Avtomobil transporti muxandisligi



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/111
Sana01.07.2022
Hajmi1,67 Mb.
#723046
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   111
Bog'liq
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо (1)

Transport sharoitlari
harakat tezligi, yuk bilan yurish masofasi, yo‘ldan
foydalanish koeffitsienti, yuk ko‘tarish qobiliyatidan foydalanish koeffitsienti,
tirkamalardan foydalanish koeffitsienti, tashilayotgan yukning turi va boshqalar bilan
baholanadi. Transport sharoitini e’tiborga olish uchun “Nizom”da K
2
koeffitsienti
keltirilgan.
Transport vositasidan foydalanish jadalligi
avtotransport korxonalari turi va
ishlab chiqarish vazifalari, yo‘l va iqlim sharoitlari, o‘rtacha va maksimal harakat
tezligi, dvigatel quvvatidan foydalanish darajasi, transport vositasining bir kunlik,
mavsumiy va yil davomida yurgan yo‘liga bog‘liq.
Haydovchining malakasi.
Transport vositasini haydash tushunchasi uni
harakatdagi boshqarish jarayoni (ko‘cha qoidalariga rioya qilish, harakatning
ratsional tartibotlarini tanlash va h. k) hamda yo‘l sharoitida vujudga kelgan
nosozliklarni bartaraf etish va texnik xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi. Kuch
uzatmalari va yurish qismi detallariga tushadigan dinamik yuklamalar hamda
dvigatelning issiqlik tartiboti transport vositasini haydash sifatiga bog‘liq. Bir
toifadagi transport vositalarining bir avtokorxonada, bir xil ekspluatatsiya tartibotlari,
texnik xizmat ko‘rsatish, saqlash sharoitlarida har xil ta’mirlararo yo‘l yurganligi va
ularning bir-biridan 1.5–2.0 marta farq qilishlari aniqlangan. Demak, bunda asosiy
omil-haydovchining malakasidir.
6.3 
Т
exnologik omillar
Buyumning ishonchliligiga ta’sir etuvchi texnologik omillar guruhiga
quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish sanoati texnologiyasi; texnik xizmat ko‘rsatish va
joriy ta’mirlash, ekspluatatsion materiallar va ehtiyot qismlar sifati va h.k.
Ishlab chiqarish sanoatining texnologik
omillaridan ayrimlarini ko‘rib
chiqamiz:
1. Mahkamlov birikmalarining ekspluatatsion yuklamalar ta’siri sharoitlarida
o‘z ishonchliligini uzoq vaqt davomida saqlab qolish qobiliyati detallarni yuqori
sifatli po‘latlardan tayyorlash, ularga ishlov berish, aniqligini oshirish, har xil
mahkamlab qo‘yadigan moslamalarni (stopor shaybasi, fiksatorlar, va h. k.) qo‘llash
orqali erishiladi. Ayrim detallar legirlangan po‘latlardan tayyorlanib, ularga termik
ishlov beriladi (masalan, kardan vali flanetslari, orqa ko‘prik reduktori yetakchi tishli
g‘ildiragining boltlari va h.k.).
2. Mashinasozlik korxonalarida texnik nazoratning yaxshi yo‘lga qo‘yilishi
yig‘uv konveyeriga sifatsiz detallarning kelishiga chek qo‘yadi.
3. Detallarning yeyilishga qarshiligi ularga qanday ishlov berishga,
ishqalanayotgan sirtlarning kam yeyilishi esa ularning g‘adir-budurligiga bog‘liq.
4. Moslashuv davrida sirtlarning chiniqish qobiliyati dastlabki yeyilish
sur’atiga ta’sir etadi. Shu maqsadda ishqalanayotgan sirtlar qalay, qo‘rg‘oshin, mis,
temir zarrachalari bilan qoplanadi.
5. Mashinasozlik sanoatida tirsakli vallar bo‘yinlari yuqori chastotali toklar
bilan chiniqtiriladi. Bunday chiniqtiruv shatun va o‘zak bo‘yinlari xizmat
muddatlarini 3–5 marta uzaytiradi va h.k.


41

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish