Avtomobil elektr jihozlariga qo‘yiladigan asosiy texnik talablar


GENERATORNING ELEKTR TAVSIFNOMALARINI CHIZING VA IZOHLANG



Download 0,76 Mb.
bet10/103
Sana11.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#349467
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103
Bog'liq
mashinalar elektronikasi

GENERATORNING ELEKTR TAVSIFNOMALARINI CHIZING VA IZOHLANG . O‘zgaruvchan tok generatorlarining ishlash samarasi asosan salt ishlash, tashqi, tok-tezlik, tezlik-rostlash va ishchi tavsifnomalari bilan belgilanadi. Salt ishlash tavsifnomasi deb n = const va IYU = 0 bo‘lgan holda generator ishlab chiqqan EYUK E ni uyg‘otish toki IU ga bog‘liqligiga aytiladi. Salt ishlash tavsifnomasi (1.8 - rasm) bo‘yicha generator rejadagi kuchlanishga erishishi uchun rotorning zaruriy aylanishlar chastotasi aniqlanadi. Amalda salt ishlash tavsifnomasi fazaviy EYUK qiymati (Ef=4,44kchfF) orqali hisoblanadi. Tashqi tavsifnoma deb n = const, Ru=const bo‘lganda generator kuchlanishini yuklama tokiga bog‘liqligiga aytiladi, ya’ni Ug = f(Iyu ). Generatorning yuklama toki ortishi bilan kulanishni kamayishi quyidagi sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladi: stator chulg‘amlarining aktiv va induktiv qarshiliklaridagi kuchlanishni pasayishi, yakor reaksiyasi natijasida yuzaga keladigan magnit oqimning magnitsizlantiruvchi ta’siri hamda to‘g‘rilagich zanjiridagi kulanishni pasayishi hisobiga. Tashqi tavsifnoma, generator o‘z-o‘zini uyg‘otish (1.9-a rasm) va tashqaridan uyg‘otilish (1.9-b rasm) hollarida olinishi mumkin. Tezlik-rostlash tavsifnomasi deb, Ug=constbo‘lganda uyg‘otish tokining aylanishlar chastotasiga bog‘liqligiga aytiladi, ya’ni Iu=f(n). Tezlik-rostlashtavsifnomasi odatda yuklama tokining bir qator qiymatlarida aniqlanadi (1.10-rasm).Uyg‘otishtokining minimal qiymati yuklama toki nolga teng bo‘lganda va maksimal aylanishlarchastotasida aniqlanadi.Tezlik-rostlash tavsifnomasi Ug=const bo‘lganda, yuklama tokiningqiymati o‘zgarganda, uyg‘otish tokining o‘zgarish doirasini aniqlash imkonini beradi. Tok-tezlik tavsifnomasi deb Ug = const, Iu= const bo‘lganda, generator yuklama tokining rotor aylanishlar chastotasiga bog‘liqligiga aytiladi, ya’ni Iyu=f(n) (1.11-rasm). Tok￾tezlik tavsifnomasi generatorlarni loyihalashda va tanlashda katta ahamiyatga ega. Hozirgi zamon avtomobil generatorlarining barchasi yuklama tokining maksimal qiymatini cheklash xususiyatiga ega. Bu xususiyat generator rotorining aylanishlar chastotasi ya’ni, stator chulg‘amlarida induksiyalangan o‘zgaruvchan tok chastotasi ortishi bilan stator chulg‘amlarining induktiv qarshiligini faza chulg‘amlaridagi o‘ramlar soni kvadratiga proporsional ravishda o‘sishi bilan bog‘liq. Stator chulg‘amlaridagi o‘ramlar sonini o‘zgartirib, ularni shunday tarzda tanlash mumkinki, bunda maksimal aylanishlar chastotasida ham yuklama tokining eng katta qiymati generator uchun belgilangan maksimal miqdordan oshmaydi. Shuning uchun, bu xususiyatga ega bo‘lgan generatorlarga tok cheklash relesini o‘rnatish zarurati yo‘qoladi.Ishchi tavsifnomasi, deb generator salt yoki har xil qiymatdagi yuklamalar bilan ishlaganda uning kuchlanishi Ug ni aylanishlar chastotasi n ga bog‘liqligiga aytiladi, ya’ni Ug = f(n).Generatorning ishchi tavsifnomalaridan ko‘rinib turibdiki (1.12-rasm), yuklama tokining qiymatidan qat’iy nazar, rotorning aylanishlar chastotasi ortishi bilan generatorning kuchlanishi o‘sib boradi va uning qiymati tok iste’mol-chilari uchun xavfli bo‘lgan darajagacha ko‘tarilishi mumkin. ( Masalan, 12V li avtomobil tok tarmog‘i uchun - 28...30 V gacha). Bundan tashqari, generator harakatni dvigatelning tirsakli validan olganligi uchun, uning aylanishlar chastotasi juda katta chegarada o‘zgarib turadi. Shuning uchun, avtomobil generatori beradigan kuch￾lanishni avtomatik ravishda rostlab turish zarur.


Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish