22.5.4. Standart tadbirlar 22.5.4.1. Sovuq start Umumiy mulohazalar “Sovuq start” mashqi idishlar tizimini xavfsiz va to‘g‘ri ishga tushirish uchun zarur harakatlarning ketma – ketligini o‘rganib olishga imkon beradi. Zarur qurilma idishlar tizimigacha va undan keyin (ya’ni texnologik zanjir bo‘yicha undan yuqori va past) ishga tushirish uchun tayyor deb, faraz qilinadi.
Texnologik uzelga ishchi suyuqlikni uzatishdan oldin umumiy foydalanishdagi barcha tizimlar ishga tushirilgan, tekshirilgan va ishga tayyor bo‘lishi zarur.
Modellashtirilmaydigan quyidagi tizimlar ishga tushirish uchun tayyor holatda turibdi deb, faraz qilinadi:
Ishchi suyuqlikni uzatish uchun qurilma;
Ishchi suyuqlikni qabul qilish uchun idish;
umumiy vazifani bajaruvchi zavod tizimlari:
Zavod va asbob havosi;
Elektr ta’minot tizimi;
Azotni uzatish tizimi;
Drenaj tizimi.
Quyida sanab o‘tilgan barcha ishga tushirishdan oldingi operasiyalar bajarilganiga va qurilma ishga tushirishni boshlashga tayyor ekaniga ishonch hosil qiling.
Ishga tushirishdan oldingi operasiyalar:
Quvurlarni va asbob-uskunani yuvish hamda tozalash, tiqinlarni olib tashlash.
Bosimning mavjudligini albatta tekshirib, quvurlarning butun texnologik zanjir bo‘yicha o‘tkazuvchanligini tekshirish.
Elektroenergiya, NO‘A havosi va texnologik havoni, azotni qurilmaga qabul qilib olish.
Qurilmaning ishlash qobiliyatini tekshirish, nasoslarni ishlashga tayyorlash va ishlatib ko‘rish.
NO‘A asboblarini tekshirish va ishlashga kiritish (hamma rostlagichlarning rostlovchi klapanlari berk bo‘lib, dastaki rejimda bo‘lishi kerak).
Uzelning ishlashi bilan bog‘liq hamma xizmatlar xodimlarini ishga tushirishning boshlanishi to‘g‘risida xabardor qilish.
Qo‘yida ishga tushirish tadbiri tavsiflanadi, ya’ni texnologik uzelni ishga tushirishda Sizning harakatlaringiz ketma – ketligi tavsiflanadi.
Tadbir. E – 1 idishga suv uzating. Buning uchun FIRC – 110 asbobining klapan yig‘masidagi rostlovchi klapanning BV – 110 ajratkichlarini oching, FIRC– 110 sarf rastlagichi klapanini 25%ga oching.
E – 1 idishga azot kiritish uchun RIRC – 210 rostlagichining “V” klapanini taxminan 50%ga oching.
E – 1 dagi bosim 4.22 kg/sm2 ga yaqin bo‘lganda, RIRC – 210 rostlagichni 4,22 kg/sm2 o‘rnatmaga qo‘yib, avtomatik rejimga o‘tkazing.
E – 1 idishdagi suyuqlik sathi (datchik LIRC – 410) 30%li belgiga yaqinlashsa, LIRC – 410 asbobining klapan yig‘masida rostlovchi klapanning BV – 410 ajratkichlarini oching, suyuqlikni E – 2 idishga uzatish uchun oqim yo‘lidagi LV – 410 klapanni qo‘lda oching.
LIRC – 430 datchigi E – 2 idishda sathning taxminan 10% gacha ortganini qayd etsa, azotni kiritish uchun RIRC – 230 rostlagichning “V” klapanini taxminan 20%ga oching.
E – 2 idishdan biroz suyuqlikni chiqarish uchun LIRC – 430 rostlagich klapani LV – 430 ning klapanini sekin qo‘lda oching.
E – 2 dagi sath 50% gacha ko‘tarilganda, LIRC – 430 rostlagichni 50%li o‘rnatmaga qo‘yib, qiymat o‘rnatib, avtomatik rejimga o‘tkazing.
FIRC – 110 suv sarfi rostlagichini avtomatik rejimga o‘tkazing va sekin asta sarflashga belgilangan o‘rnatmani 227.0 m3/soat gacha asta – sekin orttira boring.
SHundan so‘ng idishlar tizimi hisobdagi ish rejimiga chiqadi.