1-oktyabr “Ustoz va murabbiylar bayrami” uchun.
“SHarafli kasb mashaqqatlari.
Sidiqova Guljahon, Andijon viloyati
Oltinko’l tumani 10-maktab boshlang’ich sinf o’qituvchisi
O’qituvchilik sharafli va ayni paytda o’ta maьsuliyatli murakkab va mashaqqatli kasblardan biri sanaladi. Yurtimizda ustozlarga ehtirom juda yuqori saviyada bayram sifatida nishonlanib kelinadi. Har yili 1-oktyabr kunida bizga saboq bergan, hayot so’qmoqlaridan odimlab borishimizda ustozlik qilgan va bu vazifani sharaf bilan bajarib kelayotgan insonlarni kasb bayramlari bilan tabriklashga oshiqamiz.
Albatta, har birimiz istalgan sohada mehnat qilmaylik, ustoz va murabbiylarga ehtiyoj sezamiz. Avvaliga Maktabgacha taьlimda, keyin maktab, navbati bilan oliy o’quv yurtida ustozlardan saboq olamiz. Ota-onalarimiz esa bu yo’lda bir umrlik yo’ldoshimizdir.
Farzandlar taьlim tarbiyasi, yosh avlodni barkamol tnsonlar etib kamolga yetkazishga alohida eьtibor qaratish xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Xalqimizning “ Ustoz otangdek ulug’” degan naqlida ham ustozlarga bo’lgan ssamimiy ehtiromni ko’rishingiz mumkin. Bu bayrvm, avvalo, o’zining bilm va tajribasi, isteьdod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko’z nuri va qalb qo’ri, butun borlig’ini ayamasdan maьrifat yo’lida hizmat qiladigan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtiromining yaqqol namunasidir.
Ustoz deganda har qaysi inson ko’nglida chuqur hurmat ehtirom va cheksiz minnatdorchilik tuyg’ulari, shu bilan birga hech qanday boylik bilan o’lchab va ado qilib bo’lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo’ladi. Ustozlarimiz o’giti, keksalarimiz pand nasihatlariga amal qilib borsak aslo kam bo’lmaymiz. Bu bilan ustoz va murabbiylarimiz oldidagi ilk burchimizni ado etgan bo’lamiz.
Daraxtning ildizi qanchalik chuqur va mustahkam bo’lsa, uning umri shuncha davomli, hosili esa mo’l ko’l bo’ladi. Insoniyat ko’p ming yillik taraqqiyoti davomida jamiyatni rivojlantirishning taьlim, ilm va hunardan samaraliroq vositasini kashf qila olgan emas. SHu sababli ham taьlim, ilm-fan har qanday jamiyat, millat va davlatning kelajagini belgilab beradigan, uning tarraqiyotiga xizmat muhim omildir. Bu bilmlarni to’g’ri va keng maьnoda kelajak avlodga yetkazib berish esa muallim zimmasidadir.
“Ustozning umri- mangu,chunki shogirdlar umri unga ulanadi” deyishadi. Bu juda to’g’ri fikr. Muallim shunday mo’tabar zotki, uning nomi ham, umri ham boqiydir. Ustoz va murabbiylar degan so’zni eshitishimiz bilan kasbimiz va yoshimizdan qatьy nazar, qalbimizdan iliq fikrlaru, yorqin xotiralar o’tadi. SHu tobda qo’limizga ilk bora qalam tutqazgan va endigina ilm olamiga yetaklagan qadrdon va jonkuyar ilk ustozlarimiz ko’z oldimizga keladi. Bugunga kelib esa ustozlarimiz bergan cheksiz ilm va taьlim evaziga biz ham ustoz degan sharafli nomga sazavormiz.
Bir necha yildirki yurtimizda 1-oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Ming-minglab murg’ak qalblarga ezgulik yog’dusini sochadigan, o’z o’quvchilariga hayot maktabini beradigan zot o’qituvchi va murabbiylarimizga bugungi kasb bayramingiz muborak bo’lsin deymiz. Vatanimizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan bu insonlarning olijanob mehnatiga har qancha tahsin aytsak oz.
Bozorov Hamid Xo’shmurodovich - Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 41-umumiy o’rta ta’lim maktabining ona tli va adabiyoti fani o’qituvchisi .
Do'stlaringiz bilan baham: |