9.2 - rasm. Avtomatlashtirishning strukturaviy sxemasi. Strukturaviy sxemalar “Texnik loyiha” bosqichida yaratiladi va ular tizimni
va avtomatlashtirish sxemasini loyihalash uchun printsipial asos hisoblanadi.
Oddiy ob’ektlar uchun strukturaviy sxemalarni yaratmaslikka ham ruxsat
beriladi va bu holda loyihaning ish bayonida boshqarish strukturasi to‘g‘risida
ma’lumotlar keltiriladi.
9.2.3. Avtomatlashtirishning printsipil sxemalari
Printsipial sxemalar elementlarning o‘zaro elektr ulanishlarni
ifodalaydi ular funktsional sxemalar asosida yaratiladi. Ushbu turdagi
sxemalarda avtomatika elementlari davlat standartlariga binoan belgilanadi.
Printsipial sxemalar barcha elementlar va ular orasidagi bog‘lanishlarni hamda
sxemaning ish printsiplari to‘g‘risida aniq tushunchalar beradi (9.4- rasm).