gliftalli
va
pentaftalli loklar
deb yuritiladi.
Ularga pigment, to‘ldirgich va boshqa komponentlar
qo‘shib gruntovkalar (ÃÔ–020, ÃÔ–073, ÃÔ–089), gruntli
shpaklovkalar (ÃÔ–018), shpaklovkalar (ÃÔ–075, ÏÔ–002)
va emallar (ÃÔ–571 va boshqalar) olinadi.
Gliftalli va pentaftalli qoplamalar (bunday bo‘yoqlar
yordamida birinchi klass qoplama hosil qilish uchun uchta
306
307
qatlam bo‘yoq be rish lozim, nitroemal yordamida bunday
qoplam hosil qilish uchun 5–7 qatlam bo‘yoq berish kerak)
yuqori adgezion xususiyatga, atmosfera ta’siriga chidamliligi
yuqori, katta mustahkamlikka, yetarli darajadagi elastiklikka,
hosil qilingan qoplama jilolanganida oyna darajasida yaltiroqlik
berish xususiyatiga ega.
Yuqorida keltirilgan xususiyatlarga ega bo‘lgan qoplamalar
hosil qilish uchun pentaftalli bo‘yoq qatlami 80°C va undan
yuqori, gliftalli bo‘yoq esa 100°C va undan yuqori haroratlarda
quritilishi lozim. Xona haroratida quritilganida hosil bo‘ladigan
qoplama sifati nisbatan past bo‘ladi.
Parda hosil qiluvchilarning aralashmalari asosidagi lok-bo‘-
yoq materiallari.
Moyli va emalli bo‘yoqlarning tarkibida faqat
bitta parda hosil qiluvchi bo‘yoqlar bo‘lsa, bo‘yoq xususiyatlari
bo‘yicha kamchilikka ega bo‘ladi. Shuning uchun lok-bo‘yoq
materiallari ishlab chiqarishda parda hosil qiluvchilarning
aralashmalaridan (modifikatorlardan) foydalaniladi. Yuqorida
keltirilgan alkidli smolalar juda keng tarqalgan modifikator
hisoblanadi. Ma salan, qoplamaning adgezion xususiyatini,
elastikligi va yaltiroq ligini oshirish uchun emallarga gliftalli
smolalar qo‘shiladi. Bunday modifikator asosida qurish tezligi
bo‘yicha toza nitroemalga xos, qoplamaning xususiyatlari
bo‘yicha esa gliftalga xos bo‘lgan nitrogliftalli emal olinadi.
Parda hosil qiluvchilarning aralashmalari asosidagi emallar
jumlasiga ÌË–12 turidagi melaminalkidli emallar ham
kiradi. Mela minalkidli emallar avtomobillarning kuzovlari,
qanotlari va kabinalarini bo‘yashda ishlatiladi. Ular alkidli va
melaminformaldegidli smolalar aralashmasidagi pigmentlar
suspenziyasidan iborat bo‘ladi. Melaminalkidli emallarning
qovushoqligini ta’minlashda solvet yoki maxsus erituvchilardan
(¹ 651 va boshqalar) foydalaniladi. Melaminalkidli emallar
asosida yuqori sifatli qoplamalar hosil qi lish uchun ularni yuqori
haroratlarda (120–140°C) quritish lozim. Ular jilolamasdan
turib yaxshi yaltiraydigan, suv va neft mahsulotlari ta’siriga
chidamli, elastik, qattiq qoplama olish imkonini beradi. ÌË–
12 turidagi emallar taxminan 100 xil rangda ishlab chiqariladi.
Avtomobil sanoatida ÌË–12 turidagi bo‘yoqlardan tashqari
boshqa turdagi parda hosil qiluvchilarning aralashmalari
asosidagi bo‘yoqlardan ham foydalaniladi. Bunday bo‘yoqlar
jumlasiga qu yidagilar kiradi: ÃÔ–017 melaminalkidli
gruntovkalari (fosfatlangan sirtga ega bo‘lgan uzel va detallarni
bo‘yashda ishlatiladi); ÌË–152 emali (yuk avtomobillarining
kabina va qanotlarini bo‘yashda ishlatiladi); ÌË–197 va ÌË–
1100 emallari (yengil avtomobillarning kuzovi, qanotlari va
uzellarini bo‘yashda ishlatiladi); ÌØ–123 markali mochevina-
alkidli emallar (avtomobil ramalari, g‘ildirak disklari, radiatorlar
va boshqa detallarni bo‘yashda ishlatiladi); ÌØ–145 (yuk
avtomobillarining metall va taxta platformalarini bo‘yashda
ishlatiladi); ÔË–787 markali fenolformaldegid-alkidli emal
(yonilg‘i baklarining ichki sirtlarini bo‘yashda ishlatiladi);
MC–006 markali alkidli-stirolli shpaklovka, MC–17 markali
emal (dvigatelni bo‘yashda ishlatiladi) va boshqalar.
Termoplastik smolalardan olinadigan perxlorvinilli va akrilli
emallar metallar, yog‘och, betonni bo‘yashda keng ishlatiladi.
Hosil bo‘lgan pardalar yonmaydi, nam ta’siriga chidamli, neft
mahsulotlari tegadigan sharoitda ham ishlay oladi. Perxlorvinilli
emal lar xona haroratida 2–3 soat mobaynida quriydi. Akril
smolalar asosida olingan emallar yaxshi mexanik xossalarga
ega. Agar ular epoksid gruntovka ustidan surtilsa, qoplama 6
yilgacha yaroqli holatda saqlanadi.
Ko‘pgina lok-bo‘yoq materiallar epoksid smolalar, bakelit
loki kabi termoreaktiv smolalar asosida olinadi. Plastifikator
emallar 200–300°C gacha haroratda ham ishlay oladi. Ularning
ko‘pchiligi sovuqlayin (xona haroratida) qurishi mumkin. Agar
qoplama 110–140°C haroratda qizdirib quritilsa, xossalari
yaxshilanadi.
Kremniyorganik smolalar asosida issiqqa chidamli bo‘yoqlar
ishlab chiqariladi.
Ishlab chiqariladigan loklar, bo‘yoqlar markalarining
ko‘pligi va ularni belgilashda bir xillikning yo‘qligi anchagina
qiyinchiliklar tug‘diradi. Har bir muayyan holda ushbu
material uchun berilgan tavsiyalarga rioya qilish zarur. Yengil
308
309
avtomobillar va yuk avtomobillarini bo‘yashda ishlatiladigan
asosiy lok-bo‘yoq materiallari to‘g‘risida ma’lumot 11. 2- va
11. 3- jadvallarda keltirilgan.
11. 2- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |