39
n
Т
V
R
L
R
=
)
(
;
(6.3)
bu yerda: n – agregatlar soni.
Xuddi shunga o‘xshab agregat, tizim, uzellarning buzilmasdan ishlash
ehtimolligi aniqlanadi.
)
(
)
(
...
)
(
)
(
)
(
)
(
1
3
2
1
L
R
L
R
L
R
L
R
L
R
L
R
j
m
j
j
ag
П
=
=
×
×
×
×
=
;
(6.4)
bu yerda:
R
1
(L), R
2
(L), R
3
(L).... R
j
(L)
– agregat detallarining buzilmasdan
ishlash ehtimolligi;
m
– agregatdagi detallar soni.
Transport vositasining buzilmasdan ishlash ehtimolligi agregatlar detallarining
buzilmasdan ishlash ehtimolligini hisobga olgan holda quyidagicha topiladi:
)
(
)
(
1
1
L
R
L
R
ij
m
j
n
i
Т
V
П
П
=
=
×
=
(6.5)
Transport vositasi elementlarining bir xil ishonchlilik
tamoyillarini amalda
qo‘llash yoki agregat va detallarni ta’mirlash jarayonida almashtirishlarning xizmat
muddati bo‘yicha karrali bo‘lishiga erishish maqsadga muvofiq.
Birxillashtirish (unifikasiya) darajasi.
Transport vositasi ishonchliligi
unifikatsiyalangan va standartlashtirilgan uzel va detallarni qo‘llash bilan ham
oshirilishi mumkin, chunki ular tipik ish sharoitlarida sinovlardan yaxshi o‘tib,
o‘zining yuqori ishonchliligini ko‘rsatgan bo‘ladi. Masalan, ular sirasiga
podshipniklar, salniklar,
elektr jihozlari detallari, normallar va bir qancha
standartlashtirilgan detallarni kiritish mumkin. Birxillashtirilgan detallarning
qo‘llanishi pirovard natijada texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash jarayonlari uchun
ketadigan sarf-xarajatlar hamda talab etiladigan ehtiyot qismlar va mahkamlanadigan
detallar ro‘yxatini kamaytiradi.
6.2 Ekspluatatsion omillar
Ishlash sharoitlari.
Buyumning ishonchliligiga ta’sir
etuvchi ekspluatatsion
omillar guruhiga yo‘l, iqlim va transport sharoitlari, foydalanish jadalligi,
haydovchining malakasi va boshqalar kiradi.
Yo‘l sharoitlari.
Yo‘l sharoitlari agregat va detallarning ishiga ta’sir etadi,
bunda texnik holat parametrlarining o‘zgarish jadalligi tezlanishi yoki sekinlanishi
mumkin. Ular transport vositasining ish tartibotini belgilaydi,
bu esa ishonchlilikka
ta’sir etadi. Yo‘l sharoitlari yo‘lning texnik toifasi, yo‘l qoplamasining turi va sifati,
transport vositasi harakatiga ko‘rsatadigan qarshiligi, yo‘lning eni, burilishlarning
radiuslari, ko‘tarilishi va nishabligi bilan belgilanadi.
Shu sababli “Nizom”da transport vositalari
ishlash sharoiti toifasini K
1
tuzatish
koeffitsienti orqali e’tiborga olinadi.
Iqlim-sharoitlari
havoning harorati, namligi, shamol yuklamasi, quyosh
radiatsiyasi darajasi va h.k. lar bilan xarakterlanadi.
Bu sharoitlar agregatlarning
issiqlik va boshqa ish tartibotlariga, demak, ularning texnik holati va ishonchliligiga
ta’sir etadi. Past va yuqori haroratlarning ta’siri ostida konstruksion po‘latlar, metall
qotishmalar,
plastmassalar, rezina va boshqa materiallarning fizik-mexanik xossalari
o‘zgaradi. Moy, yonilg‘i, tormoz va amortizator suyuqliklari, elektrolit va
boshqalarning fizik-kimyoviy doimiyliklari (konstantalari) iqlim sharoitlari ta’sirida
40
o‘zgaradi. Shu sababli “Nizom”da transport vositalariga iqlim sharoitlarining ta’sirini
e’tiborga
olish uchun K
3
tuzatish koeffitsienti keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: