mexanik turg‘unlik
deb ataladi. Mexanik
turg‘unlik xususiyati haqida batafsil to‘xtalamiz.
Surkov moylarining ishlatilish imkoniyatining pasayishi
va korrozion aktivligining ortishi kimyoviy ta’sirlar (birinchi
navbatda, quyultirgich va moyning havo kislorodi ta’sirida
oksidlanishi) natijasida amalga oshadi. Shuning uchun yuqori
haroratlarda (100 °C dan yuqori) va agressiv muhitlarda
ishlatish uchun zarur kimyoviy turg‘unlikka ega bo‘lgan moylar
tanlanadi.
Surkov moylarining suv ta’siriga turg‘unligi.
Bu ko‘rsatkich
surkov moyining suvda erishiga qarshilik ko‘rsatish xususiyatini
tavsiflaydi. Suvda erimaydigan litiyli (masalan, Ëèòîë–24)
va kalsiyli sovunlar (solidollarning barcha markalari) bilan
quyuq lashtirilgan antifriksion surkov moylari nam ta’siriga
chidamlidir. Uglevodorodli quyuqlashtirgichlar asosida tay-
yorlangan himoya surkov moylari suvda mutlaqo erimaydi.
Kalsiy-natriyli sovunlar asosida tayyorlangan antifriksion surkov
moylari, masalan, ßÌÇ–2 moyi, namga chidamsizligi bilan
ajralib turadi. Bu moylarni namdan ishonchli himoyalangan
(g‘ildirak gupchaklari, ventilator tasmalarini taranglash roliklari
va hokazo) ishqalanuvchi tarmoqlarni moylashda ishlatish
mumkin.
Surkov moylari tarkibidagi erkin ishqorlar va organik
kislotalar, mexanik aralashmalar miqdori.
Surkov moylarining
korrozion aktivligini belgilovchi erkin ishqorlar moy tarkibida,
massasi bo‘yicha 0,1–0,2 foizdan oshmasligi kerak. Detallarning
abraziv yeyilishiga sabab bo‘luvchi erkin organik kislotalar va
mexanik aralashmalar moy tarkibida bo‘lmasligi lozim.
6.5.
Plastik surkov moylarining markalanishi va ishlatilishi
Plastik surkov moylarining markasi ishqalanuvchi tar-
moqning konstruksiyasi (ochiq yoki yopiqligi), bir-biriga
ishqalanuvchi sirtlarning ish harorati, ularni yuklanish
darajasiga, shuningdek, avtomobildan foydalanishdagi iqlim
sharoitlariga qarab tanlanadi.
Ishlab chiqarilishi va avtomobil xo‘jaligida ishlatilishi
bo‘yicha umumiy maqsadlarda ishlatiladigan kalsiyli surkov
184
185
moylaridan keng foydalaniladi. Ulardan eng asosiylari
quyidagilardir: solidol – Ñ (sintetik); press-solidol – C;
solidol – Æ (yog‘li); press-solidol – Æ va grafitli – ÓÑñ–À.
Bu moylar neft moylari va kalsiyli sovun asosida tayyorlanadi.
Bunda yog‘li solidollarni tayyorlashda quyultirgich sifatida
tabiiy moylardan olingan sovundan, qolgan solidollarni olishda
sintetik yog‘lardan foydalaniladi.
Kalsiyli surkov moylarining, shu jumladan, solidollarning
o‘ziga xos xususiyati ularning tarkibida suvda erimaydigan
quyultirgich (kalsiyli sovun)ning mavjudligidir. Bu moylar suv
ta’siriga barqaror. Shuning uchun bu moylarni ish jarayonida
suv kirishi mumkin bo‘lgan tarmoqlarda ishlatish mumkin
Ñ solidollarni ishlatish mumkin bo‘lgan eng yuqori harorat
+65°C, Ñ press-solidollar uchun esa +50°C. Eng past harorat
esa mos ravishda minus 20°C va minus 30°C.
Yog‘li solidollar muayyan xususiyatlari bo‘yicha kalsiyli
sintetik moylardan birmuncha afzalroq, ammo bu ikki turdagi
moylarni avtomobillarda o‘zaro almashinuvchi moylar sifatida
ishlatish mumkin. Shuning uchun avtotransport korxonalarida
yog‘li solidollar va yog‘li press-solidollardan foydalanilganida
solidol va press-solidollarga tegishli tavsiyalarga amal qilish
lozim. Barcha turdagi solidollar, asosan, ochiq ishqalanuvchi
tarmoqlarni moylash uchun ishlatiladi.
Grafitli surkov moyi ÓÑñ–À tarkibida 10 foiz miqdorida
maydalangan grafit qo‘shilgan solidoldir. Bu moylarni tarkibiga
aktivator qo‘shilganligi tufayli ularning markasi belgisiga
A
harfi kiritilgan. ÓÑñ–À moyidagi grafit himoya vositasi
hisoblanadi. Mexanizmlar katta yuklanish ostida va zarb
ta’sirida ishlaganida, moy detallar orasidagi tirqish orqali sizib
chiqqanida grafit detal yuzalarida yupqa parda hosil bo‘lishini
ta’minlaydi. ÓÑñ–À avtomobil ressorlarini, turli xil troslarni,
vintli uzatmalarni (masalan, domkratlarni), ochiq shesternyalar
va sirpanish tezligi katta bo‘lmagan katta yuklanish ostida
ishlaydigan mexanizmlarni moylashda foydalaniladi. Ularni
minus 20°C dan 80°C gacha haroratlarda ishlatish mumkin.
Yuqori haroratlarda ham ishlatish mumkin bo‘lgan, umumiy
maqsadlarda ishlatiladigan moylar jumlasiga natriyli va natriyli-
kalsiyli surkov moylari kiradi. Bunday moylardan biri yog‘li
konstalin ÓÒ–1 bo‘lib, uning tomchilab tushish harorati 130°C
va penetratsiyasi 225–275 oralig‘ida bo‘ladi. Uning o‘ziga xos
asosiy xususiyati uning tarkibidagi quyultirgich (natriyli sovun)
ning suyuqlanish harorati yuqoriligi va uning suvda erishidir.
Shuning uchun yog‘li konstalin ÓÒ–1 ni suv kirmaydigan,
lekin yuqori haroratlarda (115–120°C gacha) ishlaydigan
tarmoqlarda qo‘llash tavsiya etiladi. Bunday moylar g‘ildirak
gupchaklari, kardanli vallar, boshqarish pedallari o‘qlari va
sharnirlari, elektrodvigatelning dumalash podshipniklari uchun
mo‘ljallangan.
Avtomobillarning bir qator tarmoqlari tarkibida natriyli-
kalsiyli sovun aralashmasi bo‘lgan moylar yordamida
moylanadi. Bu turdagi moylarning dastlabkilaridan biri 1–13
moyi bo‘lib, bu moy tarkibidagi asosiy quyultirgich (natriyli
sovun)ga 1–2 foiz miqdorida kaisiyli sovun aralashtiriladi (bu
ikki turdagi sovun kanakunjut moyi asosida tayyorlanadi).
Natijada suyuqlanishi bo‘yicha konstalin bilan bir xil, suv
ta’siriga turg‘unligi esa konstalindan yuqori bo‘lgan surkov
moyi olinadi. 1–13 moyidan g‘ildirak podshipniklarini va
avtomobilning boshqa tarmoqlarini moylashda foydalaniladi.
1–13 moyiga bo‘lgan ehtiyojning yuqoriligi va bu moyni
tayyorlashda foydalaniladigan kanakunjut moyining kamyobligi
sintetik kislotalar asosidagi natriyli-kalsiyli moylarning ishlab
chiqarilishiga sabab bo‘ldi. Bulardan biri ßÍÇ–2 surkov moyi
bo‘lib, u qiyin suyuqlanadi va suv ta’siriga chidamsiz. Bu moy
minus 30°C haroratgacha g‘ildirak gupchaklari, suv nasoslari
podshipniklarini, kardanli vallarning oraliq tayanchlarini,
ventilator yuritmasining tayanchini va suv kirishidan
zichlamalar yordamida himoyalangan boshqa podshipnikli
tarmoqlarni moylash uchun ishlatiladi.
Tarkibida litiyli sovun bo‘lgan moylar eng istiqbolli
plastik surkov moylari hisoblanadi. Ular bir qator ijobiy
xususiyatlarga ega, jumladan, suv ta’siriga chidamliligi
186
187
bo‘yicha solidollarga yaqin, suyuqlanish darajasi bo‘yicha qiyin
suyuqlanadigan konstalinlarga yaqin va past haroratlardagi
xususiyatlari bo‘yicha bu ikki turdagi moylardan afzaldir.
Mamlakatimizda ishlatiladigan dastlabki litiyli surkov moyiga
ÖÈÀÒÈÌ–201 markasi berilgan. ÖÈÀÒÈÌ–201 moyi qiyin
suyuqlanadigan moy bo‘lib, barcha mavsumlarda taqsimlagich
valigi vtulkalarini, generator podshipniklarini, spidometrning
egiluvchan valini, eshiklarning oshiq-moshiqlarini, g‘ilof ichiga
olingan yuritma tortqisini, rul tortqisi sharnirlarini moylash
uchun ishlatiladi. Ular kam qovushoqlikka ega bo‘lgan va past
haroratlarda qotadigan ÌÂÏ moyida tayyorlangani uchun ular
o‘z xususiyatlarini minus 60°C haroratgacha saqlab qoladi.
Yuqori sifatli ko‘p maqsadlarda ishlatiladigan Ëèòîë–24
moyi keng tarqalgan. Uning tarkibiga steorin kislotadan
tayyorlangan litiyli sovun qo‘shilgan bo‘lib, natijada minus
40°C dan 130°C gacha haroratlarda ishlatish mumkin bo‘lgan
universal moy olingan. Ëèòîë–24 universal moy bo‘lib, uni
barcha turdagi solidollar, kons talin, 1–13, ßÍÇ–2, ¹ 158
lardan foydalaniladigan tarmoqlarda yil davomida ishlatish
mumkin.
Avtomobil generatorlari va statyorlari, elektrodvigatellar,
kardanli
birikmalar
hamda
oyna
tozalagichlarning
podshipniklarini uzoq muddat ishonchli ishlashini ta’minlash
uchun qiyin suyuqlanadigan (tomchilab tushish harorati 130°C
dan ortiq) va suv ta’siriga chidamli bo‘lgan ¹ 158 moyidan
foydalaniladi. ¹ 158 moyi kaliyli va litiyli sovunlar asosida
tayyorlanadi. Ularga ko‘k rang beruvchi pigment qo‘shiladi.
Kompleks xususiyatlarga ega bo‘lgan sovun yordamida
quyultirilgan neft asosidagi yoki sintetik moylar istiqbolli
hisoblanadi. Bunday moylar jumlasiga kompleks xususiyatlarga
ega bo‘lgan kalsiyli quyultirgichli Óíèîë–1 va uning sovuq
ta’siriga chidamli Óíèîë–ÇÌ variantlarini keltirish mumkin.
Ular odatdagi kalsiyli moylar (masalan, solidol)ga nisbatan
bir qator ijobiy xususiyatlarga ega, jumladan, issiqlik ta’siriga
chidamliligi yuqori (150–170°C haroratgacha ishlatish
mumkin).
Konservatsion (himoya) moylaridan BTB–1 va ÏÂÊ
moylari ko‘p miqdorda ishlab chiqariladi. BTB–1 himoya moyi
tolali texnik vazelin bo‘lib, bu surkov moyi korroziyalanmasligi
uchun simlar ning uchlariga va akkumulatorlar batereyasining
qutb chiqish simlariga, kanat tirgagiga, eshik ochilishini
cheklagichga, yonilg‘i baki qopqog‘ining prujinasiga ham-
da sharnirlarga surtiladi. ÏÂÊ moyi ham BTB–1 moyi
ishlatiladigan tarmoqlarda ishlatiladi. Ular neft moylariga qattiq
uglevodorodli quyultirgichlar (parafin va sere zin) aralashmasini
qo‘shib tayyorlanadi. Himoyalash xususiyatini yaxshilash
uchun 1 foiz miqdorda qo‘shilma qo‘shiladi. Suvda eri maydi
va himoya qatlami 2–4 mm bo‘lganida himoyalanadigan
detallarni 5–10 yil davomida (harorat minus 50°C dan +50°C
gacha bo‘lganida) korroziyadan saqlashni ta’minlaydi.
Moylarning tasnifiy belgisida ularning vazifasi va ishlatilish
sohasidan tashqari, quyultirgich turi, ishlatish tavsiya etiladigan
harorat diapazoni hamda quyuqlik darajasi ko‘rsatiladi.
Quyultirgich sovun tarkibiga kiradigan metallning dastlabki
ikkita harfi bilan belgilanadi: Ka – kalsiyli, Li – litiyli,
Na – natriyli yoki Li-Ka – litiy-kalsiyli aralash. Ishlatish
tavsiya etilgon harorat diapazoni kasr ko‘rinishida beriladi,
kasrning suratida minus ishorasiz, 10 marta kichraytirilgan
minimal harorat, maxrajida esa 10 barobar kichraytirilgan
foydalanishning maksimal harorati ko‘rsatiladi. Moyning
quyuqlik darajasi 0 dan 7 gacha bo‘lgan shartli son bilan
belgilanadi.
Masalan, Ëèòîë–24 nomi bilan chiqariladigan litiyli
moyning belgisini keltirish mumkin: M Li 4/13–3. Harflar
ko‘p maqsadlarda ishlatiladigan antifriksion moy ekanligini
(M), litiyli sovun bilan (Li) quyultirilgan, namligi yuqori
bo‘lgan sharoitda ishlay oladigan moy ekanligini bildiradi.
Moyni minus 40 dan +130°C gacha (4/13) haroratlar oralig‘ida
ishlatish mumkin. 3 raqami shartli son bo‘lib, moyning
quyuq-suyuqligini bildiradi. Bu qiymat penetratsiya soni bilan
belgilanadi.
188
189
Keyingi yillarda bir qator yangi plastik surkov moylari
ishlab chiqarilmoqda. Bulardan litiyli surkov moyi Ôèîë–1
kardanli val ning shlitsali birikmalariga va o‘rindiqni surish
moslamalariga surtishda ishlatiladi. Bundan tashqari, ØÐÁ–4,
ØÐÓÑ–4, ËÑÑ–15 markali zamonaviy maxsus moylar ishlab
chiqarilmoqda, ular ba’zi xususiyatlari bo‘yicha (ish harorati
va mexanik turg‘unligining yuqoriligi) solidollar, 1–13 va
ÖÈÀÒÈÌ–201 moylariga nisbatan muayyan afzalliklarga ega.
Tarmoqlarda ishlatiladigan moylarning xususiyatlari va
o‘zaro almashinuvchanligi moy markasini tanlashda muhim
ahamiyatga ega. Moylash materialini va o‘zaro almashuvchisini
tanlash jarayonini yengillashtirish maqsadida avtomobillarda
ishlatiladigan moylarning xususiyatlarini 5 balli tizimda
baholash tavsiya etiladi (6. 1- jadval). 1 ball – ushbu mezon
bo‘yicha xususiyatlari qoniqarsiz; 2 ball – qoniqarli emas; 3
ball – qoniqarli; 4 ball – yaxshi; 5 ball – a’lo.
Do'stlaringiz bilan baham: |