... agar biror nima qila olsang, dushmaningga qo‘lingdan
kelmaydigan qilib ko‘rsat; agar biror narsadan foydalansang, o‘zingni
undan foydalanmaydiganday ko‘rsat, yaqin bo‘lsang ham, o‘zingni
uzoq tut; uzoqda bo‘lsang, yaqinda turganday ko‘rin;
uni daromad
bilan jalb qil; uni tashvishga sol va qo‘lga ol; agar unda hamma narsa
etarli bo‘lsa, tayyor tur; agar u kuchli bo‘lsa, o‘zingni chetga tort; uni
g‘azablantir, bezovta holga olib kel; do‘stona ko‘rinishga kirib, unda
shubha uyg‘ot; agar u bardam bo‘lsa, charchat; agar unda birdamlik
bo‘lsa, parchalab tashla; kutilmaganda hujum qil; u kutmaganda
chiqish qil...».
Bizni o‘rab turgan borliq miya tomonidan tinimsiz va erinmay
tizimlashtiriladi: yangi bilim va ko‘nikmalar, yangi axborot yoki
voqealar avval hosil bo‘lgan tajriba tizimlariga qo‘shiladi yoki yangi
tizim hosil qiladi. Dunyoga kelgan ilk
ondan boshlab biz sensor
ma’lumotlarni qabul qilamiz va qayta ishlaymiz. Avvaliga uning
bo‘linishi juda sodda – yoqimli va yoqimsiz, ammo, yosh katta bo‘lishi
bilan axborot turli mazmun kasb etishi mumkin (masalan, ijobiy va
salbiy).
OAV jamoatchilikning turli dolzarb muammolarini yoritadi va shu
bilan odamlarning jamiyatdagi hamda individual fikri va xulq-atvoriga
ta’sir etadi. OAVning texnik vositalariga bosma matbuot, radio,
televidenie, so‘nggi paytlarda internet va reklama ham kiritilgan.
So‘nggi o‘n yillikda kommunikatsiya vositalari sputnik aloqasi, kabelli
radio va televidenie, elektron matnli kommunikatsion tizimlar (video,
ekranli va kabelli tekstlar), shuningdek axborotni yig‘ish va chop
etishning individual vositalari (kassetalar, disketlar, disklar,
printerlar) tarqalishi natijasida sezilarli evrilishga yuz tutdi. Ammo
audiovizual OAVlar: radio va televidenie, internet va reklama
jamiyatga ommaviy va kuchliroq ta’sir ko‘rsatadi.
16
Zamonaviy sharoitlarda OAVga kirish imkoniyati – bu ta’sir
shakllanishining zaruriy shartidir. OAVlar – istalgan tashkilot hayotiy
quvvat oladigan o‘ziga xos o‘zaklar. OAVlarning faol o‘rni ularning
jamiyatdagi axborot jarayonlarining turli bosqich va tomonlariga
ta’siriga
aloqador, ammo rivojlangan dunyoda axborot oqimlari shu
qadar rang-barang va qarama-qarshiki, ularni mustaqil tushunib
olishga na alohida odam va na mutaxassislar guruhi qodir emas.
Do'stlaringiz bilan baham: