11.INTEGRAL ROSTLAGICHNING TUZILISHINING O'ZIGA XOS TOMONLARINI IZOHLANG .integral rostlash elementi 2 va folgalangan getinaksdan yasalgan chiqish qisqichlari 4 o‘rnatilgan metall asos 1 dan iborat. Integral rostlash elementi tarkibiga plyonkali qarshiliklar bloki 3, yarim o‘tkazgich asboblar (tranzistorlar, diodlar, stabilitron) bloki 5 va kondensator 6 kiradi. Bloklar issiqlik o‘tkazuvchanlik qobiliyati katta bo‘lgan keramik plastinalardan iborat bo‘lib, ularga qobiqsiz tranzistorlar, diodlar, stabilitron payvadlangan va qalin plenka ko‘rinishidagi qarshiliklar yopishtirilgan. Rostlash elementi qopqoq 9 bilan yopilib, asos 1 ga yelimlanadi va teshik 8 orqali maxsus germetik pasta quyiladi. Asosning turtib chiqqan joyi 7 rostlagichni cho‘tka tutqichga to‘g‘ri o‘rnatilishini ta’minlaydi. Integral rostlagichlar qismlarga ajratilmaydi va ta’mirlanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |