Fоydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1. Karimov.I.A.Barkamol avlod yili davlat dasturi. T.:O’zbekiston, 2010.
2.R.A. Mavlonova, N.H Rahmonqulova “Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi
innovatsiyasi va integratsiyasi. T.:G’.G’ulomov.2013 y
3.M.Umarova. X.Xamroqulova, R.Tojiboyeva 3-sinf o’qish darsligi Toshkent-2019
4.www.ziyonet.uz
KO‘CHIRMA GAP VA UNING KOMMUNIKATIV-SINTAKTIK
XUSUSIYATI XUSUSIDA
Rahmonova Shahlo
Buxoro viloyati, Vobkent tumanidagi 38-sonli o'rta ta'lim maktabining o'quv tarbiyaviy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari
Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zga ko‘chirma gap va uning kommunikativ-sintaktik xususiyatlari haqida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar: o‘zga gap,ko‘chirma gap, muallif gapi, nutq obyekti, nutqiy muloqot.
Tilshunoslikda ko‘chirma gaplar “o‘zga gap” tushunchasi ostida qaraluvchi gap ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi.
So‘zlovchi yoki yozuvchining ko‘chirma gapni qo‘llashdan
ko‘zlagan kommunikativ maqsadi o‘zganing nutqini boshqa bir kishiga shakli va mazmunini o‘zgartirmay yetkazish
bo‘lib, o‘zganing nutqi o‘z ifoda uslubi, ohangi, nutq obyektiga
bo‘lgan munosabatini saqlab qoladi.
Ko‘chirma gaplarga o‘zbek, rus va boshqa tilshunosliklarda berilgan ta’riflarning deyarli barchasida “nutqda o‘zganing
o‘zgartirishsiz berilgan gapi” tarzidagi qoida ustuvorlik qiladi.
Masalan, o‘zbek tilshunosligida: “lug‘aviy va grammatik xususiyatlari o‘zgartirilmay, aynan o‘zicha berilgan o‘zganing
gapi”1, “o‘zganing gapi semantik, leksik, grammatik xususiyatlari saqlangan holda mustaqil gap shaklida muallif gapi bilan
birga ishlatiluvchi gap”2, deyilsa, rus tilshunosligida “so‘zmaso‘z yetkazilgan nutq”3, “bevosita predmetlik ma’nosiga ega
bo‘lgan, ammo muallif gapi bilan bir qatorda turmaydigan,
undan ma’lum darajada uzoqlikda turadigan nutq”4, “maxsus so‘zlar” yordamida ma’nosi va tuzilishi o‘zgartirilmagan
holda muallif matniga kiritilgan va so‘zlashuv fakti sifatida
belgilanuvchi, o‘zga nutq kimga tegishli ekanligi, shuningdek,
(fakultativ) nutqning kimga qaratilganligi va sharoit xarakteri
haqida ma’lumot beruvchi o‘zga nutq”5 kabi ko‘rinishlarda
ta’riflanadi. Tatar tilshunosligida esa “birovning nutqi hech
qanday o‘zgarishsiz beriladigan o‘zga gap turi”6 ko‘chirma
gap sanaladi. Fransuz tilshunosi J.Maruzoning lug‘atida “birov tomonidan aytilgan jumlaning original shaklini saqlagan
holda tiklash” tarzida ta’riflangan.7
Ko‘rib turganimizdek, ta’riflarning barchasida deyarli bir
xil mazmun ifodalangan. Albatta, mazkur ta’riflar, asosan,
grammatik talqin zaminida yuzaga kelgan. Ularda kommunikativ-pragmatik mohiyat aytarli inobatga olingan emas.
Muammoga kommunikativ-pragmatik jihatdan yondashilganda o‘zga gap ifodasining yorqin ko‘rinishlaridan biri bo‘lmish ko‘chirma gapda subyektlarning faollik darajasi kuchli
bo‘lishi, ya’ni ko‘chirma gapda uni so‘zlovchi subyekt – personaj muallif bilan bir qatorda nutq jarayonida bevosita ishtirok
etishi ayon bo‘ladi.
Bu o‘rinda endi ko‘chirma gap va muallif gapi o‘rtasidagi
munosabat masalasiga aniqlik kiritish zaruriyati kelib chiqadi,
chunki ayrim tadqiqotchilar, masalan, A.Abdullayev, avvalroq
ko‘rib o‘tilganiday, ko‘chirma gapning muallif gapiga bog‘liqligi, hatto ko‘chirma gapning mustaqil emasligini ta’kidlashga
harakat qiladi. Bu fikrga aslo qo‘shilib bo‘lmaydi. Uslubshunos
I.V.Arnold ham “ko‘chirma gapning muallif gapidan keyin ham,
oldin ham yoki uning orasida ham kelishi mumkin ekanligi,
ammo hamisha mustaqil gap bo‘lishi”ni alohida ta’kidlaydi.
O‘zbek tili materiallari ham bu fikrning to‘g‘riligini tasdiqlaydi.
Ko‘chirma gapning hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi birinchi va ikkinchi shaxs olmoshlari, fe’llar, undov so‘zlar, modallik ifodalari, buyruq mayli shakllari kabi bir qator lisoniy va
nolisoniy vositalar ko‘chirma gapni muallif gapidan ajratib,
ularni o‘zaro farqlash imkonini beradi. Tilimizda muallif gapi,
asosan, uchinchi shaxs (ba’zan birinchi shaxs) orqali ifodalanadi. Muallif gapida asosiy e’tibor muallif yoki personajning
nutq sharoitidagi holati, xatti-harakatini ko‘rsatishga qaratiladi. Bu esa, o‘z navbatida, muallifning ko‘chirma gap mazmuniga bo‘lgan munosabatini aks ettiradi. So‘zlashuv jarayoni yoki matnda o‘zga nutqining ham bo‘lishi tabiiy, albatta.
Ifodalanayotgan fikrlarning ko‘chirma gap tarzida berilishi
gaplarning boshqa gap turlaridan ajralib turadigan va o‘ziga
xosligini ta’minlaydigan asosiy belgi hisoblanadi. Shuning
uchun ko‘chirma gapga ta’rif berishda og‘zaki va yozma nutqda qo‘llanilgan o‘zgalar gapini asl holida yetkazish, uning
leksik-semantik va grammatik xususiyatlarini saqlash e’tiborga olinadi.
Ta’kidlash joizki, ko‘chirma gapning muallif gapi bilan aloqadorligi, ularning o‘zaro munosabatda ekanligi va bu munosabatning kommunikativ-pragmatik jihatdan juda ham zich
ekanligini inkor etib bo‘lmaydi, muallif gapi ko‘chirma gapga aynan kommunikativ-pragmatik jihatdan aniqlik kiritadi.
Ammo ko‘chirma gapning mustaqilligidan ham tamoman ko‘z
yumish imkoni yo‘q.
Ko‘chirma gapning mustaqilligini dalillaydigan omillar ancha-muncha. Ulardan biri, masalan, matnda ko‘chirma gap
sifatida sodda, qo‘shma va murakkab qo‘shma gaplarning kelishi, hatto bir necha gaplar – matnlarning ham ko‘chirma gap
maqomida bo‘lish holatining mavjudligi. Tilimizdagi konkret
faktik materiallar bunga dalil bo‘la oladi.
Quyidagi misollarda ko‘chirma gaplarning sodda gaplar
shaklida ekanligini ko‘rish mumkin:
U o‘rinlarni yig‘ishtirib, nonushta joylarini tayyorlab bo‘lgandan so‘ng o‘choqboshida choynaklarga choy tashlarkan:
– Otamdan darak yo‘q-ku? – deb so‘radi onasidan.
(Cho‘lpon, “Kecha va kunduz”)
Shu uchun Salti:
– Men sizni olib ketgali keldim, aylanay! – dedi. (Cho‘lpon,
“Kecha va kunduz”)
– Eshon bobom sizdan dilgir emishlar, – deydi bir kun
Qurvonbibiso‘figa.(Cho‘lpon, “Kecha va kunduz”)
Quyidagi misollarda ko‘chirma gaplar tuzilish jihatidan
qo‘shma gaplar shaklida: Shamolyanaepkinurganida,saksonlarniqoralabqolgankarvonboshi chol nevarasiga uzoqlarda qimir etmay turib qolgan bulutlarni ko‘rsatib:
– O‘sha yerda tog‘lar bor, bolam, – dedi. – Bulutlar
cho‘qqilardan o‘ta olmay turib qoldi, endi yomg‘irlarini o‘sha
yoqqa to‘kadi. Tangri nimani xohlasa, o‘sha bo‘ladi. (Isajon
Sulton, “Boqiy darbadar”)
– Sen o‘zing dunyoda nima istashingni bilmasang, men
bechora banda qayerdan ham bilayin, – deb javob bergan
Avliyo. (Isajon Sulton, “Boqiy darbadar”)
Quyidagi misolda esa matn parchasi ko‘chirma gap sifatida kelgan:
Ammo“oqsoqol”yanaeskigapniboshladi:
– Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q, deb shuni aytadilar-da.Oybeg-uG‘afurG‘ulomlarningbittasiAbdullaQahhoraka o‘zimizga hamqishloq. U kishining hamma kitoblarini
mazzaqilibo‘qiganman.G‘upraqizninggapidapichajonbor.
Hamqishlog‘imizning kitoblarini o‘qigan odamning yashagisi
kelaveradi. Bir kuni kelib men ham o‘laman-ku, degan o‘ykallasiga kelmaydi. «Ming bir jon» degan asarini o‘qiganmisiz? O‘qimagan bo‘lsanglar, albatta, topib o‘qinglar. (Said
Ahmad, “Kiprikda qolgan tong”)
Bunday misollarni istagancha keltirish mumkin. Ko‘chirma
gap sifatida har qanday sintaktik hajmdagi nutqiy birlik – gap
ham, matn ham kelaverishi mumkin, ammo ularning mustaqil
emasligi haqida gapirib bo‘lmaydi.
Kommunikativ sintaksisda farqlanadigan gaplarning ifoda
maqsadiga ko‘ra turlari ko‘chirma gaplarda ham to‘laligicha
namoyon bo‘ladi. Masalan, quyidagi misollardagi ko‘chirma
gaplar darak gaplardan iborat:
– Topgan-tutganimning hammasini shunga yaratdim, –
dedi aya, batareyalarni xuddi nevarasining boshini silaganday mehr bilan silab, – AGV degan pechkasi bo‘lar ekan.
(O.Yoqubov, “Billur qandillar”)
Ertalabga yaqin ko‘zi ilingan ekan, o‘g‘li uyg‘otdi:
– Dada, nonushta tayyorladim. (Tohir Malik, “Falak”)
– Otabek yurgan yo‘l manavi tog‘lar orasida, – deyman
ularga. – U yo‘ldan yo otda, yo eshak minib o‘tish mumkin.
Biz Kumushbibi ota-onalari bilan aravada Toshkentga borganyo‘lniyoqalabkelyapmiz. (Said Ahmad, “Kiprikda qolgan
tong”)
Quyidagi misollardagi ko‘chirma gaplar esa so‘roq gaplardan iborat:
Hikmatillogapnichalg‘itishuchun:
– Kenjatoyingiz qani? – deb so‘radi. – Yordam bersa
bo‘lmasmidi? (O.Yoqubov, “Billur qandillar”)
Keyin telefon go‘shagini joyiga ila turib, dedi:
– Sizni biror kishi kutib olishi kerakmidi? (Tohir Malik,
“Falak”)
Birzumdankeyinchoyxonachipatnisdachiroyliqilibkarjlangan qovun, bir qo‘lida obdastada iliq suv olib chiqdi.
– Qovunni kim so‘ydi? – deb so‘radim undan. (Said
Ahmad, “Kiprikda qolgan tong”)
Buyruq gaplardan iborat ko‘chirma gaplar:
Nilufar ko‘z yoshi aralash:
–Tinchqo‘yingmeni!–debqo‘linitortiboldi-da,darvozaga qarab jadallab ketdi. (O.Yoqubov, “Billur qandillar”)
– Bo‘ldi, o‘tir joyingga! – dedi “oqsoqol” buyruq ohangida.
(Said Ahmad, “Kiprikda qolgan tong”)
Uninghaqiqatanhamso‘raydigangapiborligigaishondim.
–Bo‘pti.Manashuloyqanito‘play.Anaviyerlarniyuvay.
Mashina kelsin. Keyin, – dedim. (Sh.Xolmirzayev, “Qumrilar”)
Undov gaplardan iborat ko‘chirma gaplar:
–Voy,inaknio‘ldirdingiz-e,beshafqat!–debyig‘labyubordi xotini. (Sh.Xolmirzayev, “Omon ovchining o‘limi”)
Muxbiruyoq-buyoqqaqarabqiqirlabkuldi-da:
– Iye, bu siz ajdaholarni yenggan milliy qahramonlarimiz
traditsiyasinidavomettirayotgankishiekansiz-ku,aka!Siznimaqtash kerak ekan! – dedi. (Sh.Xolmirzayev, “Omon ovchining o‘limi”)
Demak, darak, so‘roq, buyruq gaplar, hatto gaplarning
emotsionallikka ko‘ra turi bo‘lmish undov gaplar ham ko‘chirma gap sifatida qo‘llanaverishi mumkin, bunda biror cheklov
yo‘q, har qanday gap turi nutqning kommunikativ birligi sifatida ko‘chirma gap maqomida kelaveradi.
Albatta, ko‘chirma gap nutqiy muloqot maqsadiga muvofiq muallif gapi bilan muayyan bog‘liqlikka ega, ammo bu
ko‘chirma gap muallif gapiga tobe, u mustaqil bo‘lolmaydi, degan xulosaga olib kelmaydi. Matnda qo‘llanilayotgan muallif
gapi va ko‘chirma gaplarni o‘zaro bog‘lash, ularning aloqaga
kirishuvini ta’minlashda muallif gapi tarkibida keluvchi fe’llar
muhim ahamiyatga ega. Muallif gapi tomonidan aniqlashtiriluvchi ko‘chirma gaplar ana shu fe’l vositasida muallif gapiga
kommunikativ-pragmatik jihatdan bog‘lanadi. Mazkur fe’lning
gapda ishtirok etishi ko‘chirma gaplarning o‘ziga xos ohangi, yo‘nalishi, tarzini tayin etadi, unda ifodalangan turli munosabat ma’nolari, ularning gap mazmunidan anglashilgan
zamonga bo‘lgan munosabatining saqlanib qolishiga zamin
yaratadi.
Ko‘chirma gap va muallif gapi hodisasi mutlaqo keyingi
davrlarga oid hodisa emas. Akademik G‘.Abdurahmonovning
qayd etishicha, “ko‘chirma gap konstruksiyasi qadimdan
qo‘llanilib kelinadi. To‘nyuquq yodnomasida bunday konstruksiyalar 30 foizni tashkil etadi”9. Tatar tilshunosi X.R.Kurbatov
bu munosabat bilan quyidagilarni ta’kidlaydi: “Qadimgi yodgorliklarda o‘zga gap muallif gapisiz uchramaydi. Masalan,
qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda (V–VIII asrlar), “Nahj
ul-farodis”da (XIII–XIV asrlar) va hatto XIX asr oxiri va XX
asr boshlari adabiyotida ko‘chirma gap – personajlar replikalari muallif gapi bilan aloqalorlikda berilgan. Muallifning turli ma’lumot beruvchi so‘zlarisiz ko‘chirma gaplar, har holda,
bayonda ixchamlikka intilish natijasida paydo bo‘lgan bo‘lishi
kerak.
Umuman, o‘zbek tilida ko‘chirma gaplar ana shunday bir
qator kommunikativ-sintaktik xususiyatlar bilan xarakterlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |