Axbort tizimi - belgilangan maqsadga erishish yo‘lida axborotni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo‘llaniladigan usullar, vositalar va shaxslarning o‘zaro bog‘langan majmuasidir.
Axborot tizimlari jamiyat paydo bo‘lgan paytdan boshlab mavjud bo‘lgan, chunki rivojlanishning turli bosqichida jamiyat o‘z boshqaruvi uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu, ayniqsa ishlab chiqarish jarayonlari – moddiy va nomoddiy ne’matlarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular jamiyat rivoji uchun hayotiy muhim ahamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish jarayonlari tezkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan boshqarish ham murakkablashadiki, o‘z navbatida, u axborot tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirishni rag‘batlantiradi.
Kibernetik yondoshuvga muvofiq boshqaruv tizimi boshqaruv ob’ekti yig‘indisini (masalan, korxonalar, tashkilotlar va hokazo) va boshqaruv sub’ekti, boshqaruv apparatini o‘zida namoyon etadi. Boshqaruv apparati deganda maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabul qilingan qarorlarga talablarni moslashtiruvchi, shuningdek ularning bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlar tushuniladi. Boshqaruv ob’ekti vazifasiga esa boshqaruv apparati ishlab chiqqan rejalarni bajarish kiradi, ya’ni boshqaruv tizimining o‘zi shu ishlarni amalga oshirish uchun tuzilgandir.
262. Elektron o’quv qo’llanmalarida animasiyadan foydalanish
Elektron o‘quv adabiyotlarining elektron(multimediaviy) darslik, elektron o‘quv qo‘llanma, elektron ma’lumotpoma, elektron plakat, elektron qomus (entsiklopediya), elektron lug‘at, elektron laboratoriya praktikumi, elektron masalalar to‘plami kabi turlari mavjud. Ushbu elektron o‘kuv adabiyotlarining asosiy qismi zamonaviy elektron o‘quv-metodik materiallar majmui tarkibiga kiradi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishda elektron o‘quv-metodik materiallar majmui bilan an’anaviy o‘quv metodik materiallar majmuidan birgalikda foydalanish maqsadga muvofiq. Elektron o‘quv-metodik materiallar majmui asosini elektron darslik tashkil etadi. Elektron darslik - kompyuter texnologiyasiga asoslangan o‘quv usulini qo‘llash, mustaqil ta’lim olish hamda fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan bo‘lib:
o‘quv va ilmiy materiallar fakat verbal (matm) shaklida;
o‘quv materiallar verbal (matn) va ikki o‘lchamli grafik shaklda;
multimedia (multimedia - ko‘p axborotli) qo‘llanmalar, ya’ni ma’lumot uch o‘lchamli grafik ko‘rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklda;
Elektron qo‘llanmalarning asosiy vazifa va imkoniyatlari quyidagilardan iborat:
o‘quv jarayonini optimallashtirish va zamonaviylashtirish;
o‘quv materialini mustaqil o‘rganish imkoniyati;
o‘quv jarayonini ko‘p darajaliligi, variativligi, mosla-nuvchanligi va shaxsga yo‘naltirilganligini ta’minlash;
o‘quvchilarning ijtimoiy va kasbiy mobilligi, motivatsiya darajasining oshishi;
ong - bilim darajasining kengayishi;
bilish va kasbiy faoliyat modellarining shakllanishi;
darslikni mustaqil ishlashda didaktik vosita sifatida qo‘l-lanilishi.
263. Elektron pochta bilan ishlash.
Internetning asosiy xizmat turlaridan biri bu – elektron pochtadir. Hozirgi paytda internetdan foydalanuvchilarning aksariyati elektron pochtadan foydalanishadi. Elektron pochtadan to’g’ri va unimli foydalanish uchun quyidagi tavsiyalar bilan tanishib chiqish foydadan holi bo’lmaydi.
lektron pochta maxsus programma bo’lib, uning yordamida siz dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron adresga xat, hujjat, va umuman ixtiyoriy faylni jo’natishingiz va qabul qilib olishingiz mumkin. Eng asosiysi xat bir zumda manzilga yetib boradi. Lekin, undan foydalanish uchun siz Internet tarmog’iga bog’langan bo’lishingiz va elektron adresga ega bo’lishingiz kerak. Elektron adresni provayder beradi. Internetda bepul elektron pochta xizmatlari mavjud. Ular yordamida o’zingizga elektron adres ochishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |