22.4.3. Texnologik uzelning o‘lchanidigan va boshqaruvchi o‘zgaruvchilari hamda ularning me’yoriy ish rejimdagi qiymatlari 22.4.3.1. O‘lchanadigan o‘zgaruvchilar (datchiklar)
22.4.4. Standart tadbirlar 22.4.4.1. Sovuq start Umumiy mulohazalar «Sovuq start» mashqi issiqlik almashtirgichni xavfsiz va to‘g‘ri ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan harakatlar ketma-ketligini o‘rganishga imkon beradi.
Isitish uzeligacha va undan keyingi (ya’ni texnologik zanjir bo‘yicha undan yuqori va quyi) zarur qurilma ishga tushirishiga tayyor va barcha energetik tizimlar ishchi holatida turibdi, deb faraz qilinadi.
SHuningdek, quyidagi sitemalar ham ishga tushirishga tayyor holatda turibdi, deb faraz qilinadi:
Mahsulot va issiqlik eltgich idishlari;
Isitilgan havoni qabul qilib oluvchi apparatlar va issiqlik almashtirgichdan chiqayotgan sovitilgan issiqlik eltgich;
Umumiy vazifani bajaruvchi zavod tizimlari:
Zavod va asbob havosi;
Drenaj tizim.
Quyida sanab o‘tilgan hamma ishga tushirishidan oldingi operasiyalar bajarilganiga va qurilma ishga tushirishni boshlashga tayyor ekanligiga ishonch hosil qiling.
Ishga tushirishdan oldingi operasiyalar:
Liniyalarni va asbob-uskunani yuvish hamda tozalash.
Butun texnologik zanjir bo‘ylab, bosimning mavjudligini albatta nazorat qilgan holda quvurning o‘tkazuvchanligini tekshirish.
Qurilmaga elektr energiya, NO‘A havosi va texnologik havoni qabul qilish.
Qurilmaning ishlash qobiliyatini tekshirish, ishlashga tayyorlash va nasoslarni ishlatib ko‘rish.
NO‘A ni tekshirish va ishga tushirish (hamma rostlagichlar rostlovchi klapanlari berkilgan holdagi dastaki rejimda turishi kerak).
Ishga tushirishi to‘g‘risidagi qizitish uzeli ishi bilan bog‘liq barcha xizmatlar xodimlarini xabardor qilish.
Quyida ishga tushirish tadbiri tavsiflanadi, ya’ni texnologik uzelni ishga tushirishdagi Sizning harakatlaringiz bayon qilinadi.
Tadbir T-1 issiqlik almashtirgichning kirish va chiqish quvurlarida (truboprovodlarida) mahsulot va issiqlik eltgich bo‘yicha HV-001 va HV-003, HV-002 va HV-004 ajratkichlarni oching.
N-1A mahsulot nasosini ishga tushiring.
Eslatma. Issiqlik almashtirgichni ishga tushirishda doimo avval ancha sovuqroq suyuqlik uzatiladi.
FIRC-100 asbobi klapan yig‘masining rostlovchi klapani oldidagi BV-100 ajratkichlarni oching.
Mahsulot sarfi rostlagichi FV-100 ning klapanini quyida sekin qo‘lda oching.
Isitilgan mahsulotning harorati T-1 issiqlik almashtirgichdan chiqishda barqarorlanganda, zarur bo‘lsa, issiqlik eltgich sarfini shunday qiymatga o‘zgartirib qo‘yingki, bunda TIRC-330 ning harorati me’yordagiga (70.00S) yaqin bo‘lsin.
TIRC-330 harorat rostlagichiga 70.00S qiymatni o‘rnating va uni avtomatik rejimga o‘tkazing.
O‘lchanayotgan hamma kattaliklarni nazorat qiling va rostlagichlarning o‘rnatilgan qiymatlarini isitish uzelining talab etilgan rejimini ta’minlash uchun o‘zgartiring.
Isitish uzeli me’yorida ishlash rejimiga chiqarilgan.