QO'RG'OSHIN KISLOTALI AKKUMULYATORLAR BATAREYASININGVAZIFASI VA TUZILISHI Qo’rg‘oshin-kislotali akkumulator elementining elektr yurituvchi kuchi (EYUK) 2 V ga teng bo’lib, 12 V kuchlanishga ega bo’lgan akkumulatorlar batareyasini hosil qilish uchun oltita akkumulator elementi ketma-ket ulanadi. Qo’rg‘oshin-kislotali akkumulatorlar batareyasining ichki qarshiligi kichik bo’lganligi sababli, ularga startor ulanganda akkumulatordagi kuchlanishning pasayishi nisbatan kam bo’ladi. Shuning uchun qo’rg‘oshin-kislotali akkumulatorlarning bir qator kamchiliklari bo’lishiga qaramasdan (mexanik mustahkamligi yetarli emas, xizmat muddati nisbatan kichik va hokazo) avtomobillarda juda keng ko’lamda ishlatiladi, chunki ularning tavsifnomalari startor rejimiga eng to’la mos keladi. Akkumulatorlar batareyasi (1.37-rasm) yaxlitqobiq 12 da joylashtirilgan uch yoki oltita ketma-ket ulangan akkumulatorlardan tashkil topgan. Har bir akkumulator bir-biridan to’siqlar bilan ajratilgan. Akkumulatorlar batareyasining qobig‘i ebonit, termoplast, polipropilen va polistirol kabi kislotaga chi-damli, mexaniq mustahkamligi yetarli darajada yuqori bo’lgan materiallardan tayyorlanadi. Qobiqning har bir bo’limining pastki qismida musbat va manfiy plastinalar tayanadigan qovurg‘alar 13 bo’lib, ular akkumulator tubiga cho’kmalar yig‘ilganda (aktiv massa to’kilganda) plastinalarni qisqa tutashuvdan saqlaydi.
Akkumulyatr batereykasi chizma
Akkumulatorlar batareyasi (1.37-rasm) yaxlitqobiq 12 da joylashtirilgan uch yoki oltita ketma-ket ulangan akkumulatorlardan tashkil topgan. Har bir akkumulator bir-biridan to’siqlar bilan ajratilgan. Akkumulatorlar batareyasining qobig‘i ebonit, termoplast, polipropilen va polistirol kabi kislotaga chi-damli, mexaniq mustahkamligi yetarli darajada yuqori bo’lgan materiallardan tayyorlanadi. Qobiqning har bir bo’limining pastki qismida musbat va manfiy plastinalar tayanadigan qovurg‘alar 13 bo’lib, ular akkumulator tubiga cho’kmalar yig‘ilganda (aktiv massa to’kilganda) plastinalarni qisqa tutashuvdan saqlaydi. Akkumulator elementi musbat 2 va manfiy 3 plastinalardan yig‘iladi. Plastinalar asosi qo’rg‘oshin panjara bo’lib, uning quyilish xususiyatlarini yaxshilash, mexanik mustahkamligini va korroziyaga chidamliligini oshirish maqsadida tarkibiga 5-7% surma va 0,1-0,2% mishyak ( margimush) qo’shiladi. Qo’rg‘oshin panjara oralariga aktiv massa to’ldiriladi. Musbat plastinaga aktiv massa sifatida qo’rg‘oshin surigi ( Pb3,O4 ), qo’rg‘oshin oksidi ( PbO ) va sulfat kislota ( H2SO4) aralashmasi qoplansa, manfiy plastinaga qo’rg‘oshin kukuni va sulfat kislota aralashmasi suriladi. Musbat plastinaning aktiv massasi mustahkamligini oshirish uchun unga polipropilen tolalalari qo’shiladi. Manfiy plastinalardagi aktiv massaning ish jarayonida zichlashib ketishini oldini olish uchun uning tarkibiga 2% gacha kengaytiruvchi moddalar qo’shiladi. Kengaytiruvchi moddalar sifatida torf, qorakuya, paxta tarandisi va hokazolar ishlatiladi.
Startyorning elektromexanik tavsifi.
R E J A.
1.Yurgazish tizimi qismlari.
2.Starterning vazifasi va tuzilishi
3.Tirsakli val aylanishlarining minimal yurgazish chastotasi
Yurgazish tizimi - starter, akkumulator batareyasi, starter zanjiri va yurgazishni yengillashtiruvchi vositalardan iborat. Avtomobil dvigatellarini yurgazish tizimining o'ziga xos tomoni shundaki, akkumulator batareyasi va starterning quvvati o'zaro bir-biriga yaqin. Shuning uchun dvigatelni yurgazishga akkumulator batareyasining kuchlanishi starter iste'mol qiladigan tokka qarab sezilarli darajada o'zgaradi. Bunday sharoitlarda dvigatelni yurgazishda akkumulator batareyasining holati (uning harorati, zaryadlanganlik darajasi, yeyilishi), starter zanjirining holati va dvigatelni yurgazishni yengillashtirish uchun qo'llarulayotgan vositalar katta ta'sir ko'rsatadi.
Starter sifatida ketma-ket yoki aralash qo'zg'atiladigan o'zgarmas tok elektr dvigatellari qo'llaruladi.
Starter iste'mol qiladigan tok o'sishi bilan uning aylantiruvchi momenti ham o'sadi, yakorning aylanishlar chastotasi esa kamayadi. Starter yakori salt ishlashda yuqori aylanishlar chastotasiga ega. Bu paytda starterning aylantiruvchi momenti nolga teng bo'ladi. Akkumulator batareyasining kuchlanishi pasayishi bilan starter yakorining aylanishlar chastotasi va quvvati ham pasayadi.
Yurgazish paytida starter dvigatel bilan tishli uzatma orqali bog'langan. Bu uzatmaning asosiy parametrlari yuritmaning uzatish soni Idc= zmax/zs (bu yerda; Zmax-maxovik gardishidagi tishlar soni, zs- startyor shesternasidagi tishlar soni), shuningdek, tish moduli va tishli uzatmaning foydali ish koeffitsentidir (0,85-0,9 ga teng). Uzatish soni Ids dvigatelning turiga 10-16 oralig’ida bo’ladi.
Dvigaielni yurgazish uchun starter dvigatelning qarshilik momentini hamda undagi aylanayotgan va ilgarilanma harakatlanayotgan detallarning inersiya kuchini yengishi kerak. Qarshilik momenti ishqalanish, siqish va dvigatelga o'rnatilgan yordamchi mexanizmlar yuritmalari kuchlarining momentlari yig'indisidan iborat.
Tirsakli val aylanishlarining minimal yurgazish chastotasi deb shunday chastotaga aytiladiki, uning shu qiymatida karburatorli dvigatellar bir minut oraliq bilan har bir urinish davomiyligi 10 soniya (sekund) bo'lgan ikki bora urinishda yurgaziladi.
Yurgazish haroratining pasayishi bilan yurgazuvchi minimal aylanishlar chastotasining ortishi barcha dvigatellar uchun tavsiflidir. Silindrlar soni qancha ko'p bo'lsa, dvigatel aylanishlarining yurgazish chastotasi shunchalik past bo'ladi. Dizel dvigatellarda yurgazuvchi aylanishlar chastotasi karburatorli dvigatellarga qaraganda ancha baland bo'ladi.
Dvigatelni yurgazishni yengillashtiruvchi vositalarni qo'llarulishi yurgazuvchi minimal aylanishlar chastotasini sezilarli darajada pasaytiradi va sovuq dvigatellarni yurgazishni yengillashtiradi. Dvigatelni yurgazish uchun tirsakli valga nafaqat minimal yurgazish tezligidan yuqori tezlik berish, balki uni dvigatel silindrlarida uchqun alangalana oladigan ishchi aralashma hosil bo'lishi uchun bir necha bor (2-3 marta) aylantirish ham kerak.
Avtomobilni ishlatish jarayonida startyor sezilarli yuklanish bilan ishlaydi. Startyor ulanishining o’rtacha chastotasi 100 km bosib o’tilganda yengil avtomobillar uchun shahar sharoitida 28 km ni, yuk avtomobillari uchun 22 km ni(shahar va shahar atrofida) tashkil qiladi. Avtomobilning bir kunlik bosib o’tgan yo’li ortishi bilan ulanish chastotasi oasayadi. Issiqlayin va sovuqlayin yurgazishning o’rtacha davomiyligi mos ravishda 0,7-1,5 soniya va 3-10 soniya bo’ladi
46. Startorni avtomobildan yechmasdan turib ishga yaroqligini tekshirish uchun kesim yuzi katta
bo‘lgan sim bilan tortish relesidagi kontakt boltlarini o‘zaro tutashtirish kerak. Elektrodvigatelning
aylanishi uning ishga yaroqliligining belgisidir. Tortish relesini tekshirish uchun uni chulg‘amlarining
umumiy chiqish simini bevosita akkumulatorlar batareyasining musbat qutbiga ulanadi. O‘t oldirish kaliti
va uning zanjiri qo‘shimcha rele chulg‘amlarini bevosita akkumulatorga ulash yo‘li bilan tekshiriladi.
47.Ўт олдириш калити 2 уланган ва узгич контактлари 7 ва 8 туташ бўлганда ўт олди-риш ғалтаги 5 нинг бирламчи чулғамидан ток ўта бошлайди. Бу ток ўт олдириш ғалтагида магнит майдонини ҳосил қилади. Магнит майдон ўт олдириш ғалтагининг ҳар иккала чулғамини ҳам қамраб олади.
Кейинги дақиқада айланаётган кула-чок 9 контактлар 7 ва 8 ни ажра-тади ва бирламчи ток занжирини узади.
23. KONTAKTSIZ -TRANZISTORLI VA INTEGRAL ROSTLAGICHLARDA STABILITRON QANDAY VAZIFANI BAJARADI . KONTAKTSIZ -TRANZISTORLI.Sxemada o‘lchov elementi vazifasini R1 va R2 qarshiliklar, taqqoslash (sezuvchi) element vazifasini esa stabilitron VD1 bajaradi. Generator kuchlanishi belgilangan rostlanish kuchlanishidan past bo‘lganda, stabilitron VD1 teskari tomonga tok o‘tkazmaydi (ya’ni stabilitron yopiq). Stabilitron VD1 yopiq bo‘lganda, tranzistor VT1 ham yopiq bo‘ladi, chunki uning baza toki zanjiri uzilgan. Bu holda tranzistor VT2 ochiq bo‘ladi, chunki unda baza toki mavjud bo‘ladi va u quyidagi zanjir orqali o‘tadi: "+" qutb -tranzistor VT2 ning emitter-baza o‘tish joyi - RB qarshilik - "-" qutb.Generatorning kuchlanishi rostlanish qiymatidan past bo‘lganda, stabilitron VD1 va tranzistor VT1 berk bo‘ladi, qo‘shma tranzistor VT2, VT3 ochiq bo‘ladi, chunki unda baza toki mavjud bo‘ladi va u quyidagi zanjir orqali o‘tadi: "+" qutb - UOK - generator va rostlagichning - "V" qisqichi - R5 - VD2 - VT2 tranzistorning baza - emittor o‘tish joyi - VT3 tranzistorning baza - emitter o‘tish joyi - "massa" -"-"qutb. Qo‘shma tranzistor ochiq holda generatorning uyg‘otish toki mavjud bo‘ladi va u quyidagi zanjir orqali o‘tadi: "+" qutb - "V" qisqich - uyg‘otish chulg‘ami UCH - "SH" qisqich - qo‘shma tranzistor VT2-VT3 ning kollektor - emitter o‘tish joyi - "massa" - "−"qutb.
Do'stlaringiz bilan baham: |