Bosim datchiklari
Qishloq va suv xo’jaligida qo’llaniladigan bosim datchiklarining turlari ko’p bo’lib, ular suyuqlik va gazlar bosimini o’lchash uchun xizmat qiladi. Ko’pchilik bosim datchiklarining ish prinsiplari bosim kuchini mexanik kuchlarga aylantirib berish prinsipiga asoslangan bo’ladi. Bunday datchiklarning qabul qiluvchi elementlari o’lchanayotgan bosim ta’sirida bo’ladi. Yuqori bosimlarni o’lchashda bosim ta’sirida o’tkazgichning elektr qarshiligi o’zgarishi xodisasiga asoslangan datchiklar qo’llaniladi. Gazlarning kichik bosimlarini nazorat qiladigan datchiklarda esa ularning issiqlik o’tkazuvchanligi, yumshoqligi, ionlanish darajasi kabilar xisobga olinadi.
Qishloq va suv xo’jaligida mexanik qabul qilish elementiga ega bo’lgan suyuqlikli, porshenli, membranali hamda silfonli datchiklar qo’llanilib kelinmoqda. Suyuqlikli bosim datchiklarining U-shaklli (2.19, a-rasm), qo’ng’iroqchali (2.19,b-rasm), gidrostatik (2.19,v-rasm), membranali (2.19, g-rasm), silfonli (2.19,
d-rasm), manometrik trubkali (2.19, ye-rasm) turlari mavjud.
U-shaklli suyuqlik datchiklarida bosimlar farqi F = F1 – F2 suyuqlik ustuni og’irligi bilan muvozanatlashadi:
∆F = ήh, (2.17)
Bu yerda, ή- suyuqlikning solishtirma og’irligi.
Qo’ng’iroqchali tizimlarda bosimlar farqi ∆F = F1 – F2 qo’ng’iroqchani aralashuvini hosil qiladi va natijada F1 bosimni aniqlash imkoniyati tug’iladi.
Gidostatik tizimlarda xalqali tarozili kameraning burilish burchagi bosimlar farqi ∆F = F1 – F2 ga proporsional bo’ladi.
2.19-rasm. Suyuqlikli bosim datchiklarining turlari:
– U-shaklli; b) – qo’ngiroqchali; v) – gidrostatik, g) – membranali, d) – silfonli, ye) – manometrik trubkali.
Suyuqlikli bosim datchiklari aniq va bir me’yorda ishlashi bilan bir qatorda ularning ekspluatatsion noqulayliklari (kichik oraliqlarda o’lchash sharoitlari, faqatgina vertikal holatda ishlashi, katta o’lchamlarga ega bo’lganligi kabilar) sababli oxirgi paytlarda ularni o’rnini takomillashgan datchiklar egallamoqda.
Membranali datchiklarda (2.19,a-rasm) elastik plastina (membrana) nazorat qilinayotgan muxit bosimi ta’sirida bo’ladi va kontaktli tizim bilan mustaxkam bog’langan shtokka ta’sir ko’rsatadi. Bunday turdagi datchiklar sodda tuzilishi, puxtaligi, o’lchovlarni yetarlicha aniqlik bilan o’lchashi sababli ularni qo’llash yil sayin ko’payib bormoqda.
Silfonli datchiklar (2.19,b-rasm) egiluvchan materialdan yasalgan gofrirovanli yupqa devorli trubkadan tashkil topgan bo’ladi. Тashqi va ichki bosimlar farqini unga ta’sir qilayotgan kuch hosil qiladi. Bu kuch ta’sirida silfonning cho’zilishi va qisilishi hosil bo’ladi. Silfonning bo’sh uchini siljishi ko’rsatkich strelkasi va xarakatlanuvchan kontaktlari orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |