194
195
Dvigatelning o‘ta sovib ketishi esa issiqlikning devorga
o‘tib isrof bo‘lishiga va yonilg‘i tejamkorligi yomonlashuviga,
moyning qovushoqligi ortishiga, binobarin, ishqalanishdagi
isroflar ko‘payi shiga sabab bo‘ladi. Benzinda ishlaydigan
dvigatellarning o‘ta sovib ketishi natijasida yonilg‘i bug‘lari
suyuqlikka aylanishi tufayli aralashmaning tarkibi o‘zgaradi,
moyning sifati yomonlashadi, porshen va halqalarning
moylanishi buziladi, dizellarda esa ular ning «qattiq» ishlashi
kuchayadi.
Ichki yonuv dvigatellari havo bilan yoki ko‘pincha suyuqlik
bilan sovitiladi. Havo oqimi yordamida sovitishda issiqlik
qizigan detallardan havo oqimi ta’sirida atmosferaga tarqaladi,
suyuqlik yordamida sovitishda esa ortiqcha issiqlik avval
detallarni yuvib o‘tuvchi suyuqlikka, so‘ngra atrof muhitga
uzatiladi. Dvigatel ishlayotganida sovituvchi suyuqlik harorati
85–95°C (ba’zan 105–110°C)ga yetadi.
Suyuqlik bilan sovitish tizimi havo bilan sovitish tizimiga
nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
– eng qizigan joylarni samaraliroq sovitadi;
– suyuqlikning issiqlik sig‘imi kattaroq bo‘lganida, turli ish
sharoitlarida va o‘zgaruvchan rejimlarda dvigatelning issiqlik
holati barqaror bo‘lishini ta’minlaydi;
– atrof muhit havosining harorati past bo‘lganida, suyuqlik
isi tilishi tufayli dvigatelni ishga tushirilishi ancha ishonchli
bo‘ladi;
– tizim agregatlarini yurgizishga ko‘proq quvvat sarf bo‘ladi
va tizim agregatlarining ish jarayonidagi shovqinlilik darajasi
pastroq bo‘ladi;
– nominal rejimda silindrlarni to‘ldirish koeffitsiyenti
yuqoriroq va o‘rtacha samarali quvvat qiymati hamda litrli
quvvat kattaroq bo‘ladi.
Sovitish tizimining ishonchli ishlashi ularda ishlatiladigan
suyuqlikning fizikaviy-kimyoviy xossalariga bog‘liq. Sovituvchi
suyuqliklar quyidagi talablarga javob berishi kerak: yuqori
qaynash harorati (sovitish tizimidagi eng yuqori haroratdan
15–20°C yuqori bo‘lishi) va issiqlik sig‘imiga ega bo‘lishi;
muzlash harorati tashqi havoning eng past haroratidan (kamida
5–10°C) past bo‘lishi kerak; ular sovitish tizimida sovish
tezligini pasaytiradigan va sovituvchi suyuqlikning tizim bo‘ylab
aylanishini buzadigan turli qatlamlar (quyqalar, cho‘kindilar)
hosil qilmasligi, ko‘pirmasligi, shuningdek, metall detallarni
zanglatmasligi, qistirmalarni yemirmasligi lozim; suyuqlikning
kengayish koeffitsiyenti mumkin qadar kichik bo‘lishi lozim;
shuningdek, sovitish suyuqliklari arzon, yetarli, yong‘in chiqish
jihatidan xavfsiz bo‘lishi va xizmat ko‘rsa tuvchi shaxslar
salomatligiga zarar yetkazmasligi zarur.
Yuqoridagi talablarga to‘la javob bermasa ham dvigatelning
sovitish tizimida suvdan keng foydalaniladi. Chunki u issiqlikni
yaxshi o‘tkazadi, issiqlik sig‘imi katta, qovushoqligi past hamda
ishlatishga qulay.
7. 2.
Do'stlaringiz bilan baham: