Fanning mazmuni
Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarga taʻlimda raqamli texnologatalarni nazariy asoslarini, asosiy tushunchalarini, dasturlarini va electron taʻlim tamoyillarini oʻrgatish hamda ularni amalda tatbiq etish koʻnikmasini hosil qilish.
Fanning vazifasi - talabalarni nazariy bilimlar xamda taʻlim faoliyati bilan parallel ravishda qoʻshimcha bilim olish imkoniyatidan foydalanishga oʻrgatish, xorijda va respublikamizda yaratilgan internet tarmoq taʻlim texnologiyalari imkoniyatlari bilan tanishtirish, Oʻzbekiston Respublikasida taʻlimda raqamli texnologiyalaridan foydalanishning ustuvor vazifalarini belgilash va oliy taʻlimni rivojlantirish konsepsiyasidan xabardor qilish va uni amalga tadbiq qilishga oʻrgatish.
Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu: Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʻlim tizimini 2030 yilgacha rviojlantirish konsepsiyasi. Konsepsiyadan kelib chiqadigan vazifalar va masalalar.
Oliy ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan konsepsiya muhokamasi. Konsepsiyadan kelib chiqadigan vazifalar va masalalarni o’rganish.
2- mavzu. Oliy taʻlim axborot muhitining zamonaviy rivojlanish tendensiyalari.
Oliy ta’lim o‘quv jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning roli. Zamonaviy ta’limni olib borishda axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim sohasiga kirib kelishi ta’lim usullari va o‘qitish jarayonini yangicha yondashuv asosida tashkil etish shakllari.
3- mavzu. Taʻlim texnologiyalari tushunchasi. Taʻlim texnologiyalari klassifikasiyasi.
Ta’lim texnologiyasi tushunchasi, mohiyati va o’quv jarayonidagi o’rni va roli. Ta’lim texnologiyalari klassifikasiyasi.
4- mavzu. Innovatsion taʻlim texnologiyalari (IT): taʻrifi, mohiyati, paydo boʻlishi va rivojlanish tarixi.
Innovatsion taʻlim texnologiyalari tushunchasi, mohiyati. Innovatsion taʻlim texnologiyalari turlari. O’quv jarayinida qo’llash samaradorligi.
5- mavzu. Raqamli taʻlim texnologiyalari: xorijiy mamlakatlar tajribasi. (Janubiy Koreya, Rossiya, Germaniya, Qozogʻiston).
TRTdan oliy ta’lim tizimida qo’llash afzalliklari va kamchiliklari. TRT xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimida qo’llash tajribasi.
6- mavzu. Mobil taʻlim (ISpring, 3D book). Mobil oʻqitish: M-learning. Mobil telefon. Mobil oʻqitish vositalari. Mobil oʻqitishni elektron taʻlim bilan bogʻliqligi. Mobil oʻqitishda foydalaniladigan texnik vositalar.
Mobil taʻlim tushunchasi, mohiyati. Mobil ta’limda ISpring va 3D book mualliflik dasturlaridan foydalanish. Mobil telefon. Mobil oʻqitish vositalari. Mobil oʻqitishni elektron taʻlim bilan bogʻliqligi. Mobil oʻqitishda foydalaniladigan texnik vositalar.
7- mavzu. Oliy taʻlim muassasalarida ijtimoiy media tarmoqlaridan foydalanish. (Facebook, Twitter, mobil chatlar va h.k.).
Ijtimoiy media tarmoqlari tushunchasi. Ijtimoiy media tarmoqlari tahlili. Afzallik va kamchiliklari.
8- mavzu. Smart kitob tushunchasi. OTM oʻquv jarayonida Smart kitoblardan foydalanish asoslari.
Smart kitob tushunchasi.Ta’lim jarayonida Smart kitobdan foydalanish.
9- mavzu. Ommaviy ochiq onlayn kurslar (Massive online open kourse - MOOK)).
Ommaviy ochiq online kurslar tushunchasi. OOOK klassifikasiyasi. Mustaqil ta’limni tashkil etishda OOOK kurslaridan foydalanish.
10- mavzu. Yagona taʻlim axborot muhiti (YTAM): umumiy maʻlumotlar va loyihalashga yondashuvlar. Yagona taʻlim axborot muhitini yaratish va rivojlantirish tamoyillari.
Yagona taʻlim axborot muhiti tushunchasi. YTAMni loyihalashga yondashuvlar. YTAMni yaratish va rivojlantirish tamoyillari.
11- mavzu. Raqamli taʻlim resurslari (RTR): taʻrifi, didaktik tamoyillari, yaratish usullari.
Raqamli taʻlim texnologiyalari tushunchasi tahlili. RTR didaktik tamoyillari. RTR ni yaratish va foydalanish usullari.
12- mavzu. Raqamli taʻlim resurslarini qoʻllashning psixologik xususiyatlari.
Raqamli taʻlim resurslarning psixologik xususiyatlari tafsifi.
13- mavzu. RTR klassifikatsiyasi va tipologiyasi. RTRda didaktik vositalar klassifikatsiyasi.
Raqamli taʻlim resurslarida didaktik vositalar klassifikasiyasi. Multimedia manbalarini yaratish uchun dasturiy vositalar.
14- mavzu. Raqamli taʻlim resurslarini dasturiy taʻminotlarning ahamiyati. RTR ishlab chiqishning instrumental vositalari. Raqamli kontent tushunchasi. Raqamli kontentni yaratish.
Raqamli taʻlim resurslarini dasturiy taʻminotlarning ahamiyatini o’rganish. RTR ishlab chiqishning instrumental vositalari tahlili. Raqamli kontent tushunchasi. Raqamli kontentni yaratish.
15- mavzu. Raqamli taʻlim resurslarini loyihalash (RTR).
Raqamli taʻlim resurslarini loyihalashni o’qitish metodikasi.
16- mavzu. Oʻqitishni namoyish qiluvchi vositalari.
Namoyish qiluvchi dasturlar tahlili.
17- mavzu. Audiovizual vositalar: videofonlar, ovozli filmli proyektorlar.
Audiovizual vositalar tahlili. Qo’llash prinsiplari. Turkumlari.
18- mavzu. Ovozni yozish, kuchaytirish va qayta tiklash qurilmalari.
Ovozni yozish, kuchaytirish va qayta tiklash qurilmalari klassifikasiyasi va qo’llanilishi.
19- mavzu. Interaktiv doska interfeysi, turlari va qurilmalari. Smart-Notebook ning funksional imkoniyatlari.
Interaktiv doska imkoniyatlari. Interfeysi. Turlari. ID dan foydalanish yo’riqnomasi. Smart-Notebook ning funksional imkoniyatlari.
20- mavzu. Ipad planshetlarning turlari va xususiyatlari.
Ipad planshetlarning turlari va xususiyatlari. Interfeysi bilan tanishish.
21- mavzu. eReader turlari va xususiyatlari.
eReader turlari va xususiyatlari.
22- mavzu. Oʻqitishni vizual vositalari.
Oʻqitishni vizual vositalari klassifikasiyasi va qo’llanilishi.
23- mavzu. Oʻqitishni audiovizual vositalari.
Oʻqitishni audiovizual vositalari klassifikasiyasi va qo’llanilishi.
24- mavzu. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va uning servislaridan taʻlimda foydalanish.
Ta’limda tarmoq kommunikasiyalari va servislari.
25- mavzu. Zamonaviy taʻlim muhitida anʻanaviy va “raqamli” pedagogika.
Anʻanaviy va “raqamli” pedagogika tushunchasi. Tahlili.
26- mavzu. Taʻlim texnologiyalari. Taʻlim jarayonida bulut texnologiyalari foydalanish. Elektron taʻlim resurslarini (ETR) ishlab chiqishda bulut servislaridan foydalanish.
Taʻlim texnologiyalari tushunchasi. Bulut texnologiyalaridan ta’limda foydalanish afzalliklari. Elektron taʻlim resurslarini (ETR) ishlab chiqishda bulut servislaridan foydalanish bosqichlari.
27- mavzu. Adobe Prezenterda koʻrgazmali vositalar va oʻquv metodik materiallarni tayyorlash usullari. Tarqatma materiallarni tayyorlash.
Adobe Prezenter dasturi interfeysi bilan tanishish. Adobe Prezenter dasturida vositalar va oʻquv metodik materiallarni tayyorlash usullari. Tarqatma materiallarni tayyorlash bosqichlari.
28- mavzu. Multimediyali taqdimotlarning taʻlimdagi oʻrni va roli. LMS tizimida online testlar yaratish metodologiyasi.
Multimediyali taqdimotlar tushunchasi. Multimediyali taqdimotlarning taʻlimdagi oʻrni va roli. Online testlarni yaratishga qo’yiladigan talablar. LMS tizimida online testlar yaratish metodologiyasi.
29- mavzu. Powtoon va Prezida koʻrgazmali vositalar va oʻquv metodik materiallarni tayyorlash usullari. Tanlangan taʻlim sohasi fanlari boʻyicha turli metodik ishlanmalar tayyorlash.
Powtoon va Prezi dasturi interfeysi bilan tanishish. Powtoon va Prezi dasturida koʻrgazmali vositalar va oʻquv metodik materiallarni tayyorlash usullari. Tanlangan taʻlim sohasi fanlari boʻyicha turli metodik ishlanmalar tayyorlash bosqichlari.
30- mavzu. Web-sayt yaratish (pedagog portfoliosi). Taxminiy tarkibiy tuzilishi: «Glavnaya» sahifasiga maʻlumot. Taʻlimiy sayt mavzusi haqida axborot. Qisqa annotatsiyasi.
Pedagog portfoliosini yaratish qo’yiladigan talablar va uni yaratish bosqichlari. Pedagog portfoliosi tuzilmasini yaratish. Taʻlimiy sayt mavzusi haqida axborotlarni tahlil qilish va annotasiya yozish uslubi.
|