Avtomatika va elektrotexnika



Download 0,84 Mb.
bet1/5
Sana27.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#413922
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ЛАБОРАТОРИЯ ЭЛ ТЕХ МАТ


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZI RLIGI


ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
AVTOMATIKA VA ELEKTROTEXNIKA” FAKULTETI
ELEKTROTEXNIKA, ELEKTROMEXANIKA VA ELEKTROTEXNOLOGIYALAR” KAFEDRASI

ELEKTR TEXNIK MATERIALLAR” FANIDAN




LABORATORIYA MASHG’ULOTLARI UCHUN


USLUBIY KO’RSATMA
2018 YIL
1 – Laboratoriya ishi
Izolyatsion materiallarning elektr o’tkazuvchanligi.

Har qanday dielektrik elektr maydon ta’sirida bo’lganda elektr tokini o’tkazadi, bu qiymat o’tkazuvchi materiallarni elektr o’tkazuvchanligiga nisbatan bir necha bor kichik bo’ladi. Dielektriklarni elektr o’tkazuvchanligi o’tkazgich materiallardan farqlanib, ularda elektron va ion o’tkazuvchanlik kuzatiladi. Dielektriklarda elektr o’tkazuvchanlik kuchli elektr maydon tahsirida erkin zaryadlarning Harakati hisobiga hosil bo’ladi.
Qattiq dielektriklarda elektr o’tkazuvchanlik ichki yoki sirt toki bo’yicha kuzatiladi. O’zgarmas kuchlanish tahsirida dielektriklarda elektr o’tkazuvchanlik aniqlanadi. Bunda dielektrikdan ichki tok o’tib, absorbtsiya toki faqat kuchlanishni ulash yoki uzish paytida bo’ladi. Ko’ndalang kesim yuzasi S va qalinligi h bo’lgan dielektrikning Hajmi qarshiligi R quyidagi ifodadan aniqlanadi:
R=ρh/S

bu yerda R – namuna qarshiligi, Om;


h – namuna qalinligi, m;
S – namuna yuzasi, m2;
Dielektrikning solishtirma Hajmi qarshiligi:


ρ =RS/h

Shunday qilib r qiymati bo’yicha turli dielektriklarni o’zaro bir-biri bilan taqqoslash mumkin. r qiymatiga sun’iy ravishda bir muncha fizik ma’no berish mumkin.


Agar h birligi (m), S – (m²), R – (0m) bo’lsa, bunda r birligi (0m×m) bo’lib, r qiymati dielektrikning son jiHatdan qarshiligini bildiradi. Bu qiymat material xususiyatiga, qanday materialdan tayyorlanganligiga ham bor’liq. Agarda h = 1m, S = 1m2 bo’lsa,, u holda son jiHatdan ρ qiymat R ga teng bo’ladi, yahni ρ son jiHatdan dielektrik qarshiligiga teng bo’lib, tomonlari 1m ga teng kub shaklidagi dielektrik namunasining qarshiligiga teng bo’ladi.
Dielektrikning solishtirma Hajmi qarshiligi:


ρ =RS/h
Shunday qilib r qiymati bo’yicha turli dielektriklarni o’zaro bir-biri bilan taqqoslash mumkin. r qiymatiga sunhiy ravishda bir muncha fizik mahno berish mumkin.
Agar h birligi (m), S – (m²), R – (0m) bo’lsa, bunda r birligi (0m×m) bo’lib, r qiymati dielektrikning son jiHatdan qarshiligini bildiradi. Bu qiymat material xususiyatiga, qanday materialdan tayerlanganligiga Ham bog’liq. Agarda h = 1m, S = 1m2 bo’lsa,, u holda son jihatdan ρ qiymat R ga teng bo’ladi, yahni ρ son jihatdan dielektrik qarshiligiga teng bo’lib, tomonlari 1m ga teng kub shaklidagi dielektrik namunasining qarshiligiga teng bo’ladi.
Dielektrikning yuza qarshiligi RS quyidagi ifoda bilan aniqlanadi: Rs=rsa/b
bu yerda a– elektrodning uzunligi, m;
b - elektrodlar orasidagi masofa, m;
rs – dielektrikning solishtirma yuza qarshiligi, Om.
Dielektrikning solishtirma yuza qarshiligi:
r s=Rsb/a
Agar a = 1m, b= 1m bo’lsa rs qiymati son jihatdan Rs ga teng bo’ladi.
Dielektriklarda elektr o’tkazuvchanlikni aniqlash uchun o’zgarmas kuchlanish tahsirida dielektrikning hajmi bo’yicha elektr toki o’tkaziladi va elektrodlar qarama-qarshi yuzaga o’rnatiladi. Bu elektrodlar galg’vanometr orqali elektr manbaiga ulanadi.
Qarshilik qiymati Om qonuni bo’yicha aniqlanadi:
R=U/I
So’ng, namunani geometrik o’lchamlari aniqlanadi va quyidagi ifodalar yordamida Hisoblanadi:
R=U/I=ρh/S yoki Rs=U/I=ρsh/S
bu yerdan ρ=US/Ih yoki ρs=Ub/Ia
Namunalarda hajmiy va yuzaviy elektr o’tkazuvchanlikni aniqlash uchun uchta elektroddan foydalaniladi. 1-rasmda elektrodlar chizmasi keltirilgan.

  1. – namuna (qattiq dielektrik);

  2. –tashqi elektrod;

3 – himoya elektrod;
4 – ichki elektrod.

rasmda dielektriklarda sodir bo’ladigan hajmiy elektr o’tkazuvchanlikni aniqlash chizmasi keltirilgan

Rasmda dielektriklarda sodir bo’ladigan yuzaviy elektr o’tkazuvchanlikni aniqlash chizmasi keltirilgan.


1 – namuna (qattiq dielektrik);
2 –tashqi elektrod;
3 – Himoya elektrod;
4 – ichki elektrod

3-rasmda dielektriklarda sodir bo’ladigan yuzaviy elektr o’tkazuvchanlikni aniqlash chizmasi keltirilgan.



3 – rasm. A, V, S – namuna ulash uchun qisqichlar; G – ko’zguli galg’vanometr; Iv- hajmiy tok; IS- yuzaviy tok
4-rasmda dielektriklarda hajmiy va yuzaviy elektr o’tkazuvchanligini o’lchash chizmasi keltirilgan.



G – ko’zguli galvanometr;
N – universal shunt;
A, V, S – namuna ulash uchun qisqichlar;
R0 – namunaviy va himoya qarshilik;
K1 – kuchlanish qutbini o’zgartiradigan kalit;
K2 – kuchlanishni elektrodlarga ulaydigan kalit;
K3 – galg’vanometrni zanjirga ulaydigan kalit;
V - to’g’irlagich;
V - volg’tmetr.
Zanjirdagi shunt (N) galvanometrning o’lchash chegarasini kengaytirish uchun qo’llaniladi.
R0 - qarshilik galvanometrning katta tok qiymatini chegaralash uchun xizmat qiladi.
Zanjirda ishlash.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish