O‘zgaruvchan tok generatori (1.2-rasm) asosan quyidagi qismlardan tashkil topgan: qo‘zg‘almas stator 1, aylanuvchi rotor 9, kontakt halqalari 13, cho‘tkalar 12, cho‘tkatutqich 14,to‘g‘rilagich bloki 7, parrakli shkiv 4 va qopqoqlar 3, 10. Stator elektrotexnik po‘lat plastinalardan yig‘ilgan bo‘lib uning ichki yuzasida stator g‘altaklari o‘rnatish uchunmo‘ljallangan va oralig‘i bir hil bo‘lgan tishchalari mavjud. Tishchalarni soni 18, 36 yoki 72 bo‘lishi mumkin. Hozirgi zamon generatorlarida ko‘proq 36 tishchali statorlar ishlatilmoqda. Bu tishchalarga 18 (yoki 36, 72) stator g‘altaklari joylashtirilib, ular uch fazaga bo‘linadi. Har bir fazaga oltita ketma-ket ulangan g‘altak kiradi. Fazalar o‘zaro «yulduz» yoki «uchburchak» sxemasi bo‘yicha mumkin. Stator chul’amlarini «uchburchak» sxemasi bo‘yicha ulanganda undagi faza tokining qiymati chiziqli tokga nisbatan martaga kam bo‘ladi. «Yulduz» sxemasida esa fazavachiziqltoklar bir-biriga tengbo‘ladi. Bu es«uchburchak» sxemasi bo‘yichao‘ralgan stator chulg‘amlari uchun diametri kichikroq bo‘lgan sim ishlatish imkoniniberadi. Shuning uchun oxirgi vaqtda generatorlarning zarur quvvatini saqlagan holda uni o‘lchamlarini ixchamroq qilish maqsadida stator chulg‘amlarini «uchburchak» sxemasi bo‘yicha o‘rash tobora keng qullanilmoqda Rotor qarama-qarshi qutbli, olti uchli tumshuqsimon po‘lat o‘zak 9 va ular orasidaga po‘lat vtulka 15 ga o‘ralgan uyg‘otish chulg‘ami 8 dan iborat. Uyg‘otish chulg‘amining uchlari valdanva bir-biridan izolyatsiya qilingan mis halqalar 13 ga ulangan. Rotor vali aluminiy qotishmalaridan tayyorlangan qopqoqlarga o‘rnatilgan zo‘ldirli podshipniklarda aylanadi. Kontakt halqalar tomonidagi qopqoq 10 ga plastmassadan tayyorlangan, ikkita mis-grafit cho‘tkalar 12 joylashtirilgan, cho‘tkatutqich 14 va to‘g‘rilagich bloki 7 o‘rnatilgan. Valga shponka yordamida parrakli shkiv 4 mahkamlangan. Generator rotori harakatni shkiv va tasmali uzatma orqali dvigatelningtirsakli validan oladi.Generator quyidagicha ishlaydi. Elektromagnit uyg‘otish prinsipiga asoslangan o‘zgaruvchan tok generatorlari o‘z-o‘zini uyg‘otish xususiyatiga ega emas. Bunday generatorlarni ishga tushirish uchun dastlabki daqiqalarda uning uyg‘otish chulg‘amiga akkumulatordan cho‘tka va mis halqalar orqali tokberiladi.
ODDIY TUZILISHGA EGA BOLGAN GENERATORNING VAZIFASI,TUZILUSHI VA ISHLASH PRINSIPI Avtomobil generatorining tuzilishi sodda, ishlatilish jarayonidagi chidamlilik va ishonchlilik darajasi yuqori, gabarit o‘lchamlari, massasi, tannarxi mumkin qadar kichik va dvigatel aylanishlar chastotasi past bo‘lgan hollarda ham akkumulatorlar batareyasini zaryad qilinishini ta’minlash kabi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak. Uzoq vaqt davomida avtomobillarda elektr energiyaning asosiy manbai sifatida o‘zgarmas tok generatorlari ishlatildi. Avtomobillardagi elektr toki iste’molchilarining tobora ko‘payishi, katta shahar ko‘chalaridagi transport harakati qatnovining nihoyatda tig‘izlashganligi natijasida avtomobil dvigatellarining salt ishlash vaqtining ortishi, generatorlarning quvvatini va maksimal aylanishlar chastotasini oshirish ehtiyojini tug‘dirdi. O‘zgarmas tok generatorining jiddiy kamchiliklari va tuzilishining o‘ziga xos tomonlari bu masalani hal qilish imkonini bermaydi. Xususan: o‘zgarmas tok generatorida bir fazali o‘zgaruvchan tok yakor chulg‘amlarida, ya’ni generatorning aylanuvchi qismida induksiyalanadi, uni iste’molchilarga uzatish katta qiyinchiliklar tug‘diradi; o‘zgarmas tok generatorlarida mexanik to‘g‘rilagich vazifasini bajaruvchi kollektor generatorning aylanishlar chastotasini va quvvatini oshirish imkoniyatini bermaydi, chunki yakorning aylanishlar chastotasi va undagi tok qiymati oshganda, cho‘tka bilan kollektor orasida me’yoridan ortiq uchqun hosil bo‘ladi va ular tez yeyilib ishdan chiqadi; o‘zgarmas tok generatorining yuklama toki belgilangan maksimal qiymatidan oshib ketishi tufayli, hamda akkumulatorlar batareyasini (generator ishlamay turgan holda) generator chulg‘amlari orqali zaryadsizlanish havfidan saqlash maqsadida kuchlanish rostlagichiga qo‘shimcha ravishda tok cheklagich va teskari tok relelari o‘rnatiladi.Bu rele-rostlagichlarning konstruksiyasini murakkablashtiradi va ularning ishonchliligini pasaytiradi.Elektron sanoatning rivojlanishi natijasida tannarxi arzon, o‘lchamlari kichik, yuqori haroratlarga chidamli va ishonchliligi baland bo‘lgan kremniy yarim o‘tkazgichlar asosida yasalgan to‘g‘rilagichlarining paydo bo‘lishi avtomobillarda, o‘zgarmas tok generatorlariga xos bo‘lgan kamchiliklardan holi bo‘lgan o‘zgaruvchan tok generatorlarini keng ko‘lamda ishlatish imkonini berdi.O‘zgaruvchan tok generatorlarining tuzilishi o‘zgarmas tok generatorlariga nisbatan sodda, quvvati bir xil bo‘lgan holda, gabarit o‘lchamlari va massasi 2-3 marta kichik, chidamlilik va ishonchlilik darajasi ancha yuqori. Ularda qimmatbaho rangli metall bo‘lgan mis o‘zgarmas tok generatoriga nisbatan ~ 3 baravar kam ishlatiladi. O‘zgaruvchan tok generatorlarida kollektor yo‘q, murakkab yakor chulg‘ami o‘rniga o‘ralishi oson bo‘lgan stator chulg‘amlari ishlatiladi. Uyg‘otish chulg‘ami ham yaxlit bitta g‘altakdan iborat. O‘zgarmas tok generatorlarining solishtirma quvvati (ya’ni 1 kg massasiga to‘g‘ri keladigan quvvat) 45 Vt/kg dan oshmagan holda, o‘zgaruvchan tok generatorlaridagi bu ko‘rsatkich 150 Vt/kg dan ortib ketdi.O‘zgaruvchan tok generatorlarida kollektorning yo‘qligi hisobiga uning maksimal aylanishlar chastotasini 12000-15000 min -1 ga etkazish, dvigatel bilan generator orasidagi qiyiq tasmali uzatmaning uzatish sonini 2,0-2,5 gacha oshirish mumkin. Bu dvigatel salt ishlagan holda ham generatorning 50…60 % quvvatini iste’molchilarga berish va akkumulatorni zaryadlash mkonini beradi O‘zgaruvchan tok generatorlari yuklama tok qiymatini cheklash xususiyatiga ega bo‘lganligi va ularda to‘g‘rilagich sifatida yarim o‘tkazgichli diodlar ishlatilganligi sababli tok cheklagichva teskari tok relelariga zarurat yo‘qolad. Bu generatorning kuchlanishini rostlash tizimini ancha soddalashishiga va uning ishonchlilik darajasini ortdishiga