1-topshiriq. Badiiy asarlardan,ya'ni nasriy yoki she'riy asarlardan ekspressivlikni ta'minlashda xizmat qiluvchi vositalar(unlilarni cho'zish,ya'ni birdan ortiq yozish; undoshlarni qavatlantirish; tovushlarni takrorlash; so'zlarni noto'g'ri talaffuz qilish) ishtirok etgan misollarni topib yozing.Yuqorida aytib o'tilgan o'rinlarni kursivda, boshqa rangda yoki tagiga chizib ajratib ko'rsating. Bunda albatta asar muallifi va nomi, sahifa raqami ko'rsatilishi shart.
Qavs ichida berilganlarning har biriga 2 tadan, jami 8 ta misol bo'lishi lozim.
Ortiq jizzaki ko’rinmaslik uchun bos-i-iq tovush bilan dedi... (P.Qodirov).
Yunusxo‘janing shu vajohati Tarxonning kallasini sapchadek uzib tashlagudek edi, - Se-en?! —o‘dag‘ayladi Yunusxo‘ja. -Ha, me-en! - dedi Tarxon tap-taqir boshini silab (X.Do‘st. "Oq libos" hikoyasi).
3.«Sharq» sahnasi bilan "Turon»ning to’rtta karnayi: g'o-o-o-o-ot, go’-o-otu-u-u g’o-o- o-ot!G’ot-g'ot-g'ot! Ha, tovushing o’chkur, ha, egasiz qolg'ur!! (A. Qodiriy).
4. Mening xotinim bo’lib, aroq ochishni bilmaysanmi? – dedi mingboshi, xoxolab kuldi. - o’rgan! Mana qarab tur! – Shishaning tagiga yo’g'on shapalog'i bilan ikki marta urdi, po’kak chachrab chiqib shiftga tegdi, so’ngra u yerdan sachrab tovchadagi katta jomga kelib tushdi, «jar-r-rang!»... etdi jom. -Ha-ha-ha!.. –dedi mingboshi. Jomlaringni jaranglatdim. sintaloq! (Cho’lpon).
5. Xo’p, bo’pti. Uning oti Zulfiqor, fomilasi... -aytaveraymi, deb unga qaradi. (S.Ahmad).
6. So'zlarni noto'g'ri talaffuz qilish:
- Kotibadan, kirsam mumkinmi, deb so‘rash kerak.
-Jinni bo‘ldingmi, Nemat?
- Men sizga Ne’mat emasman, o‘rtoq Babbaev bo‘laman, o‘rtoq Xajjayip (S.Ahmad, "Mening do‘stim Babbaev" hajviyasi).
7. Ukaginam, bu kennoyingizga zagsda patta kesilmagan. Bechora giroy bo’laman deb rosa tug’di. To’qqizinchisini tug’di-yu o’zimizning til bilan aytganda brakka chiqib qoldi. (S.Ahmad).
8. Kotibadan, kirsam mumkinmi, deb so’rash kerak. -Jinni bo’ldingmi, Ne'mat?
-Men sizga Ne'mat emasman, o’rtoq Babbayev bo’laman, o’rtoq Xajjayip.(S.Ahmad)
9.. o’h-ho’,bunaqa sigir bozorda falon pul bo’lsa kerak.(S.Ahmad).
10. - Shayxantovur yarmankasiga ro‘za bo‘yi mol yoyg‘on juvonlar, kampirlar, qizlar, tumsalar faeyue bir qiyofa bilan «alvido, yo mohi ramazon», deb ro‘mol silkitadirlar (A.Qodiriy, "Aralash" hangomasi).
Do'stlaringiz bilan baham: |