Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. Transportsiz, jumladan, avtomobil transportisiz xalq xo‘jaligini tasavvur etib bo‘lmaydi


Epoksidli smolalar asosidagi yelimlar



Download 1,52 Mb.
bet109/121
Sana01.02.2022
Hajmi1,52 Mb.
#423463
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   121
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

Epoksidli smolalar asosidagi yelimlar. Bu yelimlar sovuqlayin va qaynoq holda qotadigan turlarga bo‘linadi ular asosida fizika-viy-mexanikaviy xususiyatlari juda yaxshi bo‘lgan birikmalar hosil qilinadi. Epoksidli yelimlar asosida hosil qilingan birikmalar suv, moy va benzin ta’siriga chidamli bo‘ladi. Avtomobillarni ta’mir-

298

lashda sovuqlayin qotadigan epoksidli yelimlardan nisbatan keng foydalaniladi. Epoksid kompozitsiyalar 1 dan 21 gacha raqam bilan ifodalanadigan tarkibda ishlab chiqariladi. 4, 13–16 va 19 raqamli tarkiblarning asosini ЕД–20 smolasi, qolgan tarkiblarning asosini esa ЕД–16 smolasi tashkil etadi. Bu epoksidli kompozitsiyalarning­ tarkibida 10 foizdan 25 foizgacha plastifikator – dibutilftalat (20 va 21 raqamli tarkiblarda mos ravishda 60 va 50 foiz) bo‘ladi. Bu kompozitsiyalar epoksidli smolaga 10–12 foiz qotirgich qo‘shib tayyorlanadi. Qotirgich sifatida polietilenpoliamindan foydala-niladi. proksidli kompozitsiyalarga to‘ldirgich sifatida aluminiy kukuiv. maydalangan sluda, grafit, cho‘yan kukuni, temir oksidi va gaz qurumidan foydalaniladi.

Avtomobillar ishlab chiqarishda qaynoq holda qotadigan УП–5– 207 epoksidli yelimidan keng foydalaniladi. Ular eshiklarning ichki­ va tashqi panellarini, kapot va yukxona qovurg‘alarini biriktirishda ishlatiladi. Shuningdek, epoksidli smolalar asosidagi yelimlardan silindrlar blokidagi, silindrlar kallagidagi, ilashish muftasi va uzat­ malar qutisi karterlaridagi, moy va suv radiatorlaridagi, yonilg‘i bakidagi darz ketgan joylarni va teshiklarni ta’mirlashda foyda­ laniladi.


Qaynoq holda qotadigan yelimlar ishlatiladigan joyning o‘zida 90–93 foiz epoksid smolaga 7–10 foiz qotirgich qo‘shib tayyorla-nadi. Tayyorlangan yelimni 1–2 soat ichida ishlatib yuborish zarur, aks holda ular foydalanishga yaroqsiz bo‘lib qoladi. Yelimli birik-malar uchun ruxsat etilgan haroratlar chegarasi 60–150°C. Xona haroratida qotadigan yelimlar yordamida mustahkam birikma hosil qilish uchun taxminan bir sutka kerak bo‘ladi. Biriktirilgan detallar-ni bir-biriga bosmasa ham bo‘ladi (ularning o‘z massasi yetarli).


Birikmalarning mexanik xossalarini yaxshilash uchun qotirgich qo‘shishdan oldin epoksid smolaga ko‘pincha to‘ldirgichlar (metall kukunlar, grafit, maydalangan sluda, talk va boshqalar) qo‘shiladi. Qo‘shiladigan to‘ldirgichning miqdori uzelning turi va ishlash sha-roitiga bog‘liq. To‘ldirgichli va qotirgichli, qaynoq holda qotadigan epoksid smolalar asosida olingan birikmalarning mustahkamligi­


299
ancha yuqori bo‘ladi. Qotish jarayoni 120–200°C haroratda 0,5– 4,0 soat mobaynida kechadi.





Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish