III. Umumiy nazariy mahlumotlar Faza rotorli va xalqasimon kontaktli ADni yurgizish, rotor zanjiridagi yurgizish qarshiliklari sektsiyalarini alohida birin-ketin (elektr yuritmani tezligi oshishi bilan) shuntlash bilan amalga oshiriladi. Yurgizish qarshiligining navbatdagi sektsiyasining shuntlanishi rotorni aylanish tezligi mahlum qiymatga erishganda (bunda statorning yurgizish toki va momenti mahlum qiymatgacha kamaygan bo’ladi) ro’y beradi, yahni bu jarayon vaqt mobaynida amalga oshiriladi. Demak, asinxron dvigatelning avtomatik yurgizishni, vaqt asosida bajarish mumkin. Buning uchun dvigatelni avtomatik yurgizish sxemalarida vaqt relesi qo’llaniladi.Z
Dvigatelni silliq yurgizishini tahminlash uchun eng katta yurgizishli momenti Myurg1 va eng kichik (qayta ulanish) momenti Myurg2 orasida o’zaro bog’lanish (nisbat) bo’lishi kerak. Bu nisbat qarshilik pog’ona-larining soni(z)ga bog’liq. Odatda qarshilikning alohida sektsiyalarini qiymatini hisoblash uchun eng katta yurgizish momenti Myurg1 va pog’onalar soni zberilgan bo’ladi (odatda 2-3 pog’ona). U holda qayta ulanish Myurg2 momenti quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
(15.1)
bu yerda SH va MH dvigatelni sirpanishi va momentining nominal qiymatlari.
Yurgizish qarshiligini har bir pog’onasining qiymati analitik yoki grafik usulida aniqlanishi mumkin. Yurgizish qarshiligining qiymatini grafik yul bilan aniqlash va faza rotorli AD ni yurgizishning har bir pog’onasidagi tezlanish vaqtini aniqlash usuli adabiyotlarda keltirilgan.
Faza rotorli asinxron dvigatellarda teskari ulash rejimi to’la to’xtatish uchun ishlatiladi. «O’ng» yo’nalishda ishlayotgan dvigatelni (bu holatda 15.1-rasmda L va 2-tez kontaktli ulangan) teskari ulash bilan to’xtatish rejimga o’tkazilganda magnit maydon aylanishini yo’nalishi teskari tomonga o’zgaradi. Buning uchun L kontakti ochiladi. T kontakti esa yopiladi va stator zanjiridagi fazalardan ikkitasini o’rinlari almashib ulanadi. Xuddi shu vaqtning o’zida tokni chegaralash va yetarlicha katta bo’lgan tokni to’xtatish nomerida hosil qilish uchun birinchi test va ikkinchi test va TU kontaktlari ochiladi va rotor zanjiriga qo’shimcha qarshilik kiritiladi.
Sxemada to’xtatishni boshqarish dvigatelni tezligi asosida bajarilib, RKS (tezlikni nazorat qilish) yordamida tezlikni to’g’ridan-to’g’ri nazorat qilib turish amalga oshiriladi. RKS ni tuzilishi induktsiya printsipiga asoslangan. Dvigatelni vali yumaloq. shakldagi doimiy elektr magnit bilan bevosita bog’langan bo’lib, bu magnit o’rnatilgan aylanuvchi «olmaxon halqa»si ichida aylanadi. Magnit «olmaxon halqa»si ichida aylanganda uyurma toklar hosil bo’ladi. Bu toklar halqani, magnitni aylanayotgan yo’nalishiga qarab burishga harakat qiladi. «Olmaxon halqa»si releni kontakt tizimi bilan bog’langan bo’lib, uning o’ng yoki chap kontaktlari, dvigatelni aylanish tezligi 0 ga yaqinlashganda sodir bo’ladi. Bu kontaktlarning ochilishi revers muddati boshlanmay turib amalga oshishi kerak.