Avtomobil indd



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

Nazorat savollari:
1. Lok-bo‘yoq materiallarining avtomobilsozlikdagi ahamiyati ni-
ma lardan iborat?
2. Lok-bo‘yoq materiallariga qanday talablar qo‘yiladi?
3. Lok-bo‘yoq surtishdan oldin sirtlar qanday tayyorlanadi?
4. Sirtlarni gruntovkalash va shpaklovkalashda qanday materiallardan 
toydalaniladi?
5. Lok-bo‘yoq materiallari qanday markalanadi?
6. Moyli bo‘yoqlar qanday bo‘yoqlar hisoblanadi? 
7. Nitroemallar nima? 
8. Alkidli smolalar asosidagi lok-bo‘yoq materiallari haqida 
ma’lumot bering. 
9. Parda hosil qiluvchilarning aralashmalari asosidagi lok-bo‘yoq 
materiallari haqida aytib bering. 
10. Bo‘yoqning berkituvchanligi haqida gapirib bering. 
11. Lok-bo‘yoq materiallarining qovushoqligi haqida aytib bering. 
12. Lok-bo‘yoq qoplamlarining mustahkamligi nimalar bilan 
belgilanadi?
13. Lok-bo‘yoq materiallarini ishlatishda qanday xavfsizlik choralari 
qo‘llaniladi? 


330
331
XII BOB.
SINTETIK YELIMLAR, QOPLOVCHI,
QISTIRMA, ELEKTROIZOLATSION VA
YOG‘OCH MATERIALLAR
12.1.
 Sintetik yelimlar
Yelimli birikmalardan foydalaniladigan sohalar muntazam 
ke ngayib bormoqda. Bunga sabab shuki, ular payvand va boshqa 
birikmalarga nisbatan qator afzalliklarga ega. Chunonchi, 
ular bilan turli xil materiallarni biriktirish mumkin, bunda 
buyum konstruksiyasining massasi kamayadi. Bundan tashqari, 
yelimlarni biriktirish texnologiyasi juda oddiy. Sanoatda ishlab 
chiqariladigan yelimlar bilan materiallar, qotishmalar, shisha-
keramika, plastmassa, yog‘och va boshqa ko‘pgina materiallarni 
biriktirish mumkin. Yelimli birikmalardan foydalanilganida 
mablag‘ va mehnat sarfi ancha kamayadi, konstruksiyaning 
korroziyaga chidamliligi ortadi, birikmalardagi zo‘riqish 
kamayadi. 
Avtomobilsozlikda yelimlardan dastlab shovqinni izo-
latsiyalovchi va salonning bezash materiallarini yopishtirishdagina 
foydalanilgan. Bunda, asosan, tabiiy kauchuk va bitum 
asosidagi yelim va germetiklardan foydalanilgan. XX asrning 
60- yillarida esa tormoz kolodkalarini yopishtirishda fenolli 
yelimlardan foydalanila boshlandi. Zamonaviy avtomobillar 
ishlab chiqarila boshlanishi natijasida avtomobilsozlikda yelim 
va germetiklardan foydalanish sezilarli darajada ortdi.
Yelimlar yordamida biriktirish quyidagi afzalliklarga ega:
– xususiyatlari, elastiklik moduli va qalinligi har xil bo‘lgan
turli materiallardan tayyorlangan buyumlarni biriktirish 
mumkin;
– juda yupqa listlarni ham biriktirish mumkin (yupqa listlarni
boshqa usullarda biriktirilganida yuklanish konsentratsiyasining
yuqoriligi tufayli detal ishdan chiqishi mumkin);
– boshqa usullar asosida tayyorlash mumkin bo‘lmagan 
murakkab shaklli buyumlarni tayyorlash mumkin;
– konstruksiyani kam xarajat qilgan holda va tezlik bilan 
yig‘ish imkoniyati mavjudligi, shuning bilan bir paytda, 
konstruksiyaning bir necha elementlarini biriktirish mumkin;
– yelim asosida hosil qilingan birikmalarning mustahkamligi 
bir qator hollarda boshqa usullarda hosil qilingan birikmalarning 
mustahkamligidan yuqori, tannarxi esa past bo‘ladi;
– yuklanish yelimli birikmalarda yuza bo‘yicha teng taq-
sim lanadi, yuklanish konsentratsiyasi minimal bo‘ladi;
– boltli va parchin mixli birikmalar o‘rniga yelimli 
birikmalardan foydalanish konstruksiya massasini kamaytiradi. 
Yelim qotganida biriktiriladigan sirtlarga yaxshi yopishadigan 
parda hosil qiluvchi moddadir. Yelim kompozitsiyasi tarkibiga 
asosiy yelimlovchi komponentdan tashqari qotirgichlar, qotishni 
tezlatgichlar, plastifikatorlar, to‘ldirgichlar, erituvchilar 
(ishlatish oson bo‘lishi uchun) kiradi. Yelim, odatda, yuqori 
haroratda qotirgichlar ta’sirida qattiq holatga o‘tadi. 
Yelimli birikmalarning ish harorati uncha yuqori emas, 
kamdan kam holda 350°C dan ortadi. Bu ularning asosiy 
kamchiligidir. Lekin 500°C va undan yuqori haroratda ham 
ishlay oladigan yelim-sementlar yaratilgan. Yelim tarkibidagi 
erituvchilar yelim qotganida bug‘lanadi. Buning natijasida 
yelim kirishib, birikmalarning mustahkamligi pasayadi. 
Shuning uchun bug‘lanmaydigan, balki parda bilan reaksiyaga 
kirishadigan erituvchi qo‘shilgan yelimning xossalari yaxshi 
bo‘ldi. To‘ldirgichlar (kvars changi, chinni changi, metall 
oksidlar) ham yelimning kirishishini kamaytiradi va, ayni 
vaqtda, pardaning mustahkamligini, issiqlik o‘tkazuvchanligini 
oshiradi. Yangi polimer materiallardan foydalanilganida 
yelimli birikmalarga xos kamchiliklar bo‘lmaydi hamda ular 
ishlatiladigan sohalar ko‘payadi. 


332
333
Parda hosil qiluvchi asosiy modda turiga ko‘ra barcha 
yelimlar tabiiy va sintetik yelimlarga bo‘linadi. Tabiiy 
yelimlarga hayvonot yelimlari (kazein, albumin, glyutin 
yelimlari) va o‘simlik yelimlari (kraxmal, dekstrin, tabiiy 
kauchuk, guttapercha asosida tayyorlangan yelimlar) kiradi. 
Ular texnikada kam ishlatiladi. 
Sanoat miqyosida ishlatiladigan yelimlar termoplastik yoki 
termoreaktiv sintetik smolalardan olinadi. Termoplastik yelimlar 
etilen, propilen, metilmetakrilat va hokazolar polimerlari 
asosida tayyorlanadi. Ular asosan kam yuklanish tushadigan 
birikmalarda ishlatiladi. Kengroq tarqalgan termoreaktiv 
yelimlar (fenolformaldegid, karbamid, epoksid yoki boshqa 
yelimlar) issiq holda va sovuqlayin qotadigan xillarga bo‘linadi. 
Sovuqlayin qotadigan yelimlar xona haroratida qotadi. Ularga 
qotirgich bevosita ishlatish oldidan qo‘shiladi. Qaynoq holda 
yelimlaganida, odatda, ancha mustahkam birikma hosil bo‘ladi, 
yopishish jarayoni tezlashadi, Yelimlar asosiy xillarining tavsifi 
va ular yordamida hosil qilinadigan birikmalarning xossalari 
12. 1- jadvalda keltirilgan. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish