125
3.4. Avtobuslarning harakat muntazamligini
saqlash usullari
Harakat muntazamligi avtobus transporti ishining asosiy sifat
ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Qachonki avtobus o‘z vaqtida reysga jo‘nasa, avtobus harakati
muntazam deyiladi. Harakat intervali barcha oraliq punktlarida bir
xilda
saqlansa, avtobus harakat jadvaliga rioya qilib oxirgi bekatlarga
o‘z vaqtida keladi.
Quyidagi ikki shart bajarilgan holatda harakat muntazamligi
ta’minlanadi:
1. Harakat jadvalida ko‘rsatilgan reyslar 100 % ga bajaril-
ganda.
2. Barcha avtobuslar harakat jadvaliga
aniq rioya qilib hara-
katlanganda.
Avtobus reysga o‘z vaqtida jo‘nasa, vaqtida oraliq bekatlardan
o‘tsa (1 daqiqadan ko‘pga farq qilmasa) va oxirgi bekatga o‘z
vaqtida
kelsa, reys muntazam hisoblanadi.
Avtobuslar harakati muntazamligi buzilishining o‘z vaqtida
oldini olish maqsadida nozimlik xizmatining muhandis-texnik
xodimlari har bir yo‘nalishda muntazamlikning buzilish holati
sabablarini aniqlaydilar.
Avtobuslar harakati muntazamligi buzilishining asosiy
sabablari quyidagilardan iborat:
1. Haqiqiy harakatlanish sharoitiga jadvalda ko‘rsatilgan reys
vaqtining to‘g‘ri kelmasligi.
2. Avtobuslarning safarga to‘liq, o‘z vaqtida chiqarilmasligi.
3. Avtobuslarning safarda texnik sabablarga ko‘ra to‘xtab turishi.
4. Yo‘l harakatidagi tutilib (ushlanib) qolishlar.
5. Haydovchi tomonidan avtobusni boshqarishdagi o‘rnatil-
gan tartibning buzilishi.
Harakat muntazamligini oshirish usullari quyidagilardan
iborat:
1. Har bir avtobusga alohida harakat jadvalini tuzish.
2. Yo‘nalish bo‘yicha har bir avtobus harakatiga muntazam
nazoratni qo‘llash va nozimlik boshqarish tizimini tashkil qilish.
3. Avtobuslar harakatini reys davomida oxirgi va oraliq
bekatlarda
aloqa vositalari, shtamp soatlar va boshqa vositalar
yordamida nazorati va hisobini olib borish.
126
4. Haydovchilarga jadvaldan chetga chiqish chegarasini qat’iy
belgilab berish.
5. Yo‘lovchilar transportini boshqarishning avtomatlashtiril-
gan tizimini qo‘llash.
Bugungi kunda operatsion menejmentning yo‘lovchilar
tashishni tashkil etish bilan bog‘liq ilg‘or uslublariga asosan
mavjud dispetcherlik xizmatlari o‘rniga yo‘lovchi transportini
boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini amalga joriy etish
taklif qilinmoqda. Bunday tizimdan foydalanish
transport
vositasining har bir birligi qatnov grafigini bajarishi, qatnovning
muntazamligiga rioya qilishi ustidan doimiy avtomatlashtirilgan
nazorat hisobiga shahar yo‘lovchi transportining sifati va
ishonchlilik darajasini oshirish imkonini beradi.
Yo‘lovchi transportini boshqarishning avtomatlashtirilgan
tizimi amalga joriy etilgan holda:
— yo‘nalishlar tarmog‘ini kompyuter yordamida optimal-
lashtirish;
— qatnov jadvalini yanada
mufassalroq tuzish;
— barcha turdagi yo‘lovchi tashuvchilar transport vositasi-
ning miqdorini oqilona uyg‘unlashtirish hisobiga xarajatlar ancha
kamayadi va tashuvlarning daromaddorlik darajasi oshadi.
Bu yerda shuni ham unutmaslik kerakki, yo‘lovchilar
transportini boshqarish avtomatlashtirilgan tizimining qiymati
taxminan 1800,0 mln. so‘m (1,5 mln. AQSH dollari)ni tashkil etadi.
Tizimda 150 xodim ishlaydi. Tizimga xizmat ko‘rsatish bir yilda
150 mln. so‘mga, xizmatchi xodimlar maoshi — 250 mln. so‘mga
tushadi (ya’ni yillik umumiy xarajat 400 mln. so‘mni tashkil etadi).
Avtobus yo‘nalishlarida jadvaldan ruxsat qilingan chetga
chiqish vaqtlari quyidagicha bo‘ladi:
1. Shahar yo‘nalishlarida 1 daqiqa.
2. Shahar atrofiga qatnaydigan yo‘nalishlar uchun 3 daqiqa.
3. Shaharlararo yo‘nalishlar uchun 5 daqiqa.
Ushbu ruxsat qilingan chetga chiqish
vaqtlaridan farq qilib
bajarilgan reyslar muntazam emas deyiladi. Avtobuslar haraka-
tining muntazamligini oshirish maqsadida har oyda bir marta
yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslar harakati muntazamligi to‘g‘risida
kuzatuv o‘tkaziladi. Maxsus kuzatuvchilar yo‘nalish bo‘yicha
avtobusning haqiqiy harakatlanish vaqtlarini yozib
jadvaldagi
vaqtlar bilan taqqoslaydilar va harakat muntazamligi to‘g‘risida
haqiqiy ma’lumotni to‘playdilar.