M0+M v 7
Nisbiy namlik: ^ :
bu yerda ax
am
Namlik datchiklarining klassifikatsiyasi va ish prinsiplari
Ish prinsipi bo’yicha elektrik namlik dachiklari elektrofizikaviy va elektro- parametrik turlariga bo’linadi. Elektrofizikaviy datchiklar radiatsion va magn ito- yaderli rezonans dachiklarini o’z ichiga oladi. Radiatsion dachiklarning ish pri nsipi nam muxitnig infraqizil nurlarni, yuqori chastotali elektromagnit tebralishlarni, - nurlar va neytron nurlanishlarni qabul qilish darajasini o’lchashga asoslangan bo’ladi. Magnitoyaderli rezonans datchiklarining ish prinsipi esa vodorod atomlari yadrosi va namlikning radiochastotali magnit maydonini qabul qilishi prinsipida ishlaydi.
Elektroparametrik datchiklar konduktometrik, dielkometrik va gigrometrik turlarga bo’linadi. Konduktometrik datchiklar elektrokimyoviy o’zgartirgichlar tarkibiga kiradi va ishlash prinsipi muxitning elektr o’tkazuvchanligini o’zgarishi natijasida namlikni aniqlashga asoslangan bo’ladi. Chiqish ko’rsatgichi bo’lib bun- da muxit o’tkazuvchanligi hisoblanadi.
Dielkometrik datchiklar dielektrik singdiruvchanlik (E=2...10 - qattiq jismlar uchun; E=81-suv uchun) yoki dielektrik isrof tangens burchagi qiymatlari bo’yicha namlikni aniqlanadi.
Gigrometrik datchiklar elektronli o’zgartirgichlar guruhiga mansub bo’lib, ularning ishlash prinsipi qo’shimcha gigroskopik zarrachalarning mexanik yoki elektrik xarakteriskalarini o’zgarishiga asoslangan bo’ladi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida gazlar va xavo namliklari datchiklari keng miqyosda qo’llaniladi. Ularning quyidagi turlari mavjud: gigrometrik dila- tometrik datchiklar - namlik ta’sirida chiziqli o’lchamlari o’zgarishiga, gigristorlar, elektropsixrometrlar, xarorat - muvozanatli va kondensatsion datchiklar - qarshilik o’zgarishiga hamda radioskopik va infraqizil datchiklar - gaz va xavoning fizikaviy xususiyatlarini o’zgarishiga asoslangan bo’ladi.
Xavo namligini aniqlashning psixrometrik usuli quruq va suv bilan nam- langan ikki termometrlarni qo’llashga asoslangan bo’ladi. Bu prinsipda namlikni nazorat tizimi datchiklari-elektropsixrometrlar ishlaydi. Elektropsixrometrning prinsipial sxemasi 2.23-rasmda keltirilgan.
a
10 (2.29)
м
1V1
N = 100,% (2.
M
0
Muvozanatsiz, ko’prikning ikki yelkasiga ikkita bir hil yarimo’tkazgichli termorezistorlar ulangan bo’lib, ular gigroskopik keramik trubkaga joylashtiriladi. Birlamchi trubkanig bir tomoni suvga tushuriladi, ikkinchi tomoni esa xavoda tu- radi. Ya’ni termorezistor (Rg) quruq trubkada joylashadi va uning xarorati xavo xaroratiga teng bo’ladi. Suv bilan namlanadigan ikkilamchi trubkadagi termore- zitorning (R n) qarshiligi namning parlanishiga bog’lik bo’ladi va bug’lanish ja- rayonida xaroratning kamayishi hisobiga uning qarshiligi nisbatan yuqori bo’ladi. Xavo namligi qanchalik kam bo’lsa, nam trupka sirtidan suvning parlanishi tezroq bo’ladi. Bunda Rk va Rn orasidagi farq katta bo’ladi va o’zgartirgichdagi (U) ch i- qish signali kuchliroq bo’ladi.
rasm. Elektropsixrometrning prinsipial sxemasi.
Maxsulotlar namligini aniqlaydigan elektrik datchiklar konduktometrik (muxitning elektr o’tkazuvchanligi o’zgarishi), dielkometrik (dielektrik singdiruvchanligi E o’zgarishi), radioizotopli, elektroabsorbsionli, ultrotovush va SVCh (o’ta yuqori chastotali) datchiklarga bo’linadi.
Konduktometrik va dielkometrik datchiklar silindrik yoki tekis xavo kon- densatorlaridan yasalgan elektrodlardan yoki igolkali elektrodlardan ham tashkil topgan bo’ladi. Maxsulot kondensatorlar orasiga joylashtirib, uning namligi aniqlanadi.
Generator datchiklari
Generator datchiklarida bevosita sezgir elementlar kirish signali (x) chiqish signaliga (u) o’zgartiriladi. Ushbu o’zgartirish kirish signali energiyasi hisobiga bo’ladi va chiqish signali elektr yurituvchi kuch ko’rinishida hosil bo’ladi. Bu turdagi datchiklar juda sodda tuzilgan bo’ladi va qo’shimcha energiya manbaisiga ega bo’lishi shart emas.
Generator datchiklari induksion, fotoelektrik, p’ezoelektrik va termoelektrik datchiklari (termoparalar) guruxiga bo’linadi.
Induksion datchiklar
Induksion datchiklarning ish prinsipi elektromagnit induksiya qonuniga asoslangan bo’ladi, ya’ni magnit oqimi o’zgartirilayotgan konturda EYUK xpsil bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |