Avtomobil XX asr sivilizatsiyasining yorqin ramzi hisoblana-di. Transportsiz, jumladan, avtomobil transportisiz xalq xo‘jaligini tasavvur etib bo‘lmaydi



Download 1,52 Mb.
bet108/121
Sana01.02.2022
Hajmi1,52 Mb.
#423463
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   121
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar

Nazorat savollari:



  1. Lok-bo‘yoq materiallarining avtomobilsozlikdagi ahamiyati nima­­ lardan iborat?

  2. Lok-bo‘yoq materiallariga qanday talablar qo‘yiladi?




  1. Lok-bo‘yoq surtishdan oldin sirtlar qanday tayyorlanadi?




  1. Sirtlarni gruntovkalash va shpaklovkalashda qanday materiallardan toydalaniladi?

  2. Lok-bo‘yoq materiallari qanday markalanadi?




  1. Moyli bo‘yoqlar qanday bo‘yoqlar hisoblanadi?




  1. Nitroemallar nima?




  1. Alkidli smolalar asosidagi lok-bo‘yoq materiallari haqida ma’lumot bering.




  1. Parda hosil qiluvchilarning aralashmalari asosidagi lok-bo‘yoq ma-teriallari haqida aytib bering.




  1. Bo‘yoqning berkituvchanligi haqida gapirib bering.




  1. Lok-bo‘yoq materiallarining qovushoqligi haqida aytib bering.




  1. Lok-bo‘yoq qoplamlarining mustahkamligi nimalar bilan belgila-

nadi?




  1. Lok-bo‘yoq materiallarini ishlatishda qanday xavfsizlik choralari qo‘llaniladi?



XII BOB. SINTETIK YELIMLAR, QOPLOVCHI, QISTIRMA, ELEKTROIZOLATSION VA YOG‘OCH MATERIALLAR

  1. 1. Sintetik yelimlar

Yelimli birikmalardan foydalaniladigan sohalar muntazam ke­ ngayib bormoqda. Bunga sabab shuki, ular payvand va boshqa birikmalarga nisbatan qator afzalliklarga ega. Chunonchi, ular bi-lan turli xil materiallarni biriktirish mumkin, bunda buyum kon-struksiyasining massasi kamayadi. Bundan tashqari, yelimlarni biriktirish texnologiyasi juda oddiy. Sanoatda ishlab chiqariladigan yelimlar bilan materiallar, qotishmalar, shisha-keramika, plastmas-sa, yog‘och va boshqa ko‘pgina materiallarni biriktirish mumkin. Yelimli birikmalardan foydalanilganida mablag‘ va mehnat sarfi ancha kamayadi, konstruksiyaning korroziyaga chidamliligi ortadi, birikmalardagi zo‘riqish kamayadi.





294 295

Avtomobilsozlikda yelimlardan dastlab shovqinni izolatsiyalov-chi va salonning bezash materiallarini yopishtirishdagina foydala-nilgan. Bunda, asosan, tabiiy kauchuk va bitum asosidagi yelim va germetiklardan foydalanilgan. XX asrning 60- yillarida esa tormoz kolodkalarini yopishtirishda fenolli yelimlardan foydalanila bosh-landi. Zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarila boshlanishi nati-jasida avtomobilsozlikda yelim va germetiklardan foydalanish sez-ilarli darajada ortdi. Avtomobil sanoati uchun maxsus 15 nomdagi yelimlar va 10 nomdagi germetiklar ishlab chiqarila boshlandi. Ho-zirgi kunga kelib, yelim va germetiklarning assortimenti yana-da kengaydi. So‘nggi yangiliklardan biri avtomobillarning saloniga o‘rnatiladigan orqani ko‘rish ko‘zgusini avtomobilning old oynasi-ga yopishtirishda akril yelimlardan foydalanishdir.

Yelimlar yordamida biriktirish quyidagi afzalliklarga ega:


– xususiyatlari, elastiklik moduli va qalinligi har xil bo‘lgan turli materiallardan tayyorlangan buyumlarni biriktirish mumkin;


– juda yupqa listlarni ham biriktirish mumkin (yupqa listlarni boshqa usullarda biriktirilganida yuklanish konsentratsiyasining yuqoriligi tufayli detal ishdan chiqishi mumkin);


– boshqa usullar asosida tayyorlash mumkin bo‘lmagan murak-kab shaklli buyumlarni tayyorlash mumkin;


– konstruksiyani kam xarajat qilgan holda va tezlik bilan yig‘ish imkoniyati mavjudligi, shuning bilan bir paytda, konstruksiyaning bir necha elementlarini biriktirish mumkin;


– yelim asosida hosil qilingan birikmalarning mustahkamligi bir qator hollarda boshqa usullarda hosil qilingan birikmalarning mus-tahkamligidan yuqori, tannarxi esa past bo‘ladi;


– yuklanish yelimli birikmalarda yuza bo‘yicha teng taqsim­­ lanadi, yuklanish konsentratsiyasi minimal bo‘ladi;


– boltli va parchin mixli birikmalar o‘rniga yelimli birikmalar-dan foydalanish konstruksiya massasini kamaytiradi.


Yelim qotganida biriktiriladigan sirtlarga yaxshi yopishadigan parda hosil qiluvchi moddadir. Yelim kompozitsiyasi tarkibiga asosiy yelimlovchi komponentdan tashqari qotirgichlar, qotishni


296

tezlatgichlar, plastifikatorlar, to‘ldirgichlar, erituvchilar (ishlatish oson bo‘lishi uchun) kiradi. Yelim, odatda, yuqori haroratda qotir-gichlar ta’sirida qattiq holatga o‘tadi.

Yelimli birikmalarning ish harorati uncha yuqori emas, kamdan kam holda 350°C dan ortadi. Bu ularning asosiy kamchiligidir. Le-kin 500°C va undan yuqori haroratda ham ishlay oladigan yelim-se-mentlar yaratilgan. Yelim tarkibidagi erituvchilar yelim qotganida bug‘lanadi. Buning natijasida yelim kirishib, birikmalarning mus-tahkamligi pasayadi. Shuning uchun bug‘lanmaydigan, balki par-da bilan reaksiyaga kirishadigan erituvchi qo‘shilgan yelimning xossalari yaxshilanadi. To‘ldirgichlar (kvars changi, chinni changi, metall oksidlar) ham yelimning kirishishini kamaytiradi va, ayni vaqtda, pardaning mustahkamligini, issiqlik o‘tkazuvchanligini oshiradi. Yangi polimer materiallardan foydalanilganida yelimli birikmalarga xos kamchiliklar bo‘lmaydi hamda ular ishlatiladigan sohalar ko‘payadi.


Parda hosil qiluvchi asosiy modda turiga ko‘ra barcha yelimlar tabiiy va sintetik yelimlarga bo‘linadi. Tabiiy yelimlarga hayvonot yelimlari (kazein, albumin, glyutin yelimlari) va o‘simlik yelimlari (kraxmal, dekkstrin, tabiiy kauchuk, guttapercha asosida tayyorlan-gan yelimlar) kiradi. Ular texnikada kam ishlatiladi.


Sanoat miqyosida ishlatiladigan yelimlar termoplastik yoki termoreaktiv sintetik smolalardan olinadi. Termoplastik yelimlar etilen, propilen, metilmetakrilat va hokazolar polimerlari asosida tayyorlanadi. Ular asosan kam yuklanish tushadigan birikmalar-da ishlatiladi. Kengroq tarqalgan termoreaktiv yelimlar (fenol-formaldegid, karbamid, epoksid yoki boshqa yelimlar) issiq holda va sovuqlayin qotadigan xillarga bo‘linadi. Sovuqlayin qotadigan yelimlar xona haroratida qotadi. Ularga qotirgich bevosita ishlatish oldidan qo‘shiladi. Qaynoq holda yelimlaganida, odatda, ancha mustahkam birikma hosil bo‘ladi, yopishish jarayoni tezlashadi, Yelimlar asosiy xillarining tavsifi va ular yordamida hosil qilinadi-gan birikmalarning xossalari 12. 1- jadvalda keltirilgan.


297
Fenolformaldegid smolalar asosidagi yelimlar. Fenolformal-degid smolalar asosida olinadigan ВФ tipidagi yelimlar ancha keng tarqalgan. Yelimlab biriktirish ishlari 140–200°C haroratda ba-jariladi. Bunda biriktiriladigan yuzalar 0,1–2 MPa (1–200 kgk/sm2) bosim ostida 0,5–1,0 soat tutib turiladi. Ular metallarni o‘zaro va plastmassalar bilan biriktirishda ishlatiladi. БФ–6 yelimida plasti-fikatorlar ko‘p bo‘lganligi uchun ulardan gazlamalarni, terini o‘za-ro, shuningdek, metallarga yopishtirishda foydalaniladi. БФ tipida-gi yelimlarning qovushoqligi 30–60 s oralig‘ida bo‘ladi. Yelimning qurishidan keyin qoladigan quruq qoldiq yelimning massasiga nis-batan 10–20 foizni tashkil etadi. Ish harorati minus 60°C dan 60°C gacha. Hosil qilingan birikmaning siljishga bo‘lgan mustahkamligi 12–15 MPa ga yetadi. Bu smolalar asosida yana-da issiqqa chid-amliroq (ish harorati minus 60°C dan 300°C gacha) ВС yelimlari ishlab chiqariladi. Ta’mirlash ishlarida ulardan tormozlarning frik-sion kolodkalari va tishlashish disklarining ustqo‘ymalarini yelim-lab biriktirishda foydalaniladi (140–180°C gacha qizdirilganida qotadi). ВС yelimlarining qovushoqligi 50–120 s, quruq qoldiq ulushi 20– 30 foiz va siljishga bo‘lgan mustahkamligi 17 MPa ni tashkil etadi. БФ va БС yelimlari tayyor holda yetkazib beriladi. Yopiq idishda keltirilqan bunday yelimlarni xona haroratida 6–8 oy saqlash mumkin.


Keyingi yillarda tormoz ustqo‘ymalarini po‘lat ko‘lodkalar-ga yopishtirish uchun ГИПК 11–10 (ish harorati minus 40 dan 330°C), antifriksion gazlamalarni metallarga yopishtirish uchun ГИПК 11–12 (ish harorati minus 70 dan 280 °C gacha) tipidagi fenolformaldegid smola asosidagi yelimlar ishlab chiqarilmoqda.


So‘nggi yillarda fenolformaldegid smolalar asosidagi yelimlarni epoksidli va poliuretanli yelimlar siqib chiqarmoqda.





Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish