Axborot tizimlari va ularning turlari
Axborot tizimi tushunchasini kiritishdan oldin tizim (sistema) deganda nimani tushunishimizni aniqlab olaylik. Тizim (sistema) deganda, yagona maqsad yo`lida bir vaqtning o`zida ham yaxlit, ham o`zaro bog`langan tarzda faoliyat ko`rsatuvchi elementlar (ob`ektlar) majmuasi tushuniladi. Demak, xar qanday tizim biror-bir aniq maqsad yo`lida xizmat qiladi. Masalan, sizga ma`lum bo`lgan shaxar telefon tarmoqlari tizimi, insondagi yurak qon-tomir tizimi, asab tizimi va boshqalar sun`iy yaratilgan va tabiiy tizimlarga misol bo`la oladi. Ularning xar biri tizimga ko`yiladigan barcha shartlarga javob beradi, ya`ni, xar biri o`ziga xos yagona maqsad yo`lida faoliyat ko`rsatadi va tizimni tashkil etuvchi elementlardan iborat.
Informatikada «tizim» tushunchasi ko`proq texnik vositalar, asosan, kompyuterlar va murakkab ob`ektlarni boshqarishga nisbatan ishlatiladi. «Тizim» tushunchasiga «axborot» suzining qo`shilishi uning belgilangan funksiyasini va yaratilish maqsadini aniq aks ettiradi.
Axborot tizimi — belgilangan maqsadga erishish yo`lida axborotni yig`ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo`llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o`zaro bog`langan majmuasidir.
Axborot tizimlari odamlar va tashkilotlar yig'ish, filtrlash, qayta ishlash, yaratish va tarqatish uchun foydalanadigan ma'lumotlarga va qo'shimcha dasturiy ta'minot tarmoqlariga aniq havola qilingan tizimlarni akademik o'rganishdir. ma'lumotlar. Axborot tizimining aniq chegarasi, foydalanuvchilari, protsessorlari, saqlash, kirish, chiqish va yuqorida aytib o'tilgan aloqa tarmoqlariga ega bo'lgan axborot tizimiga e'tibor qaratiladi
256. “Microsoft Word” matn muharriri bilan ishlash.
Matnlar bilan ishlash.
Microsoft Word matn muxarriri.
Kompyuterdan foydalanuvchi ish jarayonida biror xujjatni tez va yuqori sifatida kirill yoki lotin alifbosida tayorlash hamda chop qilish zaruratiga ko'pincha duch keladi. Bunday vaziyatda u Microsoft firmasi tomonidan yaratilgan WORD dasturida ishlashni bilishi lozim.
MS WORD - bu matnli xujjatlarni tuzish, ko'zdan kechirish, taxrir qilish va chop etish uchun xizmat qiluvchi xamda Microsoft Office dasturlari guruxiga kiruvchi zamonaviy matn muxarriridir. Word matn muxarriri imkoniyatlari.
-Matnni kiritish, taxrir qilish va ko'zdan kechirish;
-Qator oraliqlari abzatsini o'rnatish;
-Avtomatik tarzda matnni saxifalarga bo'lish;
-Matn qismni ajratish va uni kerakli joyga nusxalash;
-Xujjat mundarijasini tuzish;
-Matematik, kimyoviy formulalarni yozish;
-Xar xil shriftlarda - oddiy, og'ma, tagiga chizib yozish;
-Bir vaqtda bir nechta oynada xujjat tayorlash;
-Matnda xar xil shakl, grafik va rasmlardan foydalanish;
-Turli ma'lumotli jadvallar tuzish;
-Avtofiguralar chizish, titul varaqalarini jihozlash va shu kabi yana bir turkum ishlarni bajarishi mumkin;
Do'stlaringiz bilan baham: |