Avtomobil elektr jihozlariga qo‘yiladigan asosiy texnik talablar


AVTOMOBILNING ELEKTR TAMINOT TIZIMINING TARKIBIY SXEMASINI CHIZING VA IZOHLANG



Download 0,76 Mb.
bet2/103
Sana11.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#349467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
mashinalar elektronikasi

AVTOMOBILNING ELEKTR TAMINOT TIZIMINING TARKIBIY SXEMASINI CHIZING VA IZOHLANG Elektr ta’minot tizimi avtomobildagi barcha iste’molchilarni elektr energiya bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi va uning tarkibiga asosan generator, kuchlanish rostlagichi, akkumulatorlar batareyasi kiradi. Generator avtomobildagi elektr energiyaning asosiy manbai bo‘lib, dvigatel o‘rta va katta aylanishlar chastotasi bilan ishlab turganda hamma iste’molchilarni elektr toki bilan ta’minlaydi va akkumulatorni zaryad qiladi. Akkumulatorlar batareyasi yordamchi elektr energiya manbai bo‘lib, u asosan ichki yonuv dvigatelini ishga tushirish jarayonida startorni tok bilan ta’minlash hamda generator ishlamayotganda yoki uning aylanishlar chastotasi me’yoridan past bo‘lgan hollarda iste’-molchilarni elektr toki bilan ta’minlash vazifasini bajaradi. Generator tasmali uzatma orqali dvigatelning tirsakli validan harakat olganligi sababli uning aylanishlar chastotasi va demak, ishlab chiqarayotgan kuchlanishi juda keng doirada o‘zgarib turadi. Generator kuchlanishining belgilangan qiymat darajasida avtomatik ravishda ushlab turish xizmatini kuchlanish rostlagichi bajaradi Elektr ta’minot tizimining tarkibiy sxemasi quyidagi ko‘rinishga ega (1.1-rasm) Bu sxemadan generator beradigan kuchlanish va akkumulatorlar batareyasidagi EYUK ning o‘z aro munosabatini, ularning toklari qay tarzda sarf bo‘lishini kuzatish mumkin:agar Ug > Eb bo‘lsa, u holda Ig = Ibz + Iyu ;agar Ug < Eb bo‘lsa, u holda Ig + Ibr = Iyu ; agar Ug = 0 bo‘lsa, u holda Ibr = Iyu Bunda Ug - generator kuchlanishi, Eb - akkumulatorlar batareyasining EYUK, Ig - generatortoki, Ibz - akkumulatorlar batareyasining z aryadlanish vaqtidagi iste’mol qilgan toki, Ibr –



  1. ODDIY TUZILISHGA EGA BOLGAN GENERATORNING VAZIFASI,TUZILUSHI VA ISHLASH PRINSIPI Avtomobil generatorining tuzilishi sodda, ishlatilish jarayonidagi chidamlilik va ishonchlilik darajasi yuqori, gabarit o‘lchamlari, massasi, tannarxi mumkin qadar kichik va dvigatel aylanishlar chastotasi past bo‘lgan hollarda ham akkumulatorlar batareyasini zaryad qilinishini ta’minlash kabi xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak. Uzoq vaqt davomida avtomobillarda elektr energiyaning asosiy manbai sifatida o‘zgarmas tok generatorlari ishlatildi. Avtomobillardagi elektr toki iste’molchilarining tobora ko‘payishi, katta shahar ko‘chalaridagi transport harakati qatnovining nihoyatda tig‘izlashganligi natijasida avtomobil dvigatellarining salt ishlash vaqtining ortishi, generatorlarning quvvatini va maksimal aylanishlar chastotasini oshirish ehtiyojini tug‘dirdi. O‘zgarmas tok generatorining jiddiy kamchiliklari va tuzilishining o‘ziga xos tomonlari bu masalani hal qilish imkonini bermaydi. Xususan:  o‘zgarmas tok generatorida bir fazali o‘zgaruvchan tok yakor chulg‘amlarida, ya’ni generatorning aylanuvchi qismida induksiyalanadi, uni iste’molchilarga uzatish katta qiyinchiliklar tug‘diradi; o‘zgarmas tok generatorlarida mexanik to‘g‘rilagich vazifasini bajaruvchi kollektor generatorning aylanishlar chastotasini va quvvatini oshirish imkoniyatini bermaydi, chunki yakorning aylanishlar chastotasi va undagi tok qiymati oshganda, cho‘tka bilan kollektor orasida me’yoridan ortiq uchqun hosil bo‘ladi va ular tez yeyilib ishdan chiqadi; o‘zgarmas tok generatorining yuklama toki belgilangan maksimal qiymatidan oshib ketishi tufayli, hamda akkumulatorlar batareyasini (generator ishlamay turgan holda) generator chulg‘amlari orqali zaryadsizlanish havfidan saqlash maqsadida kuchlanish rostlagichiga qo‘shimcha ravishda tok cheklagich va teskari tok relelari o‘rnatiladi.Bu rele-rostlagichlarning konstruksiyasini murakkablashtiradi va ularning ishonchliligini pasaytiradi.Elektron sanoatning rivojlanishi natijasida tannarxi arzon, o‘lchamlari kichik, yuqori haroratlarga chidamli va ishonchliligi baland bo‘lgan kremniy yarim o‘tkazgichlar asosida yasalgan to‘g‘rilagichlarining paydo bo‘lishi avtomobillarda, o‘zgarmas tok generatorlariga xos bo‘lgan kamchiliklardan holi bo‘lgan o‘zgaruvchan tok generatorlarini keng ko‘lamda ishlatish imkonini berdi.O‘zgaruvchan tok generatorlarining tuzilishi o‘zgarmas tok generatorlariga nisbatan sodda, quvvati bir xil bo‘lgan holda, gabarit o‘lchamlari va massasi 2-3 marta kichik, chidamlilik va ishonchlilik darajasi ancha yuqori. Ularda qimmatbaho rangli metall bo‘lgan mis o‘zgarmas tok generatoriga nisbatan ~ 3 baravar kam ishlatiladi. O‘zgaruvchan tok generatorlarida kollektor yo‘q, murakkab yakor chulg‘ami o‘rniga o‘ralishi oson bo‘lgan stator chulg‘amlari ishlatiladi. Uyg‘otish chulg‘ami ham yaxlit bitta g‘altakdan iborat. O‘zgarmas tok generatorlarining solishtirma quvvati (ya’ni 1 kg massasiga to‘g‘ri keladigan quvvat) 45 Vt/kg dan oshmagan holda, o‘zgaruvchan tok generatorlaridagi bu ko‘rsatkich 150 Vt/kg dan ortib ketdi.O‘zgaruvchan tok generatorlarida kollektorning yo‘qligi hisobiga uning maksimal aylanishlar chastotasini 12000-15000 min -1 ga etkazish, dvigatel bilan generator orasidagi qiyiq tasmali uzatmaning uzatish sonini 2,0-2,5 gacha oshirish mumkin. Bu dvigatel salt ishlagan holda ham generatorning 50…60 % quvvatini iste’molchilarga berish va akkumulatorni zaryadlash mkonini beradi O‘zgaruvchan tok generatorlari yuklama tok qiymatini cheklash xususiyatiga ega bo‘lganligi va ularda to‘g‘rilagich sifatida yarim o‘tkazgichli diodlar ishlatilganligi sababli tok cheklagichva teskari tok relelariga zarurat yo‘qolad. Bu generatorning kuchlanishini rostlash tizimini ancha soddalashishiga va uning ishonchlilik darajasini ortdishiga


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish