330
331
XII BOB.
SINTETIK YELIMLAR, QOPLOVCHI,
QISTIRMA, ELEKTROIZOLATSION VA
YOG‘OCH MATERIALLAR
12.1.
Sintetik yelimlar
Yelimli birikmalardan foydalaniladigan
sohalar muntazam
ke ngayib bormoqda. Bunga sabab shuki, ular payvand va boshqa
birikmalarga nisbatan qator afzalliklarga ega. Chunonchi,
ular bilan turli xil materiallarni biriktirish mumkin, bunda
buyum konstruksiyasining massasi kamayadi. Bundan tashqari,
yelimlarni biriktirish texnologiyasi juda oddiy. Sanoatda ishlab
chiqariladigan yelimlar bilan materiallar, qotishmalar, shisha-
keramika, plastmassa, yog‘och va boshqa ko‘pgina materiallarni
biriktirish mumkin. Yelimli birikmalardan foydalanilganida
mablag‘ va mehnat sarfi ancha kamayadi,
konstruksiyaning
korroziyaga chidamliligi ortadi, birikmalardagi zo‘riqish
kamayadi.
Avtomobilsozlikda yelimlardan dastlab shovqinni izo-
latsiyalovchi va salonning bezash materiallarini yopishtirishdagina
foydalanilgan. Bunda, asosan, tabiiy kauchuk va bitum
asosidagi yelim va germetiklardan foydalanilgan. XX asrning
60- yillarida esa tormoz kolodkalarini yopishtirishda fenolli
yelimlardan foydalanila boshlandi.
Zamonaviy avtomobillar
ishlab chiqarila boshlanishi natijasida avtomobilsozlikda yelim
va germetiklardan foydalanish sezilarli darajada ortdi.
Yelimlar yordamida biriktirish quyidagi afzalliklarga ega:
– xususiyatlari, elastiklik moduli va qalinligi har xil bo‘lgan
turli materiallardan tayyorlangan buyumlarni biriktirish
mumkin;
– juda yupqa listlarni ham biriktirish mumkin (yupqa listlarni
boshqa usullarda biriktirilganida yuklanish konsentratsiyasining
yuqoriligi tufayli detal ishdan chiqishi mumkin);
– boshqa usullar asosida tayyorlash mumkin bo‘lmagan
murakkab shaklli buyumlarni tayyorlash mumkin;
– konstruksiyani kam xarajat qilgan holda va tezlik bilan
yig‘ish imkoniyati mavjudligi, shuning bilan bir paytda,
konstruksiyaning bir necha elementlarini
biriktirish mumkin;
– yelim asosida hosil qilingan birikmalarning mustahkamligi
bir qator hollarda boshqa usullarda hosil qilingan birikmalarning
mustahkamligidan yuqori, tannarxi esa past bo‘ladi;
– yuklanish yelimli birikmalarda yuza bo‘yicha teng taq-
sim lanadi, yuklanish konsentratsiyasi minimal bo‘ladi;
– boltli va parchin mixli birikmalar o‘rniga yelimli
birikmalardan foydalanish konstruksiya massasini kamaytiradi.
Yelim qotganida biriktiriladigan sirtlarga yaxshi yopishadigan
parda hosil qiluvchi moddadir. Yelim kompozitsiyasi tarkibiga
asosiy yelimlovchi komponentdan tashqari qotirgichlar, qotishni
tezlatgichlar, plastifikatorlar, to‘ldirgichlar, erituvchilar
(ishlatish oson bo‘lishi uchun) kiradi. Yelim, odatda, yuqori
haroratda qotirgichlar ta’sirida qattiq holatga o‘tadi.
Yelimli birikmalarning
ish harorati uncha yuqori emas,
kamdan kam holda 350°C dan ortadi. Bu ularning asosiy
kamchiligidir. Lekin 500°C va undan yuqori haroratda ham
ishlay oladigan yelim-sementlar yaratilgan. Yelim tarkibidagi
erituvchilar yelim qotganida bug‘lanadi. Buning natijasida
yelim kirishib, birikmalarning mustahkamligi pasayadi.
Shuning uchun bug‘lanmaydigan, balki parda bilan reaksiyaga
kirishadigan erituvchi qo‘shilgan
yelimning xossalari yaxshi
bo‘ldi. To‘ldirgichlar (kvars changi, chinni changi, metall
oksidlar) ham yelimning kirishishini kamaytiradi va, ayni
vaqtda, pardaning mustahkamligini, issiqlik o‘tkazuvchanligini
oshiradi. Yangi polimer materiallardan foydalanilganida
yelimli birikmalarga xos kamchiliklar bo‘lmaydi hamda ular
ishlatiladigan sohalar ko‘payadi.
332
333
Parda hosil qiluvchi asosiy modda turiga ko‘ra
barcha
yelimlar tabiiy va sintetik yelimlarga bo‘linadi. Tabiiy
yelimlarga hayvonot yelimlari (kazein, albumin, glyutin
yelimlari) va o‘simlik yelimlari (kraxmal, dekstrin, tabiiy
kauchuk, guttapercha asosida tayyorlangan yelimlar) kiradi.
Ular texnikada kam ishlatiladi.
Sanoat miqyosida ishlatiladigan yelimlar termoplastik yoki
termoreaktiv sintetik smolalardan olinadi. Termoplastik yelimlar
etilen, propilen, metilmetakrilat
va hokazolar polimerlari
asosida tayyorlanadi. Ular asosan kam yuklanish tushadigan
birikmalarda ishlatiladi. Kengroq tarqalgan termoreaktiv
yelimlar (fenolformaldegid, karbamid, epoksid yoki boshqa
yelimlar) issiq holda va sovuqlayin qotadigan xillarga bo‘linadi.
Sovuqlayin qotadigan yelimlar xona haroratida qotadi. Ularga
qotirgich bevosita ishlatish oldidan qo‘shiladi. Qaynoq holda
yelimlaganida, odatda, ancha mustahkam birikma hosil bo‘ladi,
yopishish jarayoni tezlashadi, Yelimlar asosiy xillarining tavsifi
va ular yordamida hosil qilinadigan
birikmalarning xossalari
12. 1- jadvalda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: