Avtomobil indd



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

Nazorat savollari:
1. Gazsimon yonilg‘ining afzalliklari va kamchiliklari nimalardan 
iborat?
2. Gazsimon yonilg‘ilarning kelib chiqishi bo‘yicha turlari, ularning 
tarkibi va xossalari qanday?
3. Yonish issiqligiga ko‘ra gazsimon yonilg‘ilar qanday turlarga 
bo‘linadi?
4. Tabiiy, siqilgan va suyultirilgan gazlarning tarkibi, xossalari, 
ishlatilishi haqida aytib bering. 
5. Suyultirilgan gaz, uning tarkibi, xossalari, ishlatilishi haqida 
aytib bering. 
6. Spirtlardan yonilg‘i sifatida foydalanish istiqbollari qanday?
7. Yengil gaz kondensatlarining xossalarini aytib bering. 
8. Og‘ir gaz kondensatlarining xossalarini aytib bering. 
9. Vodorod yonilg‘idan foydalanish istiqbollari haqida gapirib 
bering.
10. Slaneslar va bitumlardan olinadigan yonilg‘ilar haqida aytib 
be ring. 


116
117
V BOB.
AVTOMOBIL MOYLARI
5.1.
 Motor moylari
5.1.1.
 Moylarning olinishi va tarkibi
Har qanday mashinada o‘zaro ishqalanadigan juftlarni 
moylash uchun turli moylash materiallaridan foydalaniladi. 
Ular texnika ning ishonchli ishlashini ta’minlovchi muhim 
omillardan biri hi soblanadi. 
Turli maqsadlarda ishlatish uchun ishlab chiqariladigan 
moylash materiallarining asosiy qismi neftni qayta ishlash 
mahsulotlari asosida tayyorlanadi. Jumladan, avtomobillarda 
ishlatiladigan moylar va bir qator maxsus suyuqliklarning 
asosiy komponenti mazutdan ajratib olinadigan suyuq mineral 
moylardir. 
XIX asrning 70- yillarigacha moylash materiali sifatida 
hayvon yog‘lari va o‘simlik moylaridan foydalanilgan. 
Moylash materiali sifatida neft mahsulotlaridan foydalanish 
D.I. Mendeleyev tomonidan taklif etilgan. Uning g‘oyasi 
asosida V.I. Ragozin tomonidan 1876- yilda Novgorod shahri 
atrofida mazutni haydash hamda sulfat kislota va ishqorlar 
yordamida tozalash usuli bilan moy ishlab chiqariladigan 
dastlabki zavod qurildi. 
Respublikamizda avtomobillar uchun moy ishlab chiqarish 
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida 1959- yilda yo‘lga 
qo‘yilgan. Hozirgi paytda zavod tomonidan o‘ndan ortiq 
markadagi motor moylari va bir nechta markadagi surkov 
moylari ishlab chiqa rilmoqda. 
Respublikamizda yuqori sifatli, raqobatbardosh mineral, 
sintetik va yarim sintetik moylar ishlab chiqarish bo‘yicha 
zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, respublika ichki 
bozorini ular bilan to‘ldirish va ularni eksportga chiqarishni 
ko‘paytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2011- yil 15- noyabrdagi 304-sonli Qaroriga 
asosan Amerikaning «Teksako Oversiz Xolding Inkorporeyted 
(Texako)» korporatsiyasi bilan hamkorlikda 1996- yilda tashkil 
etilgan «Uz-Texako» qo‘shma korxonasi «Prista Oil Nolding» 
EAD (Bolgariya) bilan hamkorlikdagi «Uz-Prista» mas’uliyati 
cheklangan jamiyat shaklidagi qo‘shma korxona deb qayta 
nomlandi. Ushbu korxona tomonidan hozirgi paytda yengil 
va yuk avtomobillar hamda gaz yonilg‘isida ishlaydigan 
dvigatellar uchun motor moylari, transmission moylar, 
sovituvchi suyuqliklar, plastik surkov moylari, gidravlik moylar 
va boshqalar ishlab chiqarilmoqda. 
Mazut neftdan benzin, ligroin, kerosin va dizel yonilg‘isi 
fraksiyasi ajratib olingan neft qoldig‘idir, ya’ni yengil 
fraksiyalardan xoli bo‘lgan neftdir. Shuning uchun mazutdan 
olinadigan moylar tarkibi, asosan, dvigatel yonilg‘ilari 
kabi uglevodorodlardan iborat. Biroq moy tarkibidagi 
uglevodorodlarning molekular massasi benzin va dizel yonilg‘isi 
tarkibidagi uglevodorodlarning molekular massasiga nisbatan 
katta (moy molekulasidagi uglerod atomlari soni 20 tadan 50 
tagacha). 
Mazut to‘q jigarrang suyuqlik bo‘lib, zichligi 0,89–1,00 
g/sm
3
, yonish issiqligi 38000 kJ/kg. 
Mazutdan olinadigan surkov moylari tarkibida ugle-
vodorodlardan tashqari, naften kislotalar, uglerodli birikmalar 
va smola-asfalt li moddalar bo‘ladi. 
Moylar ishlab chiqarish uslubiga ko‘ra distillat va qoldiq 
moylarga bo‘linadi. Distillat moylar mazutni bosim ostida 
haydash yo‘li bilan olinadi. Vakuumli kolonnada mazut 
qovushoqligi har xil bo‘lgan (qaynash harorati 350–500°C 
oralig‘ida) moy distillatlari ga ajratiladi (5.1- rasm). Vakuumda 
haydash mazutni parchalani shidan saqlab, qizdirish haroratini 
pasaytirib moy fraksiyalarini ajratishni osonlashtiradi. 


118
119
Yo‘l va bino qurilishi, 
elektrotexnik va lok-
bo‘yoq materiallari ishlab 
chiqarish uchun bitumlar
5. 1- rasm. 

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish