Surkov moylarining turg‘unligi. Surkov moylari o‘z xususi-yatlarini bir qator omillar ta’sirida, birinchi navbatda, haroratning keskin ortishi va moy miqdorining kamayishi ta’sirida qisman yoki butunlay yo‘qotishi mumkin.
Tomchilab tushish harorati. Bu ko‘rsatkich surkov moyining harorat o‘zgarishiga bardosh berish ko‘rsatkichi hisoblanadi. Kon-sistent moylar saqlash va ishlatish sharoitida plastik material ko‘ rinishida bo‘lishi lozim. Uni suyuq holatga o‘tishiga asosiy sabab-lardan biri uning me’yordan ortiq qizishidir. Shuning uchun ixtiyoriy surkov moyining muhim sifat ko‘rsatkichi quyultirgich asosida hosil qilingan kristall karkasning katta miqdorda yemirili-shi natijasida surkov moyi oquvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib qoladigan harorat hisoblanadi. Surkov moylarining plastik holatdan suyuq holatga o‘tish haroratini shartli ravishda tomchilab tushish