Birinchi tajriba. Galvanometrning dinamik doimiyligini aniqlash:
A va V qisqichlarni o’zaro qisqa tutashtirish kerak.
To’g’irlagich orqali volg’tmetrda 100V kuchlanish beriladi.
Shunt sonini n = 10000 qo’yiladi.
Galvanometr manbaga ulanadi.
K3 kalitni bosiladi va galvanometr nurining siljishi aniqlanadi (α1).
Bunda K2 kalit " I " holatda bo’ladi.
K3 , kalit qo’yib yuboriladi va K1 kalit yordamida kuchlanishni qutbi o’zgartiriladi, 1.5. bajariladi va α2 aniqlanadi.
IzoH: Agarda galvanometr nuri 20 mmdan kam bo’lsa, shunt soni o’zgartiriladi; shunt soni 10 000 va 1000 qiymatda bo’lganda,
K3 – kaliti bosilganda kuchlanish qiymati kamaysa, u holda kuchlanishni 100 V teng olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |